Bosh sahifa » Arboblar » Hotamov G’affor tarjimai holi

Hotamov G’affor tarjimai holi

by administrator

Hotamov G'afforTarjimai holi

Hotamov G’affor tarjimai holi, asarlari, kitoblari, romanlari haqida. G‘affor Hotamov gazeta tahririyatida, jurnal tahririyatida, gazetaning bosh muharrir lavozimida ishlagan hikoya, qissa va badialar, romanlar yozgan. Badiasi uchun O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.

G‘affor Hotamov 1953 yilning 25 aprelida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi G‘ujbog‘ qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.

1974 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan.

Faoliyati

Mehnat faoliyatini respublika bolalar gazetasi tahririyatida boshlagan. «Toshkent oqshomi», «O‘zbekiston ovozi» gazetalari, «Yoshlik» jurnali tahririyatida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qilgan.

Keyinchalik «Yoshlik» jurnali hamda «Turkiston» gazetasining bosh muharriri lavozimida ishladi.

Boshqa arboblar

Hikoyalari to’plami

G‘affor Hotamovning dastlabki hikoyasi «Tong va shom» 1976 yili «Guliston» jurnalida, 1978 yili esa «Xat tashuvchi bola» nomli ilk hikoyalar to‘plami nashr etilgan.

1980 yil G‘affor Hotamovning «Qaytish»,

1985 yil «Quduq tepasidagi oy»,

1998 yili «Azal va abad»,

1990 yili esa «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» qissalari «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi.

Kitobi

Yozuvchining hikoya, qissa va badialari keyingi yillarda «Kuntug‘mishning kulmagan baxti», «Birinchi muhabbat qissasi», «Kecha va bugunning saboqlari» nomi ostida kitob holida nashr etilgan.

Romani

1977 yilda adibning «Yangi oy chiqqan kecha» romani «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. Ayni paytda u qator badialar ham yozdi.

Mukofotlari

G‘affor Hotamov «Quduq tepasidagi oy» qissasi va «Evrilish» badiasi uchun O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.

1977 yilda adibning «Yangi oy chiqqan kecha» romani «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. Ayni paytda u qator badialar ham yozdi.
G‘affor Hotamov «Quduq tepasidagi oy» qissasi va «Evrilish» badiasi uchun O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Boshqa arboblar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x