Bosh sahifa » Arboblar » Murod Muhammad Do’st tarjimai holi.

Murod Muhammad Do’st tarjimai holi.

by administrator

Murod Muhammad Do’st tarjimai holi.

Murod Muhammad Do'st

Murod Muhammad Do’st Mukofoti

Murod Muhammad Do’st iste’dodli adib. Murod Muhammad Do‘stning qissalari talabchan kitobxon va tanqidiy adabiyotshunoslar e’tiborini qozongan. Uning ijodi 70-yillardan boshlangan. Murod Muhammad Do‘st 1990 yil “Hamza” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

TAVSIYA ETAMIZ : UNING ASARLARI  >>

Iste’dodli adib Murod Muhammad Do’st 1948 yili Samarqandning Jom qishlog‘ida tug‘ilgan.

Toshkent Davlat universitetini tugatgach, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan.

Faoliyati

So‘ngra “O‘zbekfilm” kinostudiyasida, “Sharq yulduzi” oynomasida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, “O‘zbekkino” Davlat aksiyadorlik kompaniyasida faoliyat yuritgan.

Ilk to’plami

Murod Muhammad Do’st tarjimai holi. Ijodiy faoliyati 70-yillarda boshlangan. Yozuvchining ilk to‘plami 1976 yili “Qaydasan, quvonch sadosi?” nomi ostida nashr etilgan.

Shoirning “Mustafo”, “Iste’fo”, “Dashtu dalalarda”, “Chollardan biri”, “Bir toychoqning kuni” kabi hikoya va asarlari chop etilgan.

1983 yil “Galatepaga qaytish” nomli hikoyasini yozgan. Shundan so‘ng u turg‘unlik davrining ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi “Lolazor” (1988) romanini yaratadi.

TAVSIYA ETAMIZ : UNING ASARLARI  >>

“Galatepaga qaytish” nomli qissasi talabchan kitobxon va tanqidchi adabiyotshunoslarning alohida e’tiborini qozondi.

2000 yildan O‘zbekiston Axborot agentligi bosh direktori. 2002-2005 yillar “O‘zbekkino” DAK raisi.

Bir vaqtning o‘zida, 1999-2004 yillar Samarqand viloyati, Nurobod okrugidan Oliy Majlis deputati.

2005 yil apreldan Prezident Apparati maslahatchisi.

Murod Muhammad Do‘st 1949 yil 12 aprelda Samarqand viloyatining Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning tarix fakultetining falsafa bo‘limini tugatgan (1971). Moskvadagi Adabiyot institutida o‘qigan (1974 — 79). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Qaydasan, kuvonch sadosi?» (1976). Shundan keyin «Mustafo» (1977), «Bir toychoqning xuni» (1979), «Galatepaga qaytish» (1983), «Dashtu dalalarda» (1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. «Lolazor» (1988) romani muallifi. Asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan.
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).

TAVSIYA ETAMIZ : UNING ASARLARI  >>

Boshqa arboblar 

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x