Oybekning tarjimonlik mahorati
XX asr oสปzbek adabiyotining barcha atoqli arboblari ijodiga nazar tashlasak, ular adabiy merosida tarjimaning muhim oสปrin egallagani kundek ravshan boสปladi. Oybekning adabiy merosi ham shu maสผnoda istisno emas. Oสปz hayotlari va ijodlarini millatni uygสปotishdek buyuk ishga bagสปishlagan adiblarning Sharq va ayniqsa, Gสปarb adabiyoti durdonalarini oสปzbek tiliga tarjima qilishlari nafaqat milliy adabiyotimiz badiiy ufqlari va imkoniyatlarining kengayishi, balki ayni paytda millat badiiy ongining yuksalishi, tafakkurining keng qanot yozishi, adabiy-estetik didining sayqal topishida katta ahamiyatga molik boสปlgan. Shuning uchun ham oสปzbek badiiy tarjima maktabi XX asr boshlarida Turkistonda, soสปngra Oสปzbekistonda yangi taraqqiyot bosqichiga koสปtarilib, oสปzbek xalqiga rus va jahon adabiyotining buyuk namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishish, yangi badiiy olamni kashf etish imkoniyatini yaratdi. Oybek ustozlari boshlab bergan shu muborak ishni mehr bilan davom ettirib, ijodiy hayotining qariyb barcha bosqichlarida badiiy tarjimaga alohida eสผtibor va muhabbat bilan qaradi.
Oybek hayoti va ijodi >>
Oybek haqida boshqa manba >>
Oybekning sheโrlari toโplami >>
Badiiy tarjima โ bir milliy adabiyot durdonasini ikkinchi milliy adabiyotning, binobarin, boshqa bir xalqning badiiy mulkiga aylanishiga, shu milliy adabiyotning badiiy imkoniyatlari va tasvir aslahalarining boyishiga imkon beradigan sanสผat sohasi. Ayni paytda tarjima, V. Jukovskiy ifodasi bilan aytsak, โshoirning quliโ yoki โraqibiโ boสปlgan tarjimonning mehnatini qadrlaydigan, uni iqtisodiy jihatdan taสผminlaydigan muhim moddiy manba hamdir. Shuning uchun ham tarjimaga odatda turli maqsadda yondoshiladi.
1937 yilning boสปronli kunlarida Oสปzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aสผzoligidan oสปchirilib, asarlari matbuot yuzini koสปrmagan, Til va adabiyot institutidan haydalib, maosh nimaligini unutgan Oybekning bir-ikki yil mobaynida kimlarningdir nomlaridan bir necha ijtimoiy-siyosiy risolalarni tarjima qilib, tirikchilik oสปtkazgani hech kimga sir emas. Ammo qatagสปon boสปroni hiyla tinib, 1938 yil soสปngida Oสปquv-pedagogika davlat nashriyotiga tarjimon-muharrir boสปlib ishga kirishi bilan u katta xayrli ishga qoสปl urdi: โAntik adabiyot xrestomatiyasiโning Rim adabiyotiga bagสปishlangan maxsus jildini qisqa muddatda oสปzbek tiliga tarjima qildi. (Darvoqe, bu xrestomatiyaning Yunon adabiyotiga bagสปishlangan ruscha nashri nima sababdandir chop etilmay qolgan.) Oybek shu tarjima asari bilan oสปzbek kitobxoniga antik Rim adabiyoti bilan ilk bor tanishish imkoniyati va nashidasini berdi.
Bugun โJahon adabiyotiโ mushtariylari eสผtiboriga havola etilayotgan mashhur italyan lirik shoiri Kay Valeriy Katullning sheสผrlari bundan kamida ikki ming yil avval yozilgan. Oybek โDaqqi Yunusโdan qolgan bu sheสผrlarni tarjima qilishda shoir โhis-tuygสปulari haqiqatiโni saqlashni, saqlabgina qolmay, uni badiiy haqiqat libosiga oสปragan holda oสปzbek kitobxoniga taqdim etishni oสปz oldiga maqsad qilib qoสปygan.
Shunday sheสผrlar boสปladiki, agar ularni oสปqib, tushunib, his qilib, oสปzingizni zavq-shavqning joสปshqin bulogสปida his etsangiz, ularning shoirona goสปzal va betakror tahlil va sharhlarini oสปqib, shundan oสปn-yigirma baravar ortiq zavq-shavq bulogสปiga gสปarq boสปlasiz. Kamina oสปtgan asrning 40โ50-yillarida V. G. Belinskiyning sheสผriyat haqidagi maqolalarini oสปqib va shu maqolalaridagi Pushkin sheสผrlarining nozik estetik tahlili bilan tanishganimdan soสปng, uning โTun nuri sohirโฆโ sheสผri jahon lirikasining mislsiz durdonalaridan biri ekaniga amin boสปlganman. Shu sheสผr oสปzbek tiliga Oybek qalami bilan tarjima qilingan. Bilmadim, balki uning boshqa tarjimalari ham bordir. Ammo Oybek shu sheสผrni erkin tarjima qilmagani, aksincha, rus shoirining har bir soสปzi va obrazini aynan saqlab qolganiga qaramay, sheสผr shunday oสปqiladiki, uning rus tilidan tarjima qilingani xayolingizga ham kelmaydi. Sheสผrning ichki musiqasi sizni oสปzining sehrli ogสปushiga tortib oladi. Hatto โgvadalkvivirโning nimani anglatayotgani ham sizni qiziqtirmay qoสปyadi.
Buyuk rus tanqidchisi bu sheสผrni keltirib, bunday yozgan edi: โBu nima? โ sehrli kartinami, xayoliy koสปrinishmi yoki koสปkdan yangragan va shaydo qiluvchi ispan qizining muhabbat va orzular bilan horgสปin boshi ustidan uchib oสปtgan musiqiy akkordmi?.. Ziynatli, ehtirosli janub kechasining sirli, shaffof qorongสปiligสปida yangragan serenada sadolarimi, balkonga loqayd suyalib, goสปzal kechaning xushboสปy havosini chanqoqlik bilan yutib, nozanin ispan qizi eshitgan, intizor va tuygสปularga toสปla serenada sadolarimi?..โ
Agar Oybek tarjimasidagi โTun nuri sohirโฆโ sheสผrini oสปqisangiz, Pushkin sheสผridagi Belinskiyni hayajonga solgan barcha holatlar tarjimada ham aynan saqlanganini koสปrasiz.
Pushkinning bu ikki lirik durdonasi Belinskiyning โPoeziyaning xil va turlarga boสปlinishiโ maqolasida toสปla keltirilgan. Oybek 1939 yilda shu maqolani boyagi sheสผrlar bilan birga oสปzbek tiliga tarjima qilgan. Ammo shu voqeadan rosa uch yil avval unga โ hali badiiy tarjimada katta ijodiy tajriba hosil qilmagan shoirga rus sheสผriyatining shoh namunalaridan biri โ โYevgeniy Oneginโ sheสผriy romanini oสปzbek navolarida yangratish vazifasi topshirilgan edi. Oybek ulugสป shoir vafotining 1937 yilda nishonlanajak 100 yilligi munosabati bilan boshlangan shu ijodiy maสผrakada ishtirok etish uchun Elbek, Shayxzoda, Usmon Nosir, Temur Fattoh singari qalamkash birodarlari bilan birga Chimyon togสปining hushhavo etaklarida tikilgan oสปtovlardan birini oสปziga maskan qilib oladi. Pushkin asaridagi romantik harorat bilan xushmanzara Chimyon togสปlari oสปrtasida buyuk uygสปunlik mavjud edi. Shu uygสปunlik uning Pushkin asari ruhiga kirishida oสปziga xos kalit boสปlib xizmat qildi.
Mazkur asar qahramonlari yashagan davrda rus jamiyatini Fransiya madaniyati, fransuz tili, fransuz taomlaridan chetda tasavvur qilish mahol. Asar tili fransuz yozuvchilari va asarlarining, hatto fransuz taomlarining nomlari bilan toสปla. Buning ustiga, asar 9 hijoli yambda 14 satrdan iborat, ababvvggdeedyoyo tarzida qofiyalangan โOnegin bandiโ bilan yozilgan. Tarjimon Pushkinning romantik ruh bilan yoสปgสปrilgan asaridagi badiiy latofatni oสปzbek tilida yorqin ifodalashdan tashqari, โOnegin bandlariโning temir panjasidan chetga chiqmasligi, iloji boสปlsa, 9 hijoli satrdagi joสปshqin ruh va surสผatga rioya qilishi, kishi va taom nomlarini oสปzbek kitobxoniga tushunarli tarzda yetkazishi lozim edi. Bu favqulodda ogสปir va mashaqqatli vazifani Oybek sharaf bilan bajardi.
Asar bir necha bobdan va har bir bob oสปnlab โOnegin bandlariโdan tashkil topgan. Voqealar tasviri jarayonida Pushkin sheสผri goh shalola boสปlib toshadi, goh chuqur daryo oสปlaroq salobat kasb etadiโฆ Masalan, shoir Peterburg teatri sahnasida javlon urgan raqqosalarga nigoh tashlaganida, uning his va tuygสปulari shalola oสปlaroq sharaqlab oqadi. Oybek asarning shunday parchalarini ham, his va tuygสปularning shiddatli harakati sekin-asta tinib, falsafiy oสปzanga tushgandagi holatini ham oสปzbek tilida shunday mahorat bilan aks ettira olganki, uning Pushkinning โqulโiga emas, balki tom maสผnodagi โraqibโiga aylanganini koสปrib, hayratga tushasiz.
Biz โYevgeniy Oneginโning boyagi โoสปt va muzโ alanga olgan sahnalarini emas, balki kitobxonni bir oz oสปylantiradigan, Pushkin va Oybekning sheสผriy mahorati โtaสผmiโni bemalol tuyish mumkin boสปlgan parchasini jurnalxonlar eสผtiboriga havola etishni maqbul koสปrdik. Ammo bu hol tarjimaning boshqa sahifalari bunday badiiy zavq uygสปota olmaydi, degan fikrni mutlaqo anglatmaydi.
Oybekning tarjimonlik mahorati
Odatda shoir va yozuvchilar oสปz asarlarining tezroq kitobxon qoสปliga yetib borishi haqida qaygสปuradilar. Zotan, sheสผr, hikoya yoki tarjima, avvalo, kitobxon uchun yaratiladi. Bu haqiqatni inkor qilishga biror asos boสปlmaganiga qaramay, Oybek unga ayrim hollarda itoat etmagan. U Anna Axmatova va Ondra Lisogorskiyning yuqorida eสผlon qilingan asarlaridan oสปzi zavqlangani va shu asarlarga mehr iplari bilan bogสปlanib qolgani uchun ularni oสปzi uchun tarjima qilgan. Bu asarlarni bugun Oybek tarjimasida kitobxonga bemalol taqdim qilish mumkin. Zero, ularning ham manglayiga Oybekning tarjimonlik va shoirlik muhri bosilganki, bu muhr biz, avlodlar, uchun tabarrukdir.
Oybek Pushkin asarlarini tarjima qilganida, asliyat ruhini saqlab qolishga, ulardagi badiiyatning oltin kukunlari tarjimada ham tovlanib turishiga qanday yoสปllar bilan erishgan boสปlsa, Kozlov, Axmatova, Lisagorskiy sheสผrlarini oสปzbek tiliga oสปgirganida ham shu yoสปllar va tamoyillardan chekinmadi. U, avvalo, bu asarlarning oสปzidan katta estetik zavq oldi, oสปzbek kitobxonlarining ham ulardan shunday zavq-shavq olishlari lozimligini bir daqiqa boสปlsin unutmadi. Asliyatning gสปoyaviy mazmuninigina emas, badiiy shaklini, poetik obrazlar jozibasini, goสปzalligini ham tarjimada ifodalash Oybek-tarjimon uchun eng muhim shart edi.
Agar hurmatli jurnalxonlar eสผtibor bergan boสปlsalar, Oybek-tarjimon oสปzbek xalqini avvalo jahon badiiy madaniyatining durdonalari bilan tanishtirishga, shu asarlarning oสปzbek adabiyoti xazinasidan ham oสปrin olib, kitobxonlarning badiiy mulki boสปlib qolishiga intilgan. Bu, โMing bir kechaโlar, โKalila va Dimnaโlar, โShohnomaโlarni turkiyga tarjima qilgan fidoyi ustozlardan qolgan anสผana edi. Oybek ana shu muborak anสผanani yangi tarixiy-madaniy sharoitda muvaffaqiyat bilan davom ettirdi.
Oybek hayoti va ijodi >>
Oybek haqida boshqa manba >>
Oybekning sheโrlari toโplami >>