Kitob haqida.
2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida har yili nishonlanishini taʼkidlash zarur. Ushbu sana 1967-yilda Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti xalqaro kengashi tashabbusi bilan taʼsis etilgan. Bunda 1805-yil 2-aprelda tugʻilgan daniyalik mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersenning tavallud sanasi asos qilib olingan.
Kitob – bilim manbai.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilm-u ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta, baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
“Kitob”, “kitobxonlik”, “kutubxona” sozlarining ozagi aslida arabchadan olingan va bir maqsadga, yani inson manaviyatini boyitishga xizmat qiladi. Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ham bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo’lish bilan belgilanadi. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan” farmoyish e’lon qildi. Bu esa o’z navbatida, yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo’luvchi muhim odimdir.
Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o’qib borish yoshlarning ongi o’sishi, tafakkuri teranlashib, o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishiga imkon beradi. Yana shuni alohida etirof etish kerakki, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bugungi kunda yoshlarni yanada qollab quvvatlovchi muhim omil boldi.
“Yoshlar manaviyatini yuksaltirish,ular ortasida kitobxonlikni keng targib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etish” muhim dasturiamal bolmoqda. Kitob bilan tanishish,mutolaa qilish, insonga o`zgacha zavq beradi.kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy- badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi,fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.
Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koʻp bora taʼkidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob oʻqishga ehtiyojimiz bor.
Baʼzan odam moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari, internet tizimi ichra kuni va tuni qanday oʻtganini ham bilmay qoladi. Bunday yashash tarzidan zerikadi. Nimanidir sogʻinganday, izlab topa olmayotganday boʻlaveradi. Yuragi siqilib, goʻyoki oʻziga sigʻmaydi. Koʻngil bir ogʻiz shirin soʻz, bir taskin, malham istaydi.
Xudoyberdi To’xtaboyev hikoya va qissalari to’plami.
Shunday paytda biz, albatta, kitob varaqlashga tushamiz. Koʻnglimizga yoqqan sheʼrmi, hikoyami – xoh u qatra boʻlsin yoki salmoqli qissa va romanmi – tuyqus oʻqiy boshlaymiz, oʻqiyveramiz. Nafaqat oʻqiymiz, balki asardagi voqealar rivojiga kirib ketamiz va oʻsha yerda yashaymiz…
Nihoyat koʻngil orom olib, qalb taskin topganday boʻladi. Shundagina adabiyotning kuchini, uning zaruratini chuqur his qilamiz. Zero, yaxshi kitob insonning koʻngil koʻzgusini poklaydi, shirin xayollar surishga, eng asosiysi, odamlarni tushunishga, kechirishga, ezgulik sari intilib yashashga undaydi.
Kitoblar qalbimizni ilitadi, koʻnglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Dunyoni faqatgina a ilm bilan zabt etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat bugun hech kimga sir emas. Ilmni mustahkam egallashning yoʻli esa bitta, yaʼni – kitob oʻqish.
Mamlakatimizda yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik koʻnikmasini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va keng targʻib qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kelajak avlod uchun, bolalar adabiyotini rivojlantirish, oʻquv adabiyotlari va darsliklarning saviyasini koʻtarish uchun zarur boʻlgan barcha maʼnaviy, huquqiy va moddiy asoslar yaratildi.
Bu oʻrinda nashriyotlar tomonidan “Bolalar adabiyoti” ruknida jahon adiblari va oʻzbek yozuvchilarining sara asarlari bosqichma-bosqich nashr qilinayotgani tahsinga loyiq. Chunki ushbu kitoblar muntazam ravishda oʻquvchilar qoʻliga yetib bormoqda.
Bolalar adabiyoti haqida soʻz borar ekan, 2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida har yili nishonlanishini taʼkidlash zarur. Ushbu sana 1967-yilda Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti xalqaro kengashi tashabbusi bilan taʼsis etilgan. Bunda 1805-yil 2-aprelda tugʻilgan daniyalik mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersenning tavallud sanasi asos qilib olingan.
Men O’zbek farzandiman mavzusidagi insho
Shu munosabat bilan jahon miqyosida koʻplab yangi bolalar adabiyoti nashrlari chop etiladi. Yirik kitob yarmarkalari oʻtkazilishi ham anʼana tusiga kirgan. Har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan “Bolalar kitoblari kuni” festivalida bolalar yozuvchilari va rassomlari ushbu adabiy sohadagi asosiy mukofot – Hans Kristian Andersen nomidagi Xalqaro mukofotga sazovor boʻladilar.
Oʻzbekistonda ham bu kun keng nishonlanadi. Joriy yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi, Oʻzbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi ishtirokida Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti xalqaro kengashida Oʻzbekiston Respublikasining Milliy shoʻbasi tashkil etilgani ayni sanaga munosib tuhfa boʻldi.
Bunday Milliy shoʻbalar Xalqaro bolalar kitobi kunining xalqaro tashkilotchisi yo homiysi boʻlish imkoniyatiga ega. Tashkilotchi davlat — Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti xalqaro kengashi ijroiya qoʻmitasi tomonidan tanlov asosida aniqlanadi.
Tashkilotchi mavzuni belgilash, butun dunyo bolalariga murojaat yozish uchun mezbon mamlakatning taniqli muallifini va maxsus afishani loyihalash uchun taniqli rassomni taklif qilish huquqidan foydalanadi. Ushbu materiallar kitob va kitobxonlikni targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda bolalarga sifatli kitoblar yetkazib berish borasida ham bir qancha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Natijada bolalar koʻngliga tez va oson kirib boradigan kitoblar kun sayin koʻpaymoqda.
Yangi Oʻzbekiston bolalariga atalgan kitoblar hayot maydonining eng yuksak choʻqqisiga chorlab turadigan porloq mashʼalaga oʻxshaydi. Ularning har bir sahifasi farzandlarimizni izlanishga, intilishga, yangiliklar yaratishga chorlab va hamisha ilhomlantirib turadi.