Bosh sahifa ยป Arboblar ยป Abu Abdulloh Rudakiy tarjimai holi. Rudakiy biografiyasi

Abu Abdulloh Rudakiy tarjimai holi. Rudakiy biografiyasi

by administrator

Abu Abdulloh Rudakiy tarjimai holiSharqda tanilgan mutafakkir Abu Abdulloh Jaโ€™far Rudakiy 860 yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlogโ€˜ida, dehqon oilasida tugโ€˜ildi. Bu davrda Movarounnahr Eron, Hindiston, Xitoy, Misr va Suriya bilan savdo va madaniy aloqalarni yaxshi yoโ€˜lga qoโ€˜ygan edi.

X asrda Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Nishopur, Balx, Zarafshon vodiysining yuqori qismi hunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylangan edi. Ayniqsa, Buxoro shahri IXโ€“X asrlardayoq Sharqning eng yirik madaniy markazlaridan biri boโ€˜lgan. Rudakiy yoshligidanoq sheโ€™riyatga ixlos qoโ€˜ydi, oโ€˜z zamonasining mashhur cholgโ€˜uchisi Abul Abbos Baxtiyor qoโ€˜lida musiqadan maโ€™lumot oldi. Dastlabki maโ€™lumotni oโ€˜z qishlogโ€˜ida olgan Rudakiy oโ€˜qish uchun Samarqandga bordi. U yerda chuqur bilim olib, tez orada adabiyot va sanโ€™at sohasida ham dong chiqarishga muvaffaq boโ€˜ldi.

Buxoro hukmdori Nasr ibn Ahmad Somoniy (914โ€“943) davrida Rudakiyning shoirlik shuhrati Buxoro va umuman Sharqqa keng tarqaldi. Rudakiy asarlariga eโ€™tibor berilsa, uning astronomiya va qadimgi yunon falsafasini ham yaxshi tushunganligini koโ€˜rish mumkin.

Somoniylar davlatining koโ€˜zga koโ€˜ringan davlat arbobi Abufazl Balโ€™amiy Rudakiy haqida โ€œU faqat mashhur shoir boโ€˜libgina qolmay, balki oโ€˜z davrining yetuk olimi ham ediโ€, deb baho bergan.

Nasr ibn Ahmad Somoniy Rudakiyni oโ€˜z saroyiga taklif etgandan soโ€˜ng, uning hayotining koโ€˜p qismi Buxoroda oโ€˜tdi. Uning koโ€˜zi ojiz boโ€˜lgan. Baโ€™zi manbalarda, uning onadan koโ€˜r tugโ€˜ilganligi haqida naqllar bor. Rudakiy qarigan chogโ€˜ida quvgโ€˜inga uchrab, oโ€˜z qishlogโ€˜iga qaytgan. U 941 yilda olamdan koโ€˜z yumdi va oโ€˜z vatanida dafn etildi.

Rudakiyning adabiy merosidan bizgacha 2 qasida, 50 ruboiy, sheโ€™rlar, doston va boshqalar yetib kelgan. Ammo XII asr shoiri Rashid Samarqandiyning taโ€™kidlashicha, bironta shoir Rudakiy singari koโ€˜p asar yozgan emas. Muhammad Avfiyning xabar berishicha, Rudakiy yuzta toโ€˜plam (daftar) yozgan.

Boshqa arboblar >>

Rudakiy hikmatlari >>

Qadimgi manbalarda Rudakiyning โ€œOftob davroniโ€, โ€œArois an-nafoisโ€ (โ€œNafis kurtaklarโ€) va โ€œSinbodnomaโ€ dostonlari boโ€˜lganligi haqida maโ€™lumotlar uchraydi.

Rudakiyning qasidalaridan โ€œMening onamโ€, โ€œBuxoro vasfiโ€ va โ€œQarilikdan shikoyatโ€ kabilar bizgacha yetib kelgan. Rudakiyning ijodida X asrning ijtimoiy hayoti oโ€˜z aksini topgan. Uning hamma asarlarida xalqning orzu-umidlari, manfaatlari ifoda qilingan.

Rudakiyning axloqqa oid asarlarida aql-idrok, xulq-atvor va bilim asosiy oโ€˜rinni egallagan. Mutafakkir bilimni hamma boyliklardan ustun qoโ€˜yadi. Uning ayrim nasihatlari insonning qanday holatda baxtli boโ€˜lish sharoitlarini aniqlashga yordam beradi. Rudakiyning fikricha, insonning toโ€˜la baxtga ega boโ€˜lishi uchun toโ€˜rt narsa kerak: sogโ€˜liq, yaxshi odob, yaxshi nom va aql. U insonlarni voqyealarning ichki mohiyatidan uning tashqi tomonini ajrata bilishga chaqiradi. U yaxshilik, saxiylik va ulugโ€˜vorlikni targโ€˜ib qiladi.

Rudakiyning tabiat goโ€˜zalliklarini ifoda etgan asarlari juda jozibalidir. Uning asarlarida Vatanga, xalqqa muhabbat mavzularigina yoritilmay, keng falsafiy fikrlar ham bayon etilgan.

Buyuk mutafakkir kishilar oโ€˜rtasidagi doโ€˜stlik va oโ€˜zaro hamkorlik kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini bir necha bor taโ€™kidlab oโ€˜tgan. Uning quyidagi satrlari diqqatga sazovordir:

Jahonning shodligi yigโ€˜ilsa butun,
Doโ€˜stlar diydoridan boโ€˜lolmas ustun.

Rudakiy hayotni ustoz deb hisoblaydi va undan taโ€™lim olishga undaydi:

Har kishi olmasa hayotdan taโ€™lim,
Unga oโ€˜rgatolmas hech bir muallim.

Rudakiy asarlarida inson aqlu zakovatiga ishonch kuchli. Asarlarining tili, badiiy ifoda vositalari sodda va tushunarli qilib yozilgan. U birinchi boโ€˜lib, X asrdayoq fors mumtoz adabiyotiga asos solganligi uchun koโ€˜pgina Eron olimlari fors sheโ€™riyatining vatanini Movarounnahr deb hisoblashadi.

Tabiatni, vatanni vasf qilish, axloqiy pandu nasihatlar bilan asarni bezash keyingi mutafakkirlarga Rudakiydan anโ€™ana boโ€˜lib qoldi.

Boshqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x