Mundarija
Oโlmas Umarbekov hayoti va ijodi. Tarjimai holi. Asarlari toโplami
Oโlmas Umarbekov hayoti ijodi: Oโlmas Umarbekov (1934.25.1, Toshkent โ 1994.10.11) โ Oโzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oโzbekistonda xizmat kursatgan sanโat arbobi (1984). Oโrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956).
Ish faoliyati :
Respublika televidenie va radioeshittirish davlat qoโmitasida muharrir, bosh muxarrir (1956โ71), Oโzbekiston KP MKda sektor mudiri (1971โ74), ยซOโzbekfilmยป kinostudiyasi direktori (1971โ81), Oโzbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi oโrinbosari (1982โ86), vaziri (1987โ89), Oโzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985โ89), Oโzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oโrinbosari (1989โ91) boโlib ishlagan.
TAVSIYA ETAMIZ : Oโlmas Umarbekov asarlar toโplami >>
Ilk kitobi va asarlari :
Ilk kitobi โ ยซHikoyalarยป (1958). ยซXatingni kutamanยป, ยซYurak soโzlariยป (1960); ยซBoboyongโoqยป (1961), ยซYulduzlarยป, ยซMenga ishonmaysanmi?ยป (1962), ยซHayot abadiyยป (1964), ยซCharosยป (1966), ยซKoโprikยป (1968), ยซBolgar qoโshiqlariยป, ยซOltin yaproqlarยป (1972), ยซQiyomat qarzยป kabi hikoyalarida kishilarning maโnaviy-axloqiy goโzalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, masโuliyatini koโrsatishga alohida eโtibor bergan. ยซBolgar qoโshiqlariยป (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, sheโriy-ritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Oโlmas Umarbekovning ยซSevgilim โ sevgilimยป (1963), ยซKimning tashvishi yoโqยป (1965), ยซUrush farzandiยป (1972), ยซYoz yomgโiriยป (1973), ยซOq qaldirgโochยป (1974) va b. qissalari janriy rang-barangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. ยซOdam boโlish qiyinยป (1970) va ยซFotima va Zuhraยป (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulq-atvorida koโringan salbiy jihatlarni tasvirlash orkali sovet davri maโnaviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan.
TAVSIYA ETAMIZ : Oโlmas Umarbekov asarlar toโplami >>
Drammalari :
Oโlmas Umarbekov ijodida dramaturgiya muhim oโrinni egallaydi. 70-yillarda oโz isteโdodini teatr sanโati sohasida sinab, ยซOqar suvlarยป (1971), ยซSudยป, ยซYoshlik dengiziยป (1972), ยซKomissiyaยป (1974) singari pesalarni yozgan. U 80 yillarda ยซOโz arizasiga koโraยป, ยซKuzning birinchi kuniยป, ยซQiyomat qarzยป, ยซAssalom, quyoshยป singari yetuk sahna asarlarini yaratdi. Ayniqsa, mashhur teatr artisti Sh.Burhonov ijrosidagi Sulaymon ota obrazi tufayli Oโlmas Umarbekov pesasi asosida sahnalashtirilgan ยซQiyomat qarzยป spektakli tomoshabinlar oโrtasida katta shuhrat qozondi. Oโlmas Umarbekov Hamza nomidagi teatr (hozirgi Oโzbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilgan bu va boshqa pesalari bilan shu davr oโzbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qoโshdi.
Oโlmas Umarbekov ยซQizimga maktublarยป (ยซMangu hayot boโsagโasidaยป) deb nomlangan soโnggi publitsistik asarida hayotga, oโtkinchi umrga chuqur falsafiy nazar tashlovchi, oโzining va oโzgalarning hayotiy tajribasidan yuksak xulosalar chiqaruvchi yozuvchi darajasiga koโtarilganini namoyish etgan. Umrining soโnggi yillarida yozgan ยซTuhmatยป (1987), ยซOqsoqolยป (1991), ยซOโzing uchun oโl yetimยป (1992, tugallanmagan) dramalari ham eโtiborga loyiq.
TAVSIYA ETAMIZ : Oโlmas Umarbekov asarlar toโplami >>
Oโlmas Umarbekov ยซYigit va qizยป (1967), ยซAsosiy koโnยป (1971), ยซIkki soldat qissasiยป (1973), ยซChangalzordagi ovยป, ยซSevgi afsonasiยป (1985) va boshqa kinostsenariylarning mualliflaridan biri.
Hayotning botiniy qatlamlarini chuqur oโrganish va tahlil etish, inson taqdirida roโy bergan ziddiyat va holatlarni, belgilarni umumlashtirish, badiiy tafakkur tarozisiga qoโyish, lirizmga moyillik, inson xarakterini uning ruhiy holati, histuygโulari orqali ochib berish Oโlmas Umarbekovning ijodiy uslubiga xos xususiyatlardir.
Asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oโzbekiston Davlat mukofoti laureati (1980).
Umarbekov haqida boshqa maโlumotlar >>