Mundarija
Alisher Navoiy mayrami uchun ssenariylar to’plami – ushbu maqolada eng kerakli senariylarni taqdim etamiz.
A.Navoiy – g’azal mulkining sultoni (boshlang’ich sinflar uchun).doc
A.Navoiy – g’azal mulkining sultoni.doc
A.Navoiy uchun buklet.doc
A.Navoiyni yod etib…doc
Biz Navoiy izdoshlarimiz.doc
Navoiy qalblarda mangu barhayot.doc
Navoiydan so’z ochsam agar nomli adabiy-badiiy kecha senariysi.doc
Navoiyni bilasizmi nomli intellektual ring tarzidagi tadbir senariysi.doc
Navoiyxonlik uchun yangicha sahna ko’rinishi.doc
NAVOIY TARJIMAI HOLI ASARLARI HAQIDA
- Kishining odobi uning boyligidan yaxshidir.
- Seni yomonlikka boshlagan kishi dushmaningdir.
- Kimki ko‘ngilni qattiq so‘z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi.
- Muloyim so‘z — vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar — ohang bilan afsun o‘qib, ilonni inidan chiqaradi.
- Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi. Tili yomon odam — xalq ko‘nglini jarohatlaydi, o‘z boshiga ham ofat yetkazadi.
- Oxirat savobi dunyo rohatidan yaxshidir.
- Til zarbasi – tish og‘rig‘idan kuchliroq.
- Ko‘p toatdan–oz ma’rifat yaxshi, aqlli dushman axmoq do‘stdan yaxshiroqdir.
- Yomon do‘st – shaytondir.
- Til sukuti–inson salomatligi.
Alisher Navoiy hazratlari Samarqandda o‘qib yurgan kezlarida Buxoroyi sharifni ziyorat qilishni orzu qilibdilar. Samarqandda to‘xtab o‘tadigan karvonlarga qo‘shilib, bir guruh do‘stlari bilan Buxoroga yo‘l olibdilar.
Karvon yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, Karmanadan o‘tib «Malik rabot» karvonsaroyiga kelib to‘xtabdi. Yo‘lovchilar dam olib, tuyalar va otlarini sug‘oribdilar. Meshlarni to‘ldirib suv olibdilar. Karvonda ketayotgan Navoiy hazratlari yon-atrofidagi cho‘l-u sahrolarni kuzatib, o‘yga tolibdilar. Malik robot va Sardobani barpo etganlar ruhiga tilovat qilibdilar.
“Qani endi, mening Farhodlarim, Shirinlarim shu bepoyon sahrolarga kelib, shu joylarni obod qilsalar, suv chiqarib, bog‘-rog‘lar barpo qilsalar, imoratlar, yo‘llar, masjid madrasalar, shifoxonalar barpo etsalar, sahrolar o‘rnida go‘zal bir yurt bunyod bo‘lsa,” deb orzu qilgan ekanlar Alisher Navoiy. Oradan asrlar o‘tib, Xudoning marhamati va bobomizning iltijolari, xalqimizning mehnati evaziga tilovat o‘qilgan joylar bog‘-rog‘ga aylanib, shoir nomiga “Navoiy” deb atalibdi.
NAVOIY HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR