Bosh sahifa » Arboblar » Chustiy hayoti va ijodi. Chustiyning tarjimai holi

Chustiy hayoti va ijodi. Chustiyning tarjimai holi

by administrator

chustiy-hayoti-va-ijodiChustiy yangi davrda mumtoz adabiyotimiz anʼanalarini davom ettirgan shoirlar sirasiga kiradi. Shunga koʻra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi gʻazalnavis va qoʻshiqchi shoirlar qatoridan munosib oʻrin egallagan.

Chustiy – shoirning adabiy taxallusi boʻlib, u Namanganning Chust shahrida tavallud topgan. Asl ismi-sharifi Nabixon (Nabixoʻja) Nurillaxoʻja oʻgʻli boʻlib, 1904 yilning may oyida toʻquvchi-hunarmand oilasida dunyoga kelgan. 1916 yilda oʻlkada hukm surgan oʻzgarish va beboshliklar tufayli oʻn toʻrt jonli Nabixonlar oilasi Qoʻqonga koʻchib borib, toʻquvchilik ishlari bilan shugʻullanadi. Boʻlajak shoir ham oʻn ikki yoshidan ota kasbiga mehr qoʻyadi, oilaga yordamlashadi. Ayni paytda eski maktab va madrasalarda taʼlim oladi.

Chustiy 1940–1943 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida avval adabiy emakdosh, soʻng direktor lavozimida xizmat qiladi. 1944–1945 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasida direktor, soʻng nashriyotlarda tarjimon sifatida faoliyat koʻrsatadi.

Chustiy hayoti va ijodi.

Chustiy she’rlari to’plami>>

1950–1976 yillarda u Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim boʻlib ishlaydi.

Uning sheʼriyatga, ijodga havas qoʻyishida Sharq mumtoz adabiyotining, birinchi navbatda Turobiy taxallusi bilan gʻazal, muxammas va masnaviylar yaratgan otasi Nurillaxoʻjaning taʼsiri katta boʻladi.

Chustiy yigirmaga yaqin sheʼriy toʻplam nashr ettirgan; ular janr va uslub jihatidan boy va rang-barangdir. Uning “Qoʻzgʻol” (1942), “Lolazor” (1945), “Hayot zavqi” (1951), “Gul mavsumi” (1969), “Gʻazallar” (1978), “Yod eting kamtarin Chustiyni ham” (1984) kabi qator sheʼriy majmualari qatorida “Zafarnoma” (1939), “Tiriklayin jannatga kirgan kampir” (1939), “Kiyiknoma” (1940), “Gul sadosi” (1949), “Uygʻurobod” (1948), “Bogʻi Eram” (1978) kabi dostonlari ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan. Shuningdek, shoirning mumtoz adabiyotimiz anʼanalaridan oziqlangan “Hayotnoma” (1988), “Sadoqat gullari” (1992), “Koʻngil tilagi” (1994) kabi devonlari kitobxonga Sharq axloqi falsafasini singdirishda munosib rol oʻynaydi. Uning “Koʻngil tilagi” devoniga kirgan bir qator gʻazallar, muxammas va masnaviylari bu jihatdan muhim qimmatga egadir.

Chustiy hayoti va ijodi.

Shoir avlodlarga, oʻgʻil-qiz, nabiralarga, kelajakka murojaat qilar ekan:

Jahonda bebaho gavharga oʻxshang,

Hayot osmonida hulkarga oʻxshang, –

deb daʼvat qiladi.

Chustiy ijodida “Indamaslar olami” (1969) asari alohida qimmatga ega; unda gʻanimat umr neʼmatlarini, milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlash, eʼzozlash gʻoyasi yetakchilik qiladi.

Chustiy qoʻshiqchi shoir sifatida, ayniqsa mashhur edi. Uning oʻnlab gʻazallari 30-yillardayoq grammplastinkalarda muhrlanadi. Shoirning “Yorimga savol”, “Noz etma”, “Avora boʻlma deydi”, “Ming baloni yengadi”, “Muhtoj boʻlmagay”, “Surmaga muhtoj emas”, “Bevafolarning ishi”, “Oshno boʻlmay turib” kabi oʻnlab qoʻshiqlari hozirgi kunda ham xonandalarimiz tomonidan ijro etib kelinadi.

Chustiy dramaturg va tarjimon ham edi. U hammualliflikda “Davron ota”, “Qurbon Umarov” va “Jasur oila” kabi sahna asarlarini yozgan. Hofiz, Adib Sobir Termiziy, Mirza Gʻolib, Ali Sardor, M. Tursunzoda asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

Chustiy she’rlari to’plami>>

Boshqa arboblar ijodi >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x