Musofirlar haqida eng sara she’rlar jamlanmasi.Ushbu sahifamizda o’zga yurtlarda pul topaman, o’qiyman deb yurgan kimnidir ota onasi, akasi kimnidir bolasi yoki opasi musofir bo’lgan yurtdoshlarimizga bag’ishlanadi.
Musofirning alami
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
U ketarda ich-etin yeb, ming entikib bo’zlab ketar.
Ota-ona, yoru jigar, qo’ni-qo’shni xayrlashsa,
To manzilga yetgunicha bildirmaslan yig’lab ketar.
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Sochilgan rizq, nasibasin termoq bo’lib izlab ketar.
Uning dardi kulgu emas, yoki kayfu safohammas,
U oilasin to’q tutmoqni, o’z maqsad deb ko’zlab ketar.
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Yor vasliga to’ymasidan yurak-bag’rin tuzlab ketar,
Beshikdagi bolasining diydorini zor sog’inib,
O’z-o’ziga orzularin, armon bilib so’zlab ketar.
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Ular yashar ohu faryod, ko’ngilu shod nolam deya.
Sovuqlarda qotsa hamki, sabr etar barchasiga,
Mehnat qilar, otam deya, onam, deya, bolam deya…
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamin.
Otajonlar haqida chiroyli she’rlar
Musofirlar dardi.
Yana qo’lga olib qalam,
Sog’inchimni etdim bayon,
Ichimdagi dardu alam,
Faqat bir o’zimga ayon.
Yuribmanku mehnat qilib,
Yurtdan olis makonlarda,
Har kun halol rizqim terib,
Ishlayapman sovuqlarda.
Goh mag’lubman goho g’olib,
Hatto ba’zan bekor qolib,
Sog’inchimni kuyga solib,
Yashayapman musofirda.
Otajonim men yaxshiman,
Onajonim ishim yengil,
Akam ukam yuribdimi,
Qalay o’zi erka singil.
Qishloq ancha o’zgargandir,
Chiroy ochib gullagandir,
Do’stu jura qadirdonlar,
Sog’u salomat yurgandir.
Bu yerlarda dardkashim yo’q,
Biror yaqin sirdoshim yo’q,
Ammo havotir olmanglar,
Ustim butu qornim ham to’q.
Yaqin qoldi diydor oni,
Men qaytaman tugasa qish,
Sog’indimda vatanimni,
O’zimizda ham ko’pku ish.
Musofir bola nolasi
Sog’inchi ko’p kunim bor ona,
Dartlashgali tunim bor ona,
Mehribonim jannatim mening,
Sizdan bo’lak kimim bor ona.
Soyamdek yonimda yurguvchi kim bor,
Siz kabi qadrimga yetguvchi kim bor,
Olloxdan umringiz so’rayman ming bor,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Baxt izlab mana dunyoni kezdim,
O’zga yurtlarda qadringiz sezdim,
Hayot tashvishidan judaham bezdim,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Rizqim teray deb musofir bo’ldim,
Mexnatan o’lmadim sog’inchdan o’ldim,
Sizlarni sog’inib sog’inchdan so’ldim,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Alam bilan qo’lga qalam olaman,
Rasmingizga qarab o’yga tolaman,
Bag’ringizga ona qachon boraman,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Qancha mehr berdiz onajon bizga,
Yosh to’lar ikki shu morg’ok ko’zga,
O’g’lingiz Muslimbek sher yozdi sizga,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
Musofir yigit nolasi
Ko’zlaringiz suzmang qoshi qalamlar,
Yiroq keting mendan tashvish-u g’amlar,
Duo qiling omon boray yaronlar,
Uyda mening ota-onam kutmoqda.
Duo qiling, yetay omon bag’riga,
Kulfat yog’ib, dard qo’shmayin dardiga,
Borginimcha sabr bergin sabriga,
Uyda mening ota-onam kutmoqda.
Egam menga ravo ko’rsang ham g’amni,
Lek yig’latib qo’yma ota-onamni.
Yetar shuncha musofirligim kammi?
Uyda mening ota-onam kutmoqda.
Bilaman ko’p, hatolarim bir dunyo,
Bo’ldim go’yo, qing’ir yo’lda avliyo,
Yo’llarimga bo’lganicha mahliyo;
Uyda mening ota-onam kutmoqda.
Yiroq ketdim, ado etmay burchimni,
O’ylamadim, ko’rdimda o’z kunimni,
Men nodonni har kun tilab umrimni
Uyda mening ota-onam kutmoqda.
Qalbingda ayt zarracha bormi mehr?
Ko’zlaringni aylabdi-ku, nafs so’qir.
Xudoyberdi aqlingni yig’gin, axir
Uyda mening ota-onam kutmoqda!
Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar. Maqollar to’plami
Tezroq qayting O’zbekistonga
Qulok tutmang aslo nodonga,
Ishonmang xech, biror yolg’onga,
Musofirda yurgan do’stlarim,
Tezroq qayting O’zbekistonga.
Vatan bu ko’z qorangiz sizni,
Sog’inibdi bolangiz sizni,
Yig’layapti onangiz sizni,
Tezroq qayting O’zbekistonga.
Bundan go’zal yurt topolmaysiz,
Uzoklarda tinch yotolmaysiz,
Dardingizni ovutolmaysiz,
Tezroq qayting O’zbekistonga.
O’z otasin sotgan kaslarga,
Vatan nima bilmas pastlarga,
Almashmang, yolg’onni rostlarga,
Tezroq qayting O’zbekistonga.
Quloq tutmang aslo nodonga,
Ishonmang hech, biror yolg’onga,
Musofirda yurgan do’stlarim,
Tezroq qayting O’zbekistonga.
Musofir – qo’shiq matni
Qoshing qora, ko’zlaring qora,
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang, o’zim eslatay –
Bolasisan O’zbekistonning!
Qachon kelding bu yerga o’zi,
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg’ayibsan-ku,
Qorayibsan, ozib-to’zibsan.
Jilg’alarsiz daryo quriydi,
Daryoyingni qo’yma unutib.
Yur, barini eslaymiz birga,
Aylantiray qo’lingdan tutib.
Yodingdami beshiging, o’g’lim?
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo’liga qara –
Bundan hali izing ketmagan.
Qara, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajralmasdingku,
Sog’intirding sen uni buncha?
Akang bilan uchirgan varrak,
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog’inib yig’lab,
Tishlaganin yutolmayapti.
Oxirgi bor qachon eshitding,
To’ylardagi yor-yorni, o’yla?
Bor, xayolan, do’stlaring bilan,
O’rtaga tush, quloch yoz, o’yna.
Eh, hayit bayramini sog’inib,
Oqizdingku ko’zing yoshini.
Senga asrab charchadi yangang,
Arafaning shirin oshini.
Qara, o’sha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar keksalar.
Ko’rding, otang kulolmayapti,
Yo’lga qarab, seni axtarar.
Ammang, xolang, amaking, tog’ang,
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot sog’inmading, jon bolam,
Navro’zdagi kamalaklarni?
Qara, buving qaddi bukilib,
Ushoqdayin bo’lib qaribdi.
Bir ko’rishga ulgurmikansan?
Xastalanib, yotib qolibti.
Bolam, deysan tilingda ming bor,
Qo’lingda dast ko’tarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o’zingni kechirolmaysan.
Musofirning qadri bo’lmaydi,
Musofirning qabri bo’lmaydi,
Musofirning musofirlikdan,
O’tadigan dardi bo’lmaydi.
Tish qayrama, yomon dema hech,
Seni katta qilgan Vatanni.
Kim deydilar eshigini tepib,
Beshigini buzgan odamni?
Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yo’llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol.
Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
Qo’ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil,
Bolasisan O’zbekistonning!
Opa – singil haqida she’rlar.Onajonlar haqida tabrik she’rlar.
Musofir yurtda qadringiz sezib
Musofir yurtlarda qadringiz sezib,
Sog’inch qurg’ur qo’ymas yurakni ezib,
Gohida telbadek ko’chalar kezib,
Onajonim sizni sizni sog’indim.
Tundami yesada ovqat tongdami,
Kechalar topolmay uyqumda rohat,
Ollohdan so’rayman didoriz faqat,
Onajonim sizni sizni sog’indim.
Belimning quvvati ishim barori,
Iymonim pokligi qalbim qarori,
Ko’zimning nuriyu dardim darmoni,
Onajonim sizni sizni sog’indim.
Qaytib borib sizni aylayin tavob,
Ish qilib savob,
Qarorim qattidur gapimga javob,
Onajonim sizni sizni sog’indim.
Dunyo kezib ulg’ayib o’zgardi felims
Hizmatingiz qildiray olib bir kelins
Onajonim sizni sizni sog’indim.
Musofir yurtdagi do’stlarim
Sizlarga Ollohdan omad so’radim,
Sizlarga Ollohdan sog’lik tiladim,
Gohida sizlarga havas qilaman,
Gohida sizlarni o’ylab yig’ladim…
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.
O’zinggizni asrang yaqinlar uchun,
Kuttirmang sog’inib kutgan ko’zlarin,
Bajarib otalik, onalik burchin,
O’ylaysiz har kuni oila tinchin.
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.
Yashash oson emas buni bilaman,
Sizlarni o’ylab man ko’ksim tilaman,
Vatan degan so’zni yurakka joylab,
Vatan degan so’zga jonim beraman.
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.
Olovning ustida turgan do’stlarim,
Jonini xatarga qo’ygan do’stlarim,
Goh suygan goh kuygan, to’ygan do’stlarim,
Narigi dunyoni ko’rmagan faqat,
Bir boshi, ming azob ko’rgan do’stlarim.
Yashaysiz xotira ichida yig’lab,
Ahad Qayum yozdi sizlarni o’ylab,
Biz sizga sher yozib qo’shiqlar kuylab,
Har oqshom xayolni o’tmishga bog’lab,
Har oqshom Vatanni sog’inib yig’lab,
Bobolar qabrini boringgiz yo’qlab,
Go’yo qilko’prikda turgan do’stlarim,
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim!
Musofirim sog’indim
Jahongashta shunqorim, musofirim sog’indim,
Horijlardan ilm istagan bolajonim sog’indim.
Yuragimni parchasi og’lonimni sog’indim,
Onajon degan seni bo’ylaringni sog’indim.
Yurt dovrug’in dunyolarga taratgin-ey bolama,
El korga yaraydigan inson bo’lgin bolama.
Ota-onang qariganda kiftlaringda ko’argin-ey bolama,
Qalbim to’la quvonch hamda sog’inchlarga bolama.
Qo’lim ochib duolarga yolvoraman Ollohimga,
Qayda bo’lsang seni olsin panohiga bolama.