Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Arab Muhammadxon madrasasi me’morchiligi va rasmlari

Arab Muhammadxon madrasasi me’morchiligi va rasmlari

by nafisa nafisa

Arab Muhammadxon madrasasi Xivaning eng qadimiy inshootlaridan biri. U Ichan Qal’aning markazida Muhammad Aminxon madrasasi yaqinida joylashgan.

Arab Muhammadxon madrasasi

Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Arab Muhammadxon Xorazm davlati poytaxtini Urganchdan Xivaga ko‘chiradi. Shu munosabat bilan 1616-yilda u aholi uchun madrasa qurishga buyruq berdi. Dastlab uning o‘rnida kichikina madrasa bo‘lgan. Qayd etish kerakki uni Xivada mashhur bo‘lgan ayol qurdirgan. Arab Muhammadxon madrasani uning atrofidagi yerlar bilan birga sotib oladi.

Bu hukmdor Xorazm tarixida katta iz qoldirgan. Uning hukmronligi davrida, 1603-1621-yillarda, Xiva Markaziy Osiyoning eng go‘zal shaharlaridan biriga aylandi va go‘zallikda Buxoro va Samarqand bilan bellasha olardi. U shaharni obodanlashtirdi, ko‘p sonli madrasa va masjidlar qurdirdi. U dunyoviy inshootlar to‘g‘risida ham unutmadi.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

Me’morchilik

Bir qavatli to‘g‘ri burchakli madrasa g‘ishtdan qurildi. O‘sha davr an’anasiga ko‘ra talabalar kirishda peshtoqqa yozilgan Qurondan suralarni ko‘rishlari mumkin edi. Ikki tarafida, burchaklarda minoralar joylashgan. O‘rta Osiyoning boshqa diniy muassasalaridagi kabi talabalar uchun yotoqxonalar (hujralar) qurilgan. Darsxonadan tashqari uning devorlari ortida masjid ham faoliyat yuritgan.

Vaqt o‘tgan sari madrasaning devorlariga putur yetadi va yaroqsiz holatga keladi, ichki bezaklar to‘kilib tushadi. Shuning uchun uni bir necha bor qayta quradilar va tiklaydilar. Biroq 1838-yilda Allaqulixon buyrug’i bilan madrasani butunlay qayta quradilar. Natijada madrasa Xivaning keyingi davrlariga xos me’morchilik an’analari va shakllariga ega bo‘ldi.

Ikkinchi qavatni qo‘shishdi, hujralar va darsxonalar soni ko‘paytirildi. Kirishdagi peshtoq qisman o‘zgartirildi. Aynan yangilangan ko‘rinishda u bizgacha yetib keldi.

Bugungi kunda Arab Muhammadxon madrasasi Xivaning eng go‘zal va qiziqarli yodgorliklaridan biri.

Madrasa rasmlari.

O’zbekiston tarixiy obidalari.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x