Ota-onalarga tavsiya.
Maktab bolalariga yozgi taʼtil kelayapti. Koʼpchilik ota-onalar bu vaqtni farzandlari uchun turli lagerlar va koʼngilochar joylar, sayohatlar fursati deb qaraydilar. Аslida unday emas, bu qimmatli vaqtlardir. Bundan unumli foydalanish kerak. Qanday qilib?
Masalan:
1. Yaxshi til oʼquv kurslarini hozirdan izlab, gaplashib qoʼying;
2. Yoshiga mos sport turiga bering;
3. Uyda kunlik mashgʼulotlar va vazifalar rejasini tuzing;
4. Oʼqib chiqiladigan nisbatan yengil, qiziq kitoblar roʼyxatini tuzib, uyga olib keling;
5. Biror xunar yoki kasb oʼrgating;
Yana davom ettirish mumkin.
Oʼzi taʼtil boʼlsa, yana dars qiladimi, deyishingiz mumkin. Qiladi. Buning uchun qiziq, yengil yoʼllarni izlash kerak boʼladi va u topiladi. Maktab tugashi bilan 15, uzogʼi bilan 20 kun dam berilsa yetadi.
Har holda uch oy oʼynab koʼkka sovuradigan muddat emas.
Muallif: Ikrom Sharif.
Tavsiya etamiz: Ta’til kunlarida o’quvchilar uchun tavsiya etilgan multfilmlar ro’yxati.