Bosh sahifa » Arboblar » Benkov Pavel Petrovich hayoti va ijodi

Benkov Pavel Petrovich hayoti va ijodi

by administrator

Benkov Pavel Petrovich hayoti va ijod

Benkov Pavel Petrovich

Benkov Pavel Petrovich hayoti va ijodi haqida. Pavel Petrovich Benkov — mashhur sovet o‘zbek rassomi. O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Samarqand rassomchilik bilim yurti o‘qituvchisi.

Pavel Petrovich Benkov 1879 yil dekabr (yangi uslub bo‘yicha 20 dekabr) Qozonda tug‘ilgan. Peterburg rassomchilik akademiyasini tamomlagan, 1901 yildan 1906 yilgacha D. N. Kardovskiy sinfida o‘qigan. Ta’limni Parijda, 1906 yil Jyulian akademiyasida davom ettirgan.

Boshqa mashhur arboblar

1909 yildan 1929 yilgacha P. P. Benkov Qozondagi rassomchilik bilim yurtlarida tasviriy san’atdan dars beradi.

1922 yil “Inqilobiy Rossiya rassomlar uyushmasi” tarkibiga qo‘shiladi.

1930 yil P. P. Benkov Samarqandga qaytadi va Samarqand rassomchilik bilim yurtida tasviriy san’atdan dars bera boshlaydi. U yerda bir qator o‘zbek rassomlariga kasb sirlarini o‘rgatadi, xususan, Abdulhaq Abdullayev, Yusuf Yelizarovlar.

1930 yildan Benkov respublika va butun ittifoq miqyosidagi barcha ko‘rgazmalarda qatnashadi.

1932 yildan P. P. Benkov ilk bor manzaraviy etyudlar-u, janr kartinalaridan mavzuviy kompozitsiyalarga o‘tadi. Asarlarining mavzusi keng va dolzarb. “Xudjum shoyi ishlab chiqarish fabrikasi” (1932) va “Registonda sakkizinchi mart” (1933) kartinalari ayollarning ozodligi uchun kurashish va ularning jamoat qurilishiga jalb qilishni o‘zida aks ettiradi. “Ravatstroy” (1934) kartinasida sug‘orish ishlari qurilishi ko‘rsatilgan, “Tabarruk hosil” (1935), “Paxta terimi” (1936), “Paxta dalasi terimidagi qiz” kabilarda kolxozchilarning kundalik hayotini ko‘rish mumkin. 30-yillarning o‘rtalaridan Pavel Benkov respublika va butun ittifoq miqyosidagi barcha ko‘rgazmalarda ishtirok etadi.

Boshqa mashhur arboblar

U uchun yangi bo‘lgan hayotni yaxshiroq tushunish va barcha qiziqarli ajoyibotlarni ko‘rish uchun Pavel Benkov respublika bo‘ylab ko‘p sayohat qiladi, qadimiy shaharlar harobalarini va kichik qishloqlarni ziyorat qiladi. O‘z ishlarini tabiat qo‘ynida chizishga harakat qiladi. Uning o‘sha davrlarda qizilgan yirik ko‘pshaklli kompozitsiya va portretlari yorug‘lik bilan sug‘orilgan. Ariq oqib o‘tgan, gullar barq gullagan kichik sersoya hovlilarni u alohida ishtiyoq bilan qog‘ozga solgan. Bizning davrimizda uning o‘sha ishlari g‘oyat yuqori shuhrat qozongan (“Buxoro ko‘chalari”, 1929; “Samarqandning eski ko‘chasi”, 1930-yillar, xususiy termasi, Moskva; “Eski hovli”, 1930-yillar; “Bibi-Xonim masjidining hovlisida. Bahor”, “Ariqli hovli. Kuz”, “Dugonalar. Eski hovli”, “Ariq bo‘yida”).

P. Benkovning ijodi xilma-xilligi bilan farqlanadi, – bular manzara, portret va mukammal janrli kompozitsiyalar va hamma yerda muallif yuqori cho‘qqida qoladi: “Tojik portreti” (1928), “Buxoroning karvon saroyi” (1928), “Buxoro bozori” (1929), “Yahudiy bo‘yoqchining portreti” (1930), “Xivalik qiz” (1931), “Choyxona. Buxoro” (1932), “Kolxozchi zarbchining portreti” (1940), “Buxorolik amador” (1930-1940 yillar), “Dutor ushlagan chol” (1930-1940 yillar), “Frontdan maktublar” (1945), “O‘zbekiston diyori haqida doston”.

Pavel Benkov o‘zini o‘tkir xarakterli psixologik portretlar ustasi sifatida ham tavsiya qilgan: “Piyola ushlagan tojik. Samarqand” (1928), “Buxorolik amaldor” (1928), “Barcha o‘zbeklarning yetakchisi Yo‘. Ohunboboyevning portreti” (1930), “Buxorolik mansabdor” (1930-yillar), “Artist Alyabevning portreti”, “San’atshunos Kannskiyning portreti”.

Boshqa mashhur arboblar

Urushning oxirgi yillar Pavel Benkovning sog‘lig‘i yomonlashadi, lekin u ko‘p ishlashda davom etadi, vaqtini samarali o‘tkazishga harakat qiladi. 1943-1948 yillar oralig‘ida u polotnolar majmuini yaratib, unda Samarqand manzarasi va shaharning kundalik hayotini tasvirlaydi (“Shohi Zindadagi rassom 1943, “Dutor ushlagan qiz” 1947, “Kichik hovli. Bozordan qaytish”, 1947; “Kuzgi Samarqand”). Hatto ijodining kechki davrilarida ham rassom yuqori mahorat ila ijod qiladi, uning “Kuzgi hovli. Samarqand” (1947) asari nozik lirika va ma’yus kayfiyat bilan to‘yingan.

1949 yilning boshida P. P. Benkovning nomzodi SSSR Rassomchilik akademiyasi haqiqiy a’zoligiga qo‘yiladi.

P. P. Bentkovning pedagoglik faoliyati O‘zbekiston tasviriy san’at maktabining yuqori darajada shakllanishiga sezilarli zamin bo‘ldi. Uning o‘quchilari orasida nomi respublikada dong‘i ketgan Qozondan Samarqandga ko‘chib o‘tgan S. Kovalevskaya, L. Abdullayev, A. Abdullayev, R. Ahmedov, Yu. Yelizarov, A. Roziqov, R. Timurov, A. Haydarov va boshqalarni aytish mumkin.

P. P. Benkov 1949 yil 16 yanvar kuni Samarqandda vafot etgan.

Shu yilning o‘zida rassom yashagan Samarqand ko‘chalaridan biriga uning nomi berilgan, Samarqand rassomchilik bilim yurti P. P. Benkov nomi bilan atalgan. Benkov asarlari Moskva, Qozon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus va boshqa shaharlar, shuningdek, Rossiya va O‘zbekistonning xususiy kollektsiyalarida hamda bir qator Ovrupa mamlakatlarida saqalanib keladi.

Boshqa arboblar haqida

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x