Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Sayid Olovuddin maqbarasi tarixi va rasmlari

Sayid Olovuddin maqbarasi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Sayid Olovuddin maqbarasi – Ichan qalʼadagi meʼmoriy yodgorlik. Soʻfi Amir Kulol tomonidan ustozi shayx Aloviddin qabri ustiga qurilgan.

"</p

Sayid Olovuddin maqbarasi.

Maqbara (13,0×10,4 m) peshtoqli, ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. 14-a. 1-yarmida peshtoqi jan. ga qaratib goʻrxona bunyod etilgan. Goʻrxonaning gʻarbida ziyoratxona (18a.) qad rostlagan. Xonalar gumbaz tomli, ziyoratxonaga poygumbaz darchasidan yorugʻlik tushib turadi. Ichkarisi ganch suvok, qilingan.

Goʻrxonadagi sagʻanalar boʻrtma koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Ularning birida arab yozuvida Said Aloviddinning vafoti yozilgan (1303-y. 18 mart). Sagʻana supa shaklida boʻlib, burchaklarida bejirim ustunchalar bor, ular piromoni bandi rumiy deb ataluvchi handasiy shaklga ega. Supa devorlaridagi madohilsimon namoyon nafis ishlangan.

1825-y. da meʼmor Hubbiqulixoʻja oʻgʻli Hamidxoʻja tomonidan qulab tushgan peshtoqi qayta tiklanib, gumbaz, sagʻana, ziyoratxona devorlari taʼmir qilingan. Ziyoratxona devorlarida fors tilida (arabcha nastaʼliq yozuvida) binoning qurilishi va meʼmorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. 1957-y. da I. Notkin va V. Bulatova tomonidan ilmiy jihatdan oʻrganilgan. Xiva sh. ning 2500-y. lik yubileyi arafasida maqbarada taʼmirlash ishlari oʻtkazildi.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

manba.

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x