Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Matniyoz Devonbegi madrasasi tarixi va rasmlari

Matniyoz Devonbegi madrasasi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Matniyoz Devonbegi madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1871). Xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz) qurdirgan.

Matniyoz Devonbegi madrasasi tarixi va rasmlari

Madrasa haqida.

Madrasaning Bosh tarzi Muhammad Aminxon madrasasiga qaragan. Madrasa bir qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli. Hovli atrofida hujralar joylashgan. Bosh tarzi ulkan peshtoqli, uning yonlariga 3 tadan yoysimon ravoqlar ishlangan. Burchaklaridagi minoralar tepasi gumbazli mezanalar bilan yakunlangan. Kiraverishdagi yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan eshik orqali miyonsaroyga kiriladi.

Miyonsaroy gumbazi qalqonsimon bagʻallarga tayangan. Miyonsaroy yonlarida hovli bilan oʻzaro bogʻlangan darsxonalar joylashgan. Hovli atrofidagi hujralar oldi ravoqli. Janub tomonidagi peshtoq-gumbazli masjiddan ai von sifatida foydalanilgan. Darsxona va masjid gumbazlari oʻzaro kesishgan toqilar ustiga oʻrnatilgan, hujralar balxi gumbazli. Bosh tarzi Xorazm meʼmorligiga xos uslubda koʻk, oq va havo rangli koshinlar bilan bezatilgan.

Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x