Bosh sahifa » Arboblar » Fozilov Nosir hayoti va ijodi

Fozilov Nosir hayoti va ijodi

by administrator

Fozilov Nosir Tarjimai holi

Fozilov Nosir hayoti va ijodi haqida. Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi.

She’rlar to’plami

Yozuvchi Nosir Fozilov 1929 yili Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Qorachiq qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Buvasi Tursunmuhammad a’lam esa G‘urbatiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr bo‘lib, Toshkentda uning uchta she’riy kitobi chop etilgan.

Ish faoliyati

Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga to‘g‘ri kelganligi uchun ham o‘qib, ham mehnat qilgan. Shu tufayli u o‘z tengdoshlaridan ancha kech, ya’ni, 1949 yilda o‘rta maktabni tugatadi. So‘ng Toshkentga kelib, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ga o‘qishga kiradi va uni 1954 yilda tugatadi. Shundan so‘ng «Gulxan», «Sharq yulduzi» kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi.

Nosir Fozilovning ko‘plab asarlari o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lib, nashr etilgan. U 1994 yili o‘zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog‘iston Prezidenti ta’sis etgan «Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Hikoyalari

Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan bo‘lsa, birinchi kitobi 1959 yilda «Irmoq» nomi bilan chop qilinadi. So‘ngra «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qiyoslari» (1970), «Diydor», (1979), 2 jildlik «Tanlangan asarlar» (1983-1986), «Bir otar to‘pponcha» (1995) kabi o‘nlab kitoblari nashrdan chiqadi.

Nosir Fozilov tarjimon sifatida, ayniqsa, samarali ijod qildi. U Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, G‘abit Musrepov, G‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdijalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblari asarlarini o‘zbekchaga ag‘darib, nashr ettirdi. Shuningdek, qirg‘iz, qoraqalpoq va o‘zga tillardan ham ko‘plab sara asarlarni o‘zbekchalashtirdi.

Kitoblari

Uning ana shu ijod sohasidagi samarali mehnati zoye ketmadi. 1985 yilda unga «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘.G‘ulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi, «Ustozlar davrasida» asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1990 yilda u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Bular orasida o‘ttizga yaqini original asarlar, qolganlari tarjimalardir.

Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan. Ilk kitobi 1959 yilda «Irmoq» nomi bilan chop qilingan. So‘ngra «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qissalari» (1970), «Jo‘xori tuzoq» (1971), «Saraton» (1975), «Kichkina demang bizni» (1977), «Diydor» (1979), 2 jildlik «Tanlangan asarlar» (1982-1983), «Shum bolaning nabiralari» (1985), «Bolaligim ‒ poshsholigim» (1989), «Bir otar to‘pponcha», «Toshkentning nosi», «Said Ahmad noming baland» (1995), «Munavvar lahzalar» (1998), «Eslasang ko‘ngling yorishur» (2003), «Ustoz so‘zlaganda» (2007), «Topdimu yo‘qotmadim» (2010) kabi o‘nlab kitoblari nashrdan chiqdi.

Nosir Fozilov tarjimon sifatida ayniqsa samarali ijod qildi. Sh.Husainovning «Nurli tosh» (pyesa, 1952), S.Muqonovning «Hayot maktabi» (qissa, 1954), «Cho‘pon o‘g‘li» (qissa, 1960), «Cho‘loq polvon» (qissa, 1970), B.Mustafinning «Qarag‘anda» (roman, 1956), Q.Abduqodirovning «Xojimuqon» (qissa, 1959), G‘.Musrepovning «Qozoq soldati» (roman, 1960), «Cho‘lqor» (qissa va hikoyalar, 1960), «Qiron qush qo‘shig‘i» (qissa, 1970), Muxtor Avezovning «Qarash-qarash voqeasi» (qissa, 1960), «Abay ‒ xalq farzandi» (pyesa, 1970), M.Avezov, L.Sobolevning «Abay» (tragediya, 1970) asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, rus, turkman, qirg‘iz adiblarining ham asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Ayni paytda N.Fozilovning ham rus, turkman va qozoq tillarida kitoblari chop etilgan, shuningdek, asarlari arman, latish, gruzin, hind, arab, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.

Yozuvchi 2018 yil 13 yanvarda vafot etgan.

Boshqa arboblar.

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x