Men O’zbek farzandiman.
Reja:
- Yangicha boshqaruv va yangicha strategiya
- Yangi O’zbekiston bosib ōtayotgan yōl
- Ōtgan tariximizga nazar solaylik
- Vatanga munosib farzand bōlaylik!
Bugun O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu yo’lda u jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do’stona hamda o’zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.
Tavsiya etamiz: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bolalar uchun she’rlar.
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan etakchi sifatida namoyon bo’lmoqda.
Qisqa davr ichida O’zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga asos bo’luvchi ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Shunga monand ravishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qo’shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo’yicha siyosatni dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar yillar o‘tgani sayin tobora mustahkamlanib, ko‘zga yanada yorqinroq tashlanmoqda. Zero, tarixan qisqa davr ichida barcha sohada mislsiz o‘zgarishlar ro‘y berdiki, bu haqli ravishda ko‘pchilikning havasu hayratiga sabab bo‘layotir.
Xulosa o’rnida shuni aytishim joizki yurtboshimiz tomonidan biz yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda biz mana shu imkoniyatlardan foydalangan yurtimizga munosib farzand bōlishimiz kerak!
Tavsiya etamiz: Onajonim mehribonim mavzusida insho
Men o’zbekning farzandiman she’ri.
Mr Sodiqiy she’ri.
Men o’zbekning farzandiman.
Otam – millat, onam – vatan.
Yurtimsiz olam qafasdir.
Vatanimla olam chaman.
Men o’zbekning farzandiman.
Do’ppim – tojim bor boshimda.
Doim mag’rur bo’lgin deya.
Jaloliddin turar qoshimda.
Men o’zbekning farzandiman.
Buhoriydan ilm o’rgandim.
Yurtin sevmagan mo’minmas
Degan bir xadis ko’rgandim.
Men o’zbekning farzandiman.
Yurt sha’ni mening sha’nimdir.
Dunyolarni lol aylagan.
Temur qoni mening qonimdir.
Men o’zbekning farzandiman.
Navoiydan uqdim g’azal.
Chiroyda tengsizsan yurtim.
Men yana aylayin go’zal.
Men o’zbekning farzandiman.
Bobur erur mening bobom.
Doim tushlarimga kirar.
Boshida toj, qo’lda qalam.
Men o’zbekning farzandiman.
Bobolarim ko’pdir mening.
Dunyolarga nur taratgan.
Daholarim ko’pdir mening.
Men o’zbekning farzandiman.
Derlar soy soyga oqadi.
Ajdodlarim faxrim mening.
Buyukdan buyuk qoladi.
Men o’zbekning farzandiman.
Vatan uchun jonim fido.
O’zga yurtda shoh bo’lguncha.
O’z yurtimda bo’lay gado.
Men o’zbekning farzandiman.
G’animlardan qalqon bo’laman.
Ona yurtim qabul ayla.
Senga sodiq o’g’lon bo’laman.
Tavsiya etamiz: Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami