Bosh sahifa ยป Arboblar ยป Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. Maqsud Shayxzoda tarjimai holi

Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. Maqsud Shayxzoda tarjimai holi

by administrator

maqsud-shayxzoda-hayoti-va-ijodiMaqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. Maqsud Shayxzoda tarjimai holi.

Oสปzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyoshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi.

Maqsud Shayxzodaning sheโ€™rlar toโ€™plami >>>

Boshlangสปich va oสปrta maสผlumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan oสปqidi va 1925 yildan boshlab Darband shahrida muallimlik bilan shugสปullandi.

Shayxzoda 1928 yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida, 1935โ€“1938 yillarda esa Fanlar qoสปmitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938 yildan to umrining soสปnggiga qadar Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining (hozirgi universitet) oสปzbek klassik adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etdi.

Asarlari :

Shoirning adabiy faoliyati 1929 yildan boshlandi. Uning โ€œOสปn sheสผrโ€ (1932), โ€œUndoshlarimโ€ (1933), โ€œUchinchi kitobโ€ (1934), โ€œJumhuriyatโ€ (1934) toสปplamlarining nashr etilishi adabiyotga oสปziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida shoir butun ijodiy quvvatini, qalb haroratini dushman ustidan qozonilajak gสปalabaga safarbar etdi. Urushning birinchi kunlaridanoq jang qahramonlarini ulugสปlovchi, front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini ifodalovchi โ€œKurash nechun?โ€ (1941), โ€œJang va qoสปshiqโ€ (1942), โ€œKoสปngil deydikiโ€ฆโ€ kabi sheสผriy toสปplamlari, โ€œJaloliddin Manguberdiโ€ (1944) tarixiy dramasi va boshqa qator publitsistik asarlarini chop etdi.

Maqsud Shayxzoda urushdan keyingi yillarda tinchlik uchun kurash haqida โ€œOสปn besh yilning daftariโ€, โ€œOlqishlarimโ€, โ€œZamon torlariโ€, โ€œShuสผlaโ€, โ€œChorak asr devoniโ€ kabi sheสผriy toสปplamlarini yaratdi.

Otashin shoir mustabid tuzumning jabr-zulmidan chetda qolmadi. U birinchi bor 1928 yili qamoqqa olingan va sovetlarga qarshi tashviqotda ayblanib, 3 yilga Oสปzbekistonga surgun qilingan edi. Ikkinchi marta esa Shayxzoda Oสปzbekiston Yozuvchilar uyushmasidan oสปchirilib, 1952 yil 22 sentyabrda qamoqqa olinadi va 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.

Shoir Stalin vafotidan keyin ozodlikka erishdi; ijodga qaytib, 1958 yili koสปhna va navqiron Toshkent shahriga bagสปishlangan โ€œToshkentnomaโ€ lirik dostonini yozdi. 1960 yilda โ€œMirzo Ulugสปbekโ€ tragediyasini yozib, unda buyuk munajjim va maสผrifatparvar davlat arbobi Mirzo Ulugสปbek obrazini yaratdi.

Maqsud Shayxzodaning sheโ€™rlar toโ€™plami >>>

Tarjimalari :

Shayxzoda Pushkinning โ€œMis chavandozโ€, Lermontovning โ€œKavkaz asiriโ€, Mayakovskiyning โ€œJuda sozโ€ dostonlari va koสปplab sheสผrlarini, Shekspirning โ€œHamletโ€, โ€œRomeo va Julyettaโ€ tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning sheสผrlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini oสปzbek tiliga oสปgirdi.

Shayxzodaning oสปzbek adabiyoti tarixi, oสปzbek xalq ogสปzaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi. Ammo eng avvalo buyuk shoir edi.

Adibning asarlari koสปplab qardosh va xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilingan.

2001 yili oสปzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoสปshgan ulkan hissasi uchun Shayxzoda โ€œBuyuk xizmatlari uchunโ€ ordeni bilan taqdirlandi.

Maqsud Shayxzodaning sheโ€™rlar toโ€™plami >>>

U haqida Boshqa maโ€™lumotlar >>

Boshqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x