Bosh sahifa » Abituriyentlar » Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

by nafisa nafisa

 Chet tili imtihoni sanalari e'lon qilindi

Chet tili imtihoni sanalari.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

my.uzbmb.uz saytidan ruxsatnoma yuklab olish yo’riqnomasi

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar