Qo’shdarvoza — Xiva shahridagi me’moriy yodgorlik.
Qo’shdarvoza
Dishan qal’a shimolidagi darvozasi. Urganchga olib boradigan serqatnov yoʻlda joylashgan. Darvoza 2 (qoʻsh) ravoqqa oʻrnatilgan . Qo’shdarvozaning umumiy tarhi toʻrtburchak (25×17 m, balandligi 9,45 m, yoʻlak ravogʻining kengligi 4,2 m), 4 ta gumbaz bilan yopilgan.
Uning gʻarbiga bir uzun va sharqiga 2 yordamchi (qorovulxona, bojxona vazifalarini bajargan) xonalar (yassi tomli) tutashgan; ularga alohida eshik orqali kiriladi. Inshootning old va orqa tarafi bir xil meʼmoriy yechimga ega. Ravoqlar oraligʻi va chetlarida 3 ta minorasimon burjlar mavjud, ularga enli va in-gichka sirkori halqa-belbogʻlar ishlangan.
Burjlar oʻzaro kungurali ravoqlar qatori bilan bogʻlangan. Darvozaning eng yuqori burjlarning moviy gumbazchalari va ravoqlarning kunguralari bilan nihoyalangan. Darvoza tarzlarining chetki qismlari sodda, ularda yassi ravoqlar va yordamchi xonalarning eshiklarigina mavjud.
Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.