Bosh sahifa » Arboblar » Hamroev Razzoq Hamroboyevich hayoti va ijodi

Hamroev Razzoq Hamroboyevich hayoti va ijodi

by administrator

Hamroev Razzoq Hamroboyevich

Tarjimai holi.

Hamroev Razzoq Hamroboyevich hayoti va ijodi haqida. Taniqli teatr va kinoaktyor Razzoq Hamroev 1910 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1954 yilda Toshkent teatr, va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1931—1945 yillarda Namangan musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, va badiiy rahbar, 1946 yildan Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissyor, 1959—1976 yillarda bosh rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ijodi va obrazlari

S. Abdullaning «Tohir va Zuhra»sidagi Nozim, Xurshidning «Farhod va Shirin»idagi Xisrav obrazlari aktyorning teatr sahnasida yaratgan ilk rollaridir. Keyinchalik, birin-ketin U. Ismoilovning «Rustam»ida Rustam, F. Shillerning «Makr va muhabbat»ida Ferdinand, K. Gotstsining «Malikai Turondot»ida Pantalone, S. Abdulla, T. Jalilov, G. Mushellarning «Muqimiy» sida Muqiadiy, K. Yashin va A. Umariyning «Hamza»sida Hamza, I. Mahsumovning «Navoiy Astrobodda»sida Navoiy, K. Goldonining «Ikki boyga bir malay»ida Trufaldino, «Musofirxona bekasi»da Kavaler, V. Shekspirning «O’n ikkinchi kecha»sida Malvolio kabi ko‘plab yorqin obrazlar yaratdi.

Teatrdagi faoliyati

Xalqimiz R. Hamroevni faqat teatr aktyori sifatidagina emas, balki iste’dodli kinoaktyor sifatida ham yaqindan taniydi. U ekranda chuqur falsafiy va mazmunli obrazlar yaratdi. N. G‘anievning «Tohir va Zuhra»sidagi Nozim, «Nasriddin sarguzashtlari»dagi Xo‘ja Nasriddin, K. Yormatovning «Alisher Navoiy»sidagi Alisher Navoiy, «Abu Ali ibn Sino»sidagi Beruniy, y. A’zamovning «Furqat»idagi Muqimiy, «O‘tgan kunlar»idagi Mirzakarim qutidor kabi o‘lmas obrazlar faqat aktyor ijodidagina emas, balki o‘zbek kino san’ati tarixida ham muhim o‘rin tutadi.

R. Hamroevning keng madaniy jamoatchilikka yaqindan tanitgan, uni elga mashhur qilgan obraz-bu dunyo ekranlarini kezib chiqqan «Alisher Navoiy» filmidagi Alisher Navoiy obrazvdir. Aktyor Navoiy obrazini benazir yaratgan iste’dodli aktyor sifatida o’zbek san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirib, o‘ziga mangu haykal o‘rnatdi. U Alisher Navoiyni genial shoir, buyuk mutafakkir, yetuk davlat va jamoat arbobi sifatida yorqin gavdalantirarkan, shoirning ichki kechinmalarini tomoshabinlarga ustalik bilan yetkazdi va XV asr feodalizm muhitidagi davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta iste’dodini namoyish qildi.

R. Hamroev yaratgan R. Botirovning «Dorbozlar»ida Toshtemir dorboz, Sh. Abbosovning «Abu Rayhon Beruniy»sida Ibn Iroq, Dovjenko kinostudiyasida suratga olingan «Mirzacho‘l» filmida Rahimjon mirob, Yu. Stepachukning «Jayhun»ida Ja’farbek, «Keksa ustaning vasiyatlari»da (3 seriyali film) Usmonboy, «Xorazm afsonasi»da Usta Nosir, Sh. Abbosovning «Olovli yo‘llar» ko‘p seriyali telefilmida Hazrat, 3. Sobitovning «Samolyotlar qo‘na olmadi»sida Ismoil kabilar. 70-yillar o‘zbek kinosida yaratilgan sara obrazlardan hisoblanadi.

Teatr va kino san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan san’atkor rejissyorlik sohasida ham ijod etib, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Oltinko‘l», «Nurxon», «Makr va muhabbat», «Muqimiy», «Guli siyoh», «Farg‘ona tong otguncha», «Toshbolta oshiq» va boshqa drama, komediya, musiqali dramalarni muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtirdi, «Guli siyoh», «Farg‘ona tong otguncha» va boshqa spektakllar pesalariga hammuallif bo‘ldi.

U Respublikamizning turli viloyat teatrlariga ham yaqindan ko‘maklashib, ko‘p asarlarni sahnaga qo‘ydi. M. Qorievning «Sehrli uzug»i Namangan teatrlarida, G. Xo‘jaevning «Ko‘ngli yosh qariyalar» asari O‘sh teatrida sahnalashtirildi.
Razzoq Hamroevning o‘zbek teatr va kino san’ati ravnaqidagi xizmatlari uchun «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, davlat mukofoti (1948, 1949) bilan taqdirlangan.
Betakror iste’dod sohibi Razzoq Hamroev 1981 yilda Toshkent shahrida vafot etdi. Hamroev Razzoq Hamroboyevich .

Rejissyorlik ishlari

•1932 -“Ikki kommunist” K. Yashen

•1939 – “Fitna va muhabbat” F.Shiller

•1954-“Muqimiy” S.Abdulla

•1957-“Vatanga muhabbat” Z.R.Fatxullin va Sagdulla

•1961-“Oshiq Toshbolta” G‘.G‘ulom

•1961-“Paranji sirlari” Xamza

•1963-“Muloyim qizlar” K. Shangitbayeva va K. Bayseitova

•“Ikki xudo quli” K. Goldoni

•“Malikai Turondot” K. Gotstsi

•“Toxir va Zuxra” S.Abdulla

•“Guli Siyox” S. Djamala

•• «Nurxon», «Oftobxon» K. Yashin

Teatrdagi rollari

• «Sevgi va Fitna» F. Shilllerd – Ferdinand

• «Qo‘ylar manbasi» Lope de Vega – Komandor

• «O‘n ikki kecha» V. Shekspir – Malvolio

• «Nurxon» K. Yashin – Vasiliy Ivanovich

• «Muhabbating bilan» Umarov – Kenja

• «Muqimiy» S. Abdulla – Mukimi

• «Toshbolta oshiq» G‘. G‘ulom – Melibay

Kinodagi rollari

1979 – Otalik jazosi – Abdulla

1979 -Havodagi piyoda

1979 -Des Drachens grauer Atem (Germaniya)

1978-1979 – Olovli yo‘llar – Xazrat

1978 -Shoir yuragi Serdtse poeta | Film 1 (1-4 serii)

1979 – Haqiqatni izlab | Film 2 (5-8 serii)

1978 – Begona baxt

1978 – Sizga shahar sovg‘a qilaman – Yunus otasi

1976 – Boshqalar uchun – Nurmatov

1976 – Mening katta akam – Voxidov

1975 – Bu Tog‘lar orasida bo‘lgan

1974 – Abu Rayxon Beruniy – Ibn Iron

1973 – Zulmatdan qochish- Tair-og‘a

1973 – Olovli qirg‘oq – Ishon

1973 – Salom, saxiy inson

1972 – Semurg‘

1972 – Yigit, seni kutmoqdamiz- Maqsud G‘afurovich G‘afurov

1971 – Sxvatka

1971 – Rustam haqida – Xuman

1971 – Rustam va Suxrob – Xuman

1971 – Bu yer chegara – Jafarbek

1971 – Sevgi drammasi

1969 – O‘tayotgan kunlar – Mirzakarim Qutidor

1969 – Qari usta vasiyati -Usman-boy

1969 – Merosxo‘r | 2-ya seriya

1969 – Yangi do‘stlar | 3-ya seriya

1969 – So‘nggi sxvatka | 4-ya seriya

1969 – Uning ismi-Bahor – Xalil

1968 – Dilorom – Nugman

1968 – Komandirning qaytishi – Namazov

1967 – Birlik qo‘shilmasi – kinooperator

1966 – Kaniyut g‘ori siri – Ildar Zakirovich

1966 – Sayat qo‘ng‘irog‘i – Mansur

1965 – Do‘lda tug‘ilgan – aktyor

1964 – Dorbozlar – Tashtemir, bosh rol

1964 – Ulug‘bek yulduzi – Farman-shax

1964 – Qayerdasan Zulfiyam? – Qurbanov

1963 – Qo‘nmagan samolyotlar – Ismali

1961 – Kichik bolalar haqida hikoyalar… – Said

1960 – Xamza -Nazari

1960 – Maxallada duv-duv gap – usto Sharif

1959 – Furkat – Mukimi

1959 – Ikkinchi gullash – Axmedov

1958 – O‘g‘illar yurishda davom etmoqdalar – usto Safar

1958 – Yorqin yillar

1958 – Maftuningman

1956 – Muqaddas qon – Shakif-ota

1956 – Avitsenna – Beruniy

1955 – Emirat qulashi – Djafar

1954 – Raxmanov opalari – Arifov

1948 – Farg‘ona qizi

1947 – Alisher Navoiy – Alisher Navoiy

1946 – Nasriddin yurishlari – Xodja Nasreddin

1945 – Toxir va Zuxra – Nozim

Hamroev Razzoq Hamroboyevich  Sovrin va mukofotlar

•Ikkinchi darajali Stalin premiyasi (1948, “Alisher Navoiy”dagi bosh roli uchun).

•Xamza nomidagi davlat mukofoti (1964).

•Xamza nomidagi davlat mukofoti (1969, “O‘tgan kunlar”dagi Mirza Karim Qutidorroli uchun).

•Xalqlar do‘stligi unvoni (1980)

•Qadrlash belgisi” ikkita orden (1950)

•Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2003 )

Boshqa arboblar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x