Bosh sahifa » Arboblar » Fayziy Rahmat Fayziyevich hayoti va ijodi

Fayziy Rahmat Fayziyevich hayoti va ijodi

by administrator

Fayziy Rahmat Fayziyevich hayoti va ijodi haqida.

Fayziy Rahmat Fayziyevich

Rahmat Fayziy (haqiqiy ismi Fayziyev Rahmat Fayziyevich) — o‘zbek sovet yozuvchisi, kinodramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Polsha Xalq Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. “Hazrati Inson” romanining muallifi hamda “Sen yetim emassan” filmining senariy muallifi.

Rahmat Fayziy 1918 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasida kosib oilasida dunyoga kelgan. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent temir yo‘llari qoshidagi Fabrika-zavod o‘quvchilik maktabida ta’limini davom ettirgan va uni ham tamomlab, elektromexanika texnikumida tahsil olgan. 1937 yil Rahmat Fayziy “Lenin uchquni” gazetasiga ishga kiradi, bir yildan so‘ng “Yosh leninchi” gazetasida faoliyat yuritadi. Turli davrlarda “Frunzevets” (1943), “Qizil O‘zbekiston” (1944 yildan 1951 yilga qadar “Sovet O‘zbekistoni”) gazetalarida ishlaydi. 1951 yildan 1954 yilgacha – “Sharq yulduzi” jurnali bo‘lim mudiri. 1957 yildan 1959 yilga qadar “O‘zbekiston madaniyati” gazetasi muharriri.

1962 yil Rahmat Fayziy “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga ishga kirib, u yerda 1965 yilga qadar senariy-muharrirlik jamoasida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritadi. 1965 yildan 1974 yilgacha Rahmat Fayziy O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. 1972 yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 1974 yildan Rahmat Fayziy mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha Butunjahon tashkilotining O‘zbekiston bo‘limi rahbari lavozimini egallagan.

Boshqa arboblar

Yozuvchi 1988 yil 70 yoshida vafot etgan.

Fayziy Rahmat Fayziyevich asarlari

Ulug‘ Vatan Urushidan so‘ng Rahmat Fayziy o‘zining hikoya va qissalarining bir nechta to‘plamini chop etadi —  “To‘y to‘yonasi”, “Cho‘lga bahor keldi”, “Qissa va hikoyalar” 1951 yil omma e’tiboriga taqdim etildi, “Shohi darparda” to‘plami 1958 yil nashrdan chiqqan.

Eng katta shuhratni yozuvchiga “Hazrati Inson” (1969) romani olib kelgan.

Yozuvchi, shuningdek, “Qaydasan, mening Zulfiyam?” badiiy filmining senariy muallifi ham hisoblanadi.

Mukofotlari

• O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1968)

• O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1978)

• Polsha Xalq Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi (1977)

Boshqa arboblar

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x