Bosh sahifa » Arboblar » Ohunjonov Sobir Sobirovich hayoti va ijodi

Ohunjonov Sobir Sobirovich hayoti va ijodi

by administrator

Ohunjonov Sobir Sobirovich hayoti va ijodi.

Ohunjonov Sobir SobirovichSobir Sobirovich Ohunjonovich — sovet, o‘zbek harbiysi, Sovet Armiyasi general-leytenanti, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.

1940 yil V. I. Lenin nomidagi Toshkent Qizil nishon harbiy bilim yurtini, 1955 yil M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyani, 1966 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini (sirtdan) tamomlagan.

Farg‘ona va Toshkent viloyati, Boysun tumani hamda Toshkent shahar Xalq deputatligi kengashiga deputatlikka saylangan, shuningdek, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahar va Bosun tumani O‘zbekiston Kompartiyasi tuman qo‘mitasiga a’zolikka saylangan.

BMH harbiy tashkilotlari Koordinatsion Sovet Soyuzi a’zosi bo‘lgan (Moskva shahri).

Ulug‘ Vatan Urushi yillari xizmat qilgan.

Boshqa arboblar

Ulug‘ Vatan urushi armiyasining frontida 1941 yil 3 sentarbdan xizmatda bo‘lgan. Urush davridagi janglarda ikki karra yaralangan va miya chayqalishini orttirgan.

40-armiyaning alohida otryadiga kiruvchi 1-o‘qchi polk tarkibida leytenant lavozimida xizmat o‘tashni boshlagan – 1941 yil avgustdan avtomobil askariy bo‘linmasi qo‘mondoni etib saylangan, keyinroq pulemyot kursantlik askariy bo‘linmasi qo‘mondoni bo‘lgan.

1941 yilning sentarbi o‘rtalarida Kiyev mudofaasi vaqtida yengil jarohatlanadi va harbiy dala shifoxonasiga yuboriladi. 1941 yil dekabridan 1942 yil yanvariga qadar Xarkov piyoda askarlar bilim yurti kursantlariga qo‘mondonlik qilgan, O‘rta Osiyo harbiy okrugi (O‘zSSR Namangan shahri) – katta leytenant unvonini olgan.

1942 yil yanvar oyidan O‘zSSR Farg‘ona shahrida shakllangan 94-alohida o‘qchi qo‘shilmasida avtomatchilarning alohida bo‘linmasiga boshchilik qilgan. 1942 yil avtgustidan harbiy qo‘shilma Moskva mudofaasi uchun Babushkino shahriga yuboriladi va Moskva mudofaa chegarasining 3-gvardiya armiyasi tarkibidan joy oladi. S. S. Ohunjonov kapitan lavozimini olib, shtab qo‘shilmasining 1-bo‘limida boshliq yordmachisi etib saylanadi.

1942 yil oktyabrida 94-alohida qo‘shilma Stalingrad frontining 21-armiya tarkibiga qo‘shiladi va Stalingrad shahri mudofaasi uchun qonli janglarda qatnashadi. 1942 yil noyabrida mazkur qo‘shilma tarkibida S. S. Ohunjonov Serafimovich  shahrida Don daryosi uchun Paulyusa boshchiligidagi nemis-fashist askarlar guruhi bo‘limish dushman hujumiga qarshi mudofaada qatnashadi. Harbiy qo‘shilma jangda katta yo‘qotishlar qiladi va 1943 yilning yanvar oyi oxirlarida tarqalib ketadi.

1943 yil yanvar oyidan avgust oyigacha kapitan S. S. Ohunjonov Janubiy-G‘arbiy front tarkibida 3-gvardiya armiyasi o‘qchi shtab boshqaruvida komendant bo‘lib xizmat qiladi va Morozovsk-Salivanovsk, Ilino, Pervomaysk stanitsalari hamda Glubokiy, Kamensk, Voroshilovgrad, Lisichansk shaharlarini ozod etish janglarida qatnashgan.

1943 yil avgustdan 1944 yil aprelgacha kapitan S. S. Ohunjonov 3-gvardiya armiyasining shtab bo‘limi tezkor bo‘linmasida boshliq yordamchisi bo‘lib xizmat qiladi. Jangda u Donbass, Gorlovka, Artyomovsk, Konstantinovsk, Slavyansk, Kramatorsk, Krasnoarmeysklarni ozod etish uchun qatnashgan.

1943 yilning oktabrida harbiy harakatlar vaqtida ko‘rsatgan jasorati va mardonavorligi uchun kapitan S. S. Ohunjonov Qizil Mehnat nishoni ordeni bilan mukofotlangan.

1945 yilning martida jangovor vazifalarni namunaviy bajarganligi, shu bilan birga, ko‘rsatgan qahramonlik va mardonavorliklari uchun gvarliya mayori S.S. Ohunjonov Qizil Mehnat nishoni ordeni bilan taqdirlangan.

1945 yil 18-22 yanvar topshirig‘ini bajarishda ko‘rsatgan mardonavorlik va jasorati uchun Hukumat mukofotiga loyiq topilgan – Qizil Mehnat nishoni.

1945 yilning iyunida mayor S. S. Ohunjonov Hukumat urushining I-darajali ordeni bilan mukofotlangan.

Boshqa arboblar

Ohunjonov Sobir Sobirovich Mukofotlari

7 ta davlat ordenlari va SSSRning 18 dan ortiq medali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasi va Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasining 10 medali bilan taqdirlandi.

U Ulug‘ Vatan urushi davrida oliy darajali Bosh qo‘mondonining 20 karra minnatdorchiligiga ega bo‘lgan. U O‘zSSR Oliy Kengashi Rayosatining 10 ta diplomiga sazovor bo‘lgan.

General-leytenant S. S. Ohunjonovning ismi O‘zbekiston xotira kitobiga kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari davlat muzeyida saqlanadi. Generalning namoyish kiyimi va ordenlari mazkur muzey ekspozitsiyasining bir qismi hisoblanadi.

Ohunjonov S.S. Kitoblari

S. S. Ohunjonov tomonidan chop etilgan kitoblar

1. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash – umumxalq ishi (Toshkent, 1978).

2. O‘zbek SSRining fuqaro muhofazasiga – 50 yil (Toshkent, 1982).

3. Fuqaro muhofazasi tizimida sanitariya yordami bo‘limi (Toshkent, 1982).

4. O‘zbekistonning hozirgi bosqichida fuqaro muhofazasi (Toshkent, 1983).

5. Sovet xalqining 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabasining jahon-tarixiy ahamiyati. (Toshkent, 1985).

Boshqa arboblar

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x