O'zbekistonda Prezident olimpiadasi tashkil etiladi
Bosh sahifa » ilmlar » O’zbekistonda Prezident olimpiadasi tashkil etiladi

O’zbekistonda Prezident olimpiadasi tashkil etiladi

O’zbekistonda Prezident olimpiadasi tashkil etiladi.

Prezident olimpiadasi.

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Prezident matbuot kotibining ma’lumotlariga ko’ra, yilda ikki marta hududlarda olimpiya sport turlari boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar ragʻbatlantirib boradi.

Viloyat bosqichi gʻoliblari har yili 10-20-dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida oʻtkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.

Musobaqa gʻoliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi oʻrinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.

Bunda 1-2 kurs oʻquvchilariga stipendiya toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz: Jamoaviy sport turlari musobaqalari o’tkaziladi

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top