ot-asboblari-va-yol-haqida
Bosh sahifa » Topishmoq » Ot asboblari va yo’l haqida topishmoqlar. Qiziqarli topishmoqlar

Ot asboblari va yo’l haqida topishmoqlar. Qiziqarli topishmoqlar

ot-asboblari-va-yol-haqida

Ot asboblari va yo’l haqida topishmoqlar:

Otdan baland,
Itdan past.
(Egar)

Bo‘yi past,
Otdan tushmas,
Piyoda yurmas.
(Egar)

Uzun edim kesdilar,
Yo‘g‘on edim yo‘ndilar,
Ishga loyiq qildilar.
(Egar)

Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>

Tom ustida sandiq.
(Egar)

Tepdim,
Terakka chiqdim.
(Otga minish)

Tap-tap etib tomga chiqdim.
(Otga minish)

Tepdim teshik,
Mindim beshik,
Oldim ajriq,
Keynim to‘qay.
(Uzangi, egar, ot yeli, dumi)

To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduzni
Samarqand keta turib saman otda ko‘rdim.
(Ot taqasi, mixlari)

Yetti teshik,
Bir kartiq.
(Ot xomuti)

Qirq qulog‘i,
Ikki og‘zi bor.
(Xurjun)

Og‘ilda besh barmoq,
Ishi xas-cho‘p to‘plamoq.
(Panshaxa)

Qo‘yvorsam yuz quloch
Yig‘ib olsam bir quloch.
(Arqon)

Kunduzi yuradi, yuradi,
Oqshomi ikki oyog‘ini
Osmonga tiklab turadi.
(Arava)

Yurganda shaqirlab kuladi,
To‘xtaganda jim turadi.
(Arava)

Bir eshagim bor hangi,
Quloqlari dangi,
O‘t yemaydi,
Suv ichmaydi.
(Arava)

Jonsiz, bezabon,
Qayish chaynab yutolmas,
Ketida ikki yumaloq,
Yugurib sira yetolmas.
(Arava)

To‘rt aka-uka bir-biriga yetolmaydi.
(Arava g‘ildiraklari)

Akasi ukasini quva olmaydi.
(Arava g‘ildiraklari)

Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Yangi topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Hazil so’z o’yini haqida topishmoq >>

Ot asboblari va yo’l haqida topishmoqlar.:

Bir arqonim bor,
Uchi-quyrug‘i yo‘q.
(Yo‘l)

Ikki arqonim bor,
Yig‘ib ololmayman.
(Yo‘l, arava izi)

Uzun opam uyga sig‘mas.
(Yo‘l)

Tog‘dan baland,
Patakdan past.
(Yo‘l)

To‘rt og‘ayni yo‘lga chiqdi,
Ikkisi olda borayotir,
Ikkisi orqada borayotir,
Orqada borayotganlari
Oldidagilardan qolmayotir.
(Arava g‘ildiraklari)

Chil qaznog‘u
Chil hujra.
(Chetan)

Chil tok, chilman tok,
Chil hujra-yu, chil qaznoq.
(Chetan)

Qovurg‘asi bor,
Qoni yo‘q,
Og‘zi bor,
Joni yo‘q.
(Chetan)

Uzun-uzun ulama.
Uchiga yetgan bormikan,
Yo‘lda yotgan sopolni
Olib otgan bormikan.
(Yo‘l, ot tuyog‘ining izi)

Otgan tayog‘im otgancha ketar.
(Yo‘l)

Uzun-uzun ulama,
Uchiga yetib bo‘lama?
Yerda yotgan ilonni
Ilib otib bo‘lama?
(Yo‘l, arava izi)

Uzun ichak,
Uchi tugunchak.
(Yo‘l, bozor)

Uzun ichak,
Beli tugunchak.
(Yo‘l, ko‘prik)

Tap-tap etar,
Ustidan karvon o‘tar.
(Ko‘prik)

Hil-hil tuyam,
Bag‘ri ho‘l tuyam.
(Ko‘prik)

Tavsiya etamiz : Kema va qurol yaroqlar topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Yangi topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Hazil so’z o’yini haqida topishmoq >>

Ko‘k ustida ustunli uy,
Uy ustida hayot.
(Ko‘prik)

Otasi ko‘taram,
Onasi yo‘rg‘a.
O‘g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
(Ko‘prik, suv, baqa, baliq)

Barcha topishmoqlar shu yerda >>

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top