Mundarija
Odil Yoqubov hayoti va ijodi. Odil Yoqubov tarjimai holi. Asarlari
Odil Yoqubov (1926.20.10, hozirgi Janubiy Qozogโiston viloyati Qarnoq qishlogโi โ 2009, Toshkent) โ Oโzbekiston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1956).
Ish faoliyati
Oโzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955โ59), ยซLiteraturnaya gazetaยปning Oโzbekistondagi maxsus muxbiri (1959โ63; 1967โ70), ยซOโzbekfilmยป kinostudiyasi va Oโzbekiston davlat kinematografiya qoโmitasida bosh muharrir (1963โ67), Gโafur Gโulom nomidagi Adabiyot va sanโat nashriyotida bosh muharrir oโrinbosari (1970โ82), ยซOโzbekiston adabiyoti va sanโatiยป gazetasi bosh muharriri (1982โ87), Oโzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987โ91), Oโzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoโmitasi raisi (1991 yildan) va Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining birinchi vitse-prezidenti (1995 yildan) boโlib ishlagan.
Odil Yoqubov Asarlari
Dastlabki asari โย ย ยซTengdoshlarยป qissasi 1951 yilda eโlon qilingan. ยซDastlabki kadamยป (1953), ยซIkki muhabbatยป (1955) hikoyalar toโplami, ยซTilla uzukยป (1961) qissa va hikoyalar toโplamida muhabbatni insonga xos ulugโ, muqaddas xislat sifatida tasvirlaydi. ยซMuqaddasยป qissasida (1960) Odil Yoqubovning chinakam yozuvchiga xos uslubi va yoโli namoyon boโldi. Mazkur asarda xudbinlik yoโliga tusha boshlagan yigitning toโgโri yoโlga qaytishi masalasi qalamga olingan. ยซEr boshiga ish tushsaโฆยป romani (1966) 2-jahon urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va mardligi haqida. ยซBir feleton qissasiยป (1961), ยซQanot juft boโladiยป, ยซMatlubaยป (1970) qissalari va koโpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan.
Romanlari haqida
ยซUlugโbek xazinasiยป romani (1973) olim va hukmdor Ulugโbek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis oโtmishimizdagi nur va zulmat oโrtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli takdirlar, fojialar koโp, ammo optimistik ruh โ inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor.
ยซKoโhna dunyoยป (1982) romanida oโrta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoโshgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. ยซDiyonatยป (1977), ยซOq qushlar, oppoq qushlarยป (1988), ยซAdolat manziliยป (1998) romanlarida oโzbek xalqining 20-asrning 60โ70-yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, xarakterlari ham turlicha boโlsa-da, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan bir-birlariga oโxshaydilar. Ular nopob tuzumda yashab koโp nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Odil Yoqubov mazkur romanlari bilan oโzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, xarakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi xarakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi.
Odil Yoqubov Boshqa asarlariย
Odil Yoqubov ยซChin muhabbatยป (1955), ยซAytsam tilim, aytmasam dilim kuyadiยป, ยซYurak yonmogโi kerakยป (1958), ยซOlma gullagandaยป (1961), ยซMuzaffar Temurยป (1996), ยซBir koshona sirlariยป (2000) kabi pesalar, ยซDilbarimยป, ยซBahor yomgโirlariยป kinostsenariylari (1971) muallifi.
Odil Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, Gโafur Gโulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagโishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Odil Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoโshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan.
Hamza nomidagi Oโzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), ยซDoโstlikยป (1994), ยซEl-yurt hurmatiยป (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz :ย Boshqa arboblar >>