Bosh sahifa » ilmlar » Yong’in xavfsizligi belgilari

Yong’in xavfsizligi belgilari

by administrator

Yong’in xavfzsizligi belgilari, rasmlari va Yong’in xavfsizligi bo’yicha talablar.

Yong'in xavfsizligi belgilari

Yong’in xavfsizligi haqida.

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar

1.1.Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha javobgar shaxsni tayinlash.

1.2.Yong‘in xavfsizligi burchagini tashkil etish.

1.3Yong‘inni zudlikda sezuvchi va xabar moslamalarni foydalanish va ularga o‘z vaqtida texnik xizmat ko’rsatish.

1.4.Qo‘lbola elektr moslamalaridan foydalanishni ta’qiqlash.

1.5.Qutqaruv yo‘llari to‘siqlarsiz va doimo ochiq bo‘lishini ta’minlash.

1.6. Ish vaqti tugashi bilan mas’ullar tomonidan sinchkovlik bilan xonalarni ko rib chiqib, elektr tok va asbob – uskunalarni o chirib qo‘yish.

1.7.Elektr sim va kabellar tashqi himoya qobiqlarining elektr tokiga qarshi chidamlilik darajasini nazorat qilib borish.

1.8 krani va suv xovuzi) va Yong‘in o’chirish vositalari ( Yong‘in o’chirgich va Yong‘in o’chirish qalqonidagi anjomlar)ni foydalanish.

1.9 Ishlab chiqarishning asosiy, yordamchi va ma’muriy binolarning evakuatsiya chiqish yo’llari, avariyaviy yoritish chiroqlari va chiqish yo’llarini ko‘rsatib turuvchi ko‘rsatgich belgilari, Yong‘in haqida avtomatik ravishda xabar berish moslamaiari hamda tutin tortish tizimlarining soz holda bo’lishini ta’minlash.

1.10 Yong‘in sodir bo’lganda zudlik bilan rahbaryatga va “101” telefon raqami orqali Yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berib, ularning jangovar ekipaji kelgunga qadar imkoniyati boricha insonlarni, moddiy boyliklarni Yong‘indan saqlab qolib, qo‘l ostida bo’lgan Yong‘in o’chirgichlar, ichki Yong‘in o’chirish asbob – anjomlari bilan Yong‘inni o’chirishga harakat qilish lozim.

  1. Binoda quyidagilar ta’qiqlanadi.

2.1.Ma’muriy binosi va boshqa belgilanmagan joylarda chekish.

2.2.Yengil alangalanuvchi va alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash.

2.3.Ochiq olovdan foydalanish.

2.4.Qo‘lbola yasalgan elektr isitgichlar va maishiy elektr uskunalaridan foydalanish.

2.5.Nosoz bo‘lgan elektr moslamalarni ishlatish.

2.6.Vaqtincha o’tkazilgan elektr sim va kabellardan foydalanish.

2.7. Zahira chiqish yo’llarini turli xil buyum va mebellar bilan to’sib qo’yish hamda eshiklarini ochilmaydigan holatga keltirish.

2.8. Qo’shimcha ravishda o’zboshimchalik bilan xonalar, to’siqlar va boshqa qurilmalar barpo etish.

2.9. Yong‘in o’chirish asbob anjomlaridan xo’jalik ishlarida foydalanish.

Yong‘in xavfsizligi qoidalari

3.1.Har bir shaxs Yong‘in chiqqanda yoki uning alomatlari paydo bo‘lganda (harorat ko’tarilishi, tutun chiqishi va x.k) quyidagi ishlarni bajarish zarur:

darhol  korxona direktoriga va keyin zaruriyat bo’lsa telefon orqali Yong‘in o’chirish xizmatiga (shunda ob’ekt manzili, Yong‘in chiqqan joy va familiyani aytish zarur) xabar berish;

imkoniyat boricha odamlarni evakuatsiya qilish, Yong‘inni o’chirish va moddiy boyliklarni saqlash bo’yicha choralar ko’rish.

3.2.Tashkilotda Yong‘in o’chirish uchun kukunli (poroshokli) o’t o’chirgichlar mavjud. Ular bilan qattiq narsalar, suyuqliklar, gaz, kuchlanishi 1000 volbtgacha bo’lgan elektr uskunalarini o’chirish mumkin. Yong‘in o’chirish uchun o’t o’chirgichni xalqasi uziladi va dastag bosiladi, bunda o’t o’chirgichning kukun chiqaruvchi teshigidan kukun 0.5-1 m masofadan Yong‘inga sepiladi. Yong‘in o’chirish paytida oynalarni ochish, ventillyasiyani yoqish man etiladi, chunki bu Yong‘inni tez rivojlanishiga olib keladi.

3.3 Elektr toki kuchlanishida bo’lgan anjomlarda chiqqan Yong‘inni suv va ko’pikli o’t o’chirgichlar bilan o’chirish qat’iyan man etiladi.

3.4. Ishlatilgan va nosoz o’t o’chirgichtarni Yong‘inga tashlash mumkin emas, chunki bu o’t o’chirgichlarning portlashiga olib kelishi mumkin.

Yong‘in o’chirish paytida Yong‘in bilan binodan chiqish joylari to’sib qo’yilmaganiga qarab turish zarur.

Yong‘in o’chirilgandan keyin xonalarni tutundan tozalash maqsadida havosini almashtirish kerak.

O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING QONUNI YONG‘IN XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda.   Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yong‘in – odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar etkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish;

Yong‘in nazorati— Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;

yong‘inlar profilaktikasi— yong‘inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui;

yong‘indan saqlash xizmati — odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish, shuningdek ob’ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda Yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;

Yong‘in xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yong‘inlardan himoyalanganligi holati;

Yong‘in xavfsizligi talablari— Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar;

Yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi— Yong‘in xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;

yong‘in-texnik mahsuloti— Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual matasulotlar, shy jumladan yong’inni o’chirish texnikasi va asbob-uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari, olovni o‘chirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa vositalari;

yong‘inga qarshi rejim— Yong‘in xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yong‘inlar o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;

yong‘inga qarshi alohida rejim — Yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq Yong‘in xavfsizligining qo‘shimcha talablarini belgilash.

4-modda Yong’in xavfsizligini ta’minlash tizimi

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora- tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iboratdir.

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi sub’ektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fiiqarolardir.

2-bob. Davlat organlari va boshqa organlarning Yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki. Tashkilotlar hamda fuqarolarning Yong‘in xavfsizligi

sohasidagi huquq va majburiyatlari

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Yong‘in xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;

Yong‘in xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahaUiy davlat hokimiyati organlarining Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Yong‘in xavfsizligi sohasida moliyaviy, moddiy-texnika ta’minotini va resurslar bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

davlat ehtiyojlari uchun yong‘in-texnik mahsulotining nomenklaturasini, uni etkazib berish hajmlarini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonttn hujjatiariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yong’in xavfsizligi belgilari

6-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari

Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat Yong‘in xavfsizligi xizmatidir (bundan buyon matnda Davlat Yong‘in xavfsizligi xizmati deb yuritiladi).

Davlat Yong‘in xavfsizligi xizmati:

Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;

Yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;

yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini yong‘inni o‘chirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi; yong‘inlarni o‘chirishni, Yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi;

barcha turdagi yong‘indan saqlash xizmati boiinmalarining yong‘inlarni o‘chirishga shayligi holati va yong‘inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

Yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

Yong’in xavfsizligi belgilari.

Tavsiya etamiz: Ta’limga oid foydali ma’lumotlar

 

manba.

 

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar