Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3, Qoโqon โ 1929.18.8, Fargโona viloyati Shohimardon qishlogโi) โ shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. Oโzbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896โ1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil koโrgan.
Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlari >>>
1909 yilda Kogonda matbaada ishlagan. Soโngra Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining oโquv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida (1910), keyin Qoโqon shahrining Hojibek guzarida (1911) va Margโilonda (1914) ochgan.
Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlari >>>
Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoโqondagi rus-tuzem maktabida oโqituvchi, ยซShoโroi islomยป tashkilotining ozuqa shoโโbasida mirza, ยซKengashยป va ยซHurriyatยป jurnallarida muharrir (1917), Fargโona viloyati madaniy-maorif boโlimida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oโlka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), ยซDor ush-shafaqaยป maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targโibot-tashviqot shoโโbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-maโrifiy muassasalarida mudir (1921โ24), Fargโona maorif qoโmitasi qaramogโidagi ong-bilim shoโโbasida mudir oโrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926 yildan erkin ijod bilan shugโullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirigโi bilan 1928 yil avgustdan Shohimardonda targโibot-tashviqot ishlari olib borgan va soโnggi safari chogโida halok boโlgan.
Hamzaning adabiy ijodi 1905โ06 yillarda boshlangan. Hamza 1908 yil qoโshni oโlkalarda nashr etilgan ilgโor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gโoyalari bilan tanishgan. Maโrifatli kishilar taโsirida ยซmilliy sheโrlarยป yoza boshlagan. Hamza shu yili ยซeski podsholar turmushidanยป olingan ยซHaqiqat kimda?ยป degan ยซromanยป ham yozgan (bu asar oโsha vaqtdayoq yoโqolgan). Hamza 1905 yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gโazallar yoza boshlagan. 1914 yilda tartib berilgan qoโlyozma devoniga shoirning 1905โ14 yillarda ยซNihoniyยป taxallusi bilan yozgan 214 ta sheโri kiritilgan.
1908โ10 yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogโlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oโquv qoโllanmalari yaratish yoโli bilan xalqni maโrifatlashtirish maqsadida Qoโqon va Margโilonda ochgan maktab oโquvchilari uchun ยซYengil adabiyotยป, ยซOโqish kitobiยป (1914) va ยซQiroat kitobiยป (1915) oโquv qoโllanmalarini tayyorlagan.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun ยซMilliy ashulalar uchun milliy sheโrlar majmuasiยป umumiy nomi ostida ยซgulยป toโplamlarini eโlon qilgan (1915โ19). Hamza mazkur majmualari (8 boโlimdan iborat) bilan oโzbek sheโriyatiga yangi mazmun va yangi gโoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoโshgan.
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning ยซYangi saodatยป (1914, nashri โ 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oโzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida maโrifatparvarlik gโoyalari bilan sugโorilgan qissa boโlib, unda kambagโal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.
Hamza 1914-16 yillarda ยซOโchยป (1914), ยซZaharli hayot yoxud Ishq qurbonlariยป (1915), ยซIlm hidoyatiยป, ยซMulla Normuhammad domlaning kufr xatosiยป, ยซOchlik qurbonlariยป (1916), ยซMuxtoriyat yoki avtonomiyaยป (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan.
Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ยซoโzbek sovet adabiyotiยปning, teatrining asoschisi sifatida koโkka koโtarilgan. Hamza nomi bilan bogโlanib kelingan Oโlka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Fargโona) sayyor truppasi deb atalib, unga Gโafur Musaxonov rahbar boโlgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor boโlib xizmat qilgan.
Shu vaqtda u ยซKim toโgโri?ยป, ยซTuhmatchilar jazosiยป, ยซBoy ila xizmatchiยป, ยซIshchilar hayotidanยป (1918), ยซLoshmon fojiasiยป (1916โ18, 3 boโlimli), ยซFargโona fojiasiยป (1918โ20, 4 boโlimli), ยซQizil qon ichida yosh goโdaklarยป, ยซMahbus toโraning holiยป (1919) singari pesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza ยซZaharli hayotยป dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan boโlsa, ยซTuhmatchilar jazosiยป, ayniqsa, ยซBoy ila xizmatchiยป singari pesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo Hamza koโp oโtmay, targโibot va tashviqot yoโnalishidagi ยซPastki shoโrolar saylovi munosabati ila yozilgโon Choโpcharlarยป, ยซPastki shoโrolar tuzmasida saylovgโa kirolmagan bir eshon oโpkasiga javobanยป, ยซBurungi saylovlarยป (1926) singari pesa va instsenirovkalarni yozishga katta eโtibor bergan.
Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi toโgโrisidagi soxta gโoyasiga ishonib, ยซJahon sarmoyasining eng oxirgi kunlariยป (1927) pesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gโoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926 yili Hamza oโzbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: ยซMaysaraning ishiยป komediyasi va ยซParanji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishiยป dramasini yaratgan.
Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning ยซBoy ila xizmatchiยป pesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida ยซqayta tiklanganยป bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan.
Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (K.Yashin asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (stsenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (stsenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va Sh.Abbosov, rejissyor Sh.Abbosov, 1975โ84) va hujjatli film (stsenariy muallifi L.Qayumov, rejissyor N.Otaullaeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qoโqon shaharlari hamda Fargโona vodiysidagi teatr, maktab, koโcha va shirkat xoโjaliklariga, Toshkent shahridagi metro stantsiyasiga shoir nomi berilgan.
Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlari >>>
muxlisamustafoyeva2@gmail.com