Bolaning tezroq ravon gapirishi uchun – pediatr maslahatlari
✅ Buning uchun: Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
✅ Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan oʼtgach u bilan ogʼizni choʼchchaytirib “shiringina” gapirishning foydasi yoʼq.
✅ Bolaning koʼzlariga qarab gapiring. Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yoʼl bilan uning tili chiqishi osonlashadi.
✅ Bolaga koʼp savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning.
✅ Bolaga koʼp ertak oʼqing.
Kitobdagi yangi soʼz va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun massajning foydali jihatlari