Al Husayn Ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino โ buyuk olim, tabib, musiqachi. Oโrta Osiyo va Eronda yashagan, turli hukmdorlar paytida tabib va vazir boโlgan. Ibn Sino risolalari Sharq hamda Gโarbda bagโoyat mashhur. โTib qonunlariโ nazariy va klinik meditsina entsiklopediyasi โ yunon, rum, hind hamda oโrta osiyolik tabiblar nuqtai-nazari jamlanmasi โ bir necha asr davomida, hatto Ovrupada ham zarur qoโllanma boโlib xizmat qilgan.
Asosiy qiziqishlari โ zamonaviy meditsina yangiliklari, gomeopatiya, xalq tabobati, zamonaviy manbalarni va meditsinaga oid referatlarni oโrganish. Olimning oโlimidan yuz yildan oshiq vaqt oโtib, Bogโdoddagi din ishqibozlari Ibn Sinoning falsafiy kitoblarini yoqib yuborishadi, oradan yana bir necha asr oโtgach, Ovrupada katta dastgoh ixtiro qilingach, โTib qonunlariโ kitobining katta beshta tomi nashrdan chiqarilgan. Bu โ Injildan keyingi nashrdan chiqqan ikkinchi kitob boโladi.
Tabobat ilmining sultoni boโlmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogโida tugโilgan. Bizning vaqtimizgacha yetib kelgan oโzi haqidagi tarjimai xolida yozishicha, โOtam Balxdan boโlgan va u yerdan Buxoroga somoniylardan Nuh ibn Mansur hukmronligi davrida keladi va u yerda oโz ishini devonxonadan boshlaydi. Uning lavozimi โย Buxoro yaqinidagi tuman markazi boโlmish Xarmaysanni boshqarish boโlgan. Shu yerlarga yaqin qishloqdagi Afshonalik qizni, yaโni mening boโlajak onam Sitora โ yulduzni xotinlikka oladi. U yerda avval men, keyin mening akam dunyoga keladi.โ
Ibn Sino fors-doriy tilida suhbatlashuvchi Oโrta Osiyolik boโlgan. โQalbga orom berish uchunโ bu tilda u tez-tez toโrtliklar yozib turgan.
Ibn Sinoning ota-onasiga Husayn ismi juda yoqqan. Shu sababli birinchi oโgโlining ismini Husayn deb qoโyishgan, lekin aslzodalar, odatda oโgโillari va kunyalariga faxriy nom berishgan. โShubhasiz, mening oโgโlimning oโz oโgโli boโladi, deya kuladi Abdulloh. Shunday ekan, mening oโgโlim Husayn aziyat chekmasin. Boโlajak nabiram uchun men ism tanlab qoโydim โ uning ismi Ali boโladi. Kunyasi Abu Ali boโladiโ. Abdulloh bu fikri zoye ekanligini bilmagan ham edi. Husaynning na oโgโli, na oilasi boโladi.
Bir umr karvon yoโllarida shaharma-shahar kezib, bir hukmdordan boshqasining qoโliga oโtib, yoโl uning uyiga, yoโlovchilar esa uning yaqinlariga aylanib qoladi. Kichkina Husayn juda qiziquvchan yigitcha boโlgan. โNima uchun?โ soโzi โ lugโatidagi eng koโp ishlatiladigan soโz boโlgan. Husayn besh yoshga toโlganida oilasi Buxoro shahriga koโchib oโtadi. Bolakayni boshlangโich musulmonlar maktabiga joylashadi va u yerda oโn yil taโlim oladi.
Xatib Ubayd sinfidagi oโn beshta bolakay orasida Husayn eng kichigi boโlgan. Qurโon oyatlari, suralarni oโquvchilar arab tilida oโqishlari lozim boโlgan. Koโpchilik yigitlar arab tilini bazoโr tushunishgan. Husayn oโqishni boshlashi bilanoq ustozini savollar bilan koโmib tashlaydi, ammo ustozi shu zahotiyoq oson javob qaytaradi: โQurโonni oโrgan. U yerdan barcha savollaringga javob topasan.โ Bir vaqtning oโzida Husayn boshqa oโqituvchi bilan ham shugโullanib, grammatika, uslubiyat va arab tillarini oโrganadi.
Kunlardan bir kun kichik Husayn: โMen Qurโonni butunlay yod oldim. Endi savol bersam buladimi?โ, deydi. Ustozi esa juda qattiq ranjiydi va โQurโonni uzoq yillar davomida oโrganishadi va kamdan-kam musulmonlar uni yod olib, ularni hofiz, deya ulugโlashadiโ, deydi. โDemak, men hofiz ekanman!โ โ deya tezkor javob qaytaradi, bolakay. Adolatsiz imtixonda Husayn barcha suralarni bir soโz ham qoldirmay aytib beradi.
Qurโonni xatib Ubaydning oโzi ham yoddan bilgan. Shundan keyin Husayn maktabga bormagan. Oโn yoshida, yaโni 990 yilga borib, Husayn taโlimining boshlangโich davrini yakunlaydi. U Qurโonni yoddan aytib, oโz xotirasi bilan barchani hayratga soladi va arab adabiyotini nihoyatda zoโr bilishi bilan barchani lol qoldiradi. Shu vaqtdan eโtiboran, Ibn Sino shayh boโladi. Mana, shaxsiy tarjimai xolidan parcha: โOโn yoshimda men Qurโonni yod oldim va adabiyot fanini oโrganib katta muvaffaqiyatlarga erishib, barchani qoyil qoldirdimโ.
Aytish joizki, bolakayning misli koโrilmagan qobiliyatlari erta sezildi. Uyidagi xush holat oโspirinning maโnaviy yuksalishiga zamin yaratdi. Ibn Sinoning otasi badavlat va oโqimishli, ismoilit (sobiq islomga qarshi) oโqishlariga yaqin kishi boโlganki, uni izdoshlari safiga qoโshgan. Garchi ibn Sino ismoilitlardan boโlmagan, lekin ularning xutbalari maโnosi bilan sinchkoflik ila qiziqqan. Ehtimol, Ibn Sino ismoilitlardan oโzining Qurโonga boโlgan tanqidiy qarashlarini oโzlashtirgandur.
Ibn Sinoga falsafa hamda matematikani oโrgatgan birinchi ustozi Abu Abdulloh an-Notiliy ham ushbu oโqishlar izdoshidan boโlgan. Shogird ustozidan shunchalik oโtib ketdiki, savol-javoblari bilan ustozini noqulay ahvolga solib qoโya boshladi. Ibn Sino tarjimai xolida keyingi holatni ifodalaydi: โMen mazkur taโrif uchun shunday tahlil qildimki, ilgari bundayini eshitmaganman. U juda xayron qoldida, ota-onamga meni ilmdan boshqa hech narsa bilan band qilmasliklarini maslahat berdi. โฆ Yevklidning kitobi bilan ham shunday voqea soldir boโldi: oโqituvchim yordamida besh-oltitta teoremani oโrgandim, qolganlarini esa mustaqil oโrgandim. Tez orada Natili meni oโrgatishga ojiz boโldi. โOโzing oโqi, teoremalarni oโzing ishlab, keyin oldimga kelโ, dedi. Shundan soโng men kitoblarni mustaqil oโrgandim. Jarayonda menda shunchalik koโp savollar uygโonardiki, ularga javobni ustozim ham bilmay, oxir-oqibat mendan olganโ.
Ibn Sino tabobat bilan juda erta qiziqqan va bu soha uning qiziqishlarining katta qismini egallay boshlaydi. Xali 12 yoshga toโlmasidanoq, Ibn Sino oโsha vaqtlarning faylasufi va tabibi Abu Salah al-Masihiyning maslahatiga koโra uning taโlimotini egalladi. โSoโngra men tabiblikka ixlos qoโyib, tabiblik bilan bogโliq kitoblarni oโqiy boshladim โ deb yozadi tarjimai xolida.
Tabobat esa mushkul ilm emas, men uni qisqa fursat ichida shunchalik puxta egalladimki, davrimizning tabiblari oldimga maslahat soโrab kela boshlashdi. Bemorlarni koโrikdan oโtkazardim, orttirgan tajribalarim natijasida, qarshimda shunday davo eshiklari ochildiki, taโrifga til ojizdir. Yoshim esa bor-yoโgโi oโn sakkizda ediโ.
Husayn tabobatni buxorolik tabib, bir qator ilmiy ishlar muallifi Abu-l-Mansur Qamariyning qoโl ostida batafsil oโrgangan. Qamariyning qoโl ostidagi taโlimoti uzoq choโzilmadi, Ibn Sino mustaqil amaliyot bilan shugโullanadi va tez orada shunchalik mashhur shifokor boโlib ketadiki, uni saroyga ogโir kasal boโlib qolgan Buxoro amiri Nuh ibn-Mansurni davolash uchun chaqirtiradi.
Ibn Sinoning oโzi bu haqda shunday eslaydi: โKunlardan bir kuni amir qattiq betob boโlib qoldi va shifokorlar uning kasalini aniqlay olishmadi. Mening ularga ismim tanish edi va ular amirga men haqimda gapirib, meni chaqirishlarini iltimos qilishdi. Men chaqirilgan joyga borib, ular bilan birga xizmat qildimโ.
Buxoro amirining kasali va Ibn Sino uni nima bilan davolaganligi haqida maโlumot yoโq, biroq, muolaja shunchalik yordam berdiki, Buxoroning yorqin amiri Nuh ibn Mansur yana bir yil taxtni boshqargan. Minnatdorchilik evaziga Ibn Sino somoniylarning kitob omboridan foydalanish ruxsatiga ega boโlgan. Buxoro kutubxonasi โ oโz davrining eng yirik va eng mashhur kitoblar ombori hisoblangan.
Ibn Sinoning oโzi Buxoro kutubxonasida ishlagan davrini ijodiy rivojining eng muhim bosqichi deb hisoblaydi. Shu vaqtdan eโtiboran, uning taโlimi yakunlanib, mustaqil hayot yoโli bosqichi boshlanadi.
Ibn Sino somoniylar kutubxonasidan bir necha yillar davomida foydalangan. Ehtimol, oโz ichiga barcha alomatlari ila kasallik nomlari koโrsatilgan, shuningdek, kasallikning kelib chiqish sabablari va davosi kabilarni oโzida jamlagan umumlashma tibbiyot asarini yaratish gโoyasi unda Buxoro kutubxonasida ishlagan yillari uygโongan.
Aynan shu maqsad uchun Ibn Sino turli kitob, referatlardan parchalar koโchirib olgan va ularni umumlashtirgan. Shunday qilib, Ibn Sinoning eng muhim asari โTibbiyot fani qonuniโ uchun materiallar tayyorlangan va bu ish ustida u koโp yillar ishlagan.
999 yil otasi Abdulloh ibn Xasan vafot etadi va Ibn Sinoning yelkasiga yaqinlariga gโamxoโrlik qilish vazifasi tushadi. Afsuski, sobiq ismoilitlar oilasiga hokimiyat tepasidagilar qattiq shubha bilan qarashardi, Ibn Sinoning ahvoli juda tang va hatto, xatarli edi. Shu sababli u Xorazmning poytaxti Gurganjga koโchib ketishni qaror qiladi.
Afsuski, Husayn oโlimining oxirigacha musofirchilikda u shahardan boshqachiga koโchib, oxir-oqibat ona vataniga qaytib kela olmaydi. U Xorazm, Abiverda, Nishopur, Tua, Gurgan, Rey, Xamadan, Isfagan kabi shaharlar hukmdorlarini koโrdi, koโplab shahar va qishloqlarda boโldi. Hayotida koโp yoโqotishlarni boshdan kechirdi, koโpincha hokimiyat tepasiga chiqib, tez orada yana pastga tushar, goh vazir boโlsa, goh zindonga tushar edi, dabdabada ham, yetishmovchilikda ham kun koโrdi, lekin oโzining ijodiy va ilmiy ishini qilmagan biror kun boโlmadi.
1002 yil Buxoro turklar tomonidan qamal qilinib, somoniylar sulolasi agโdarilgach, Ibn Sino Xorazm hokimi saroyiga Urganchga yoโl oladi. U yerda Ibn Sinoni โshifokorlar hokimiโ deya nomlashgan. 1008 yil sulton Mahmud Gโaznaviyga xizmati qilishgan bosh tortgan Ibn Sinoning farovon hayoti darbadarlikka almashadi. Oโzining ayrim asarlarini u uzoq safar vaqti egarda yozgan.
1015-1024 yillar Xamadonda yashab, ilmiy faoliyatini amirlikning siyosiy va davlat ishlarida faol ishtiroki bilan umumlashtirgan. Amir Shams ad-Davlani muvaffaqiyatli davะพlaganligi uchun unga vazirlik lavozimi topshiriladi, ammo atrofini harbiy dushmanlar oโrab oladi. Amir askarlarning Ibn Sinoga gโaznani topshirish talablarini rad etadi va uni egallab turgan lavozimidan ozod qilib, hukmronlik qilib turgan yerlaridan tashqariga quvgโin qilishlarini buyuradi. Oradan qirq kun oโtib, amirning ahvoli yana yomonlashib qolib. Quvgโinlikdagi olimni topib, uni yana vazir etib tayinlashlarini buyuradi.
Alright thanks a bunch
Vapshe zo’r
Yaxshi barcha malumotlar bor.Men o’zim uchun kerakli ma’lumotni ola oldim.Yaratuvchilar sizlarga katta rahmat!!!