Bosh sahifa » Arboblar » Hakimov Oxunjon hayoti va ijodi

Hakimov Oxunjon hayoti va ijodi

by administrator

Hakimov Oxunjon

Tarjimai holi.

Hakimov Oxunjon hayoti va ijodi haqida. Oxunjon Hakimov ijodning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlarida kirib keldi.

Shundan buyon uning yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari va bir qator qissalari yaratildi.

Ordenlari

U «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

2006 yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.

Shoir yaratgan «Qo‘llarim ko‘ksingda», «Tafakkur boqiy», «O‘shal kun kelur» kabi dostonlar ham kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.

«El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1998). 2006 yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.

Oxunjon Hakimov 1934 yilning 20 fevralida Farg‘ona viloyatining Log‘on qishlog‘ida dunyoga kelgan.

O‘rta maktabdan so‘ng Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgan.

Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, «Mehnat va turmush» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.

Oxunjon Hakimov lirik shoir sifatida adabiyotimiz rivoji yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.

U qaysi mavzuda, qaysi janrda, qaysi vaznda asar yaratmasin, hamisha odamlarning baxt-saodati, imoni, ma’naviyat haqida o‘z qarashlarini olg‘a suradi.

She’rlari

Shoirning «Ilhom vodiysi», «Farg‘ona ruboiysi», «Vatan qasidasi», «Lirika», «Dostonlar», «Ko‘zlaringni o‘zi qora», «Qizlar xayol sursalar» kabi she’riy guldastalari qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, o‘qilib keladi.

Uning «Muhabbatni ko‘zlardan izlang» (1996) nomli she’riy majmuasi esa ma’lum ma’noda saylanma hamdir.

Oxunjon Hakimovning hazil-mutoyibalari ham ajoyib.

Ularda o‘sha vodiy qiziqchiligi, askiyachiligi an’analari yangidan tug‘ilgan, jonlanganday bo‘ladi.

Bu jihatdan shoirning «Yashasin, dovdirlar», «Yasha, so‘rg‘ich», «Qatiqxo‘r», «Qadr», «Xotinimning muovini» kabi hikoyalari e’tiborga loyiq. Hozir shoir istiqlol va uning samarasi, imonli, e’tiqodli zamondoshlari haqida liro-epik asarlar yozmoqda. Hakimov Oxunjon hayoti ijodi sizga yoqqan bo’lsa boshqa arboblarni ham ko’rib chiqing.

O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 26 mart kuni 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Oxunjon Hakimov (1934 y. t.) Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgan. Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, «Mehnat va turmush» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan. U hamisha odamlarning baxt-saodati, imoni, ma’naviyat haqida o‘z qarashlarini olg‘a suradi, deyiladi Arboblar.uz saytida.

Boshqa arboblar 

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x