Bosh sahifa » Arboblar » Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy hayoti va ijodi

Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy hayoti va ijodi

by administrator

Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy hayoti va ijodiAbdulloh ibn Amajur at-Turkiy

Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy va uning o‘g‘li Abu-l-Hasan Ali IX – X asrlar farg‘onalik olimlardan bo‘lib, bizning adabiyotlarda ularning hayoti va faoliyati, ilmiy merosi deyarli o‘rganilmagan.

At-Turkiy o‘rta asrlardagi mashhur olim bo‘lgan. Ibn-an-Nadim va Ibn-al-Kiftiylarning zamondoshlari o‘zlarining “al-Fixrist” va “Hakimlar tarixi” asarlarida Abdulla at-Turkiy haqida shunday yozishgan: “Abu al-Qosim Abdulla ibn amajur al-Xaraviy – farg‘onalik o‘g‘lon”.

Abdulloh ibn Amajur asarlari

U zamonasining fozil va o‘z mavqeiga ega bo‘lgan ulamolaridan bo‘lgan. Olim quyidagi foydali asarlarning muallifidir:

• “Xatolardan xolis zij kitobi” (“Kitob az-zij al-ma’ruf bil-xalis”),

• “Bog‘lab turuvchi zij kitobi» (“Kitob az-zij al-ma’ruf bi-l-muzannir”), “G‘aroyib zij” (“az-Zij al-badi’iy”),

• “O‘tmishlar ziji” (“Zij al-mamarrat”),

• “Sindhind ziji” (“Zij as-Sind-hind”),

• “Qulning ziji” (“Zij al-qini”),

• “Musofirga foydali kitob” («Kitab zad al-musafir»),

• “Fors erasi bo‘yicha Mirrix (Mars) sayyorasi uchun zij” (“Kitab zij al-Mirrix ala at-tarix al-fari-si”)”.

Manbalardan ma’lumki, bu olimning Abu al-Hasan Ali ibn Abu al-Qosim ismli o‘g‘li bo‘lib, u ham astronomiyaga qiziqqan. Bundan tashqari, Ibn al-Qiftiy Amajur oilasiga tegishli uchinchi shaxs, ya’ni Ali ibn Amajurning ham astronomik kuzatish ishlari bilan shug‘ullanganini e’tirof etadi.

Boshqa arboblar

O‘rta asrlarning yirik astronomlaridan Ibn Yunus as-Sadafiy (950—1009) olimga nisbatan uning turkiy nasabdan bo‘lganligini anglatuvchi «at-Turkiy» so‘zini ham ishlatadi va o‘z risolalarining birida Amajurlar tomonidan amalga oshirilgan quyosh va Oyning tutilishi hamda ba’zi sayyoralarni kuzatish tajribalarini bayon etadi.

U keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, olimlar balandliqda joylashgan to‘rt tomonni kuzatish mumkin bo‘lgan maxsus maskanda ish olib borganlar. Unda kuzatish ishlarida mo‘ljallangan ma’lum belgilangan yo‘nalishni ko‘rsatuvchi maxsus uzun tuynuk ham mavjud bo‘lib, bu bino rasadxona vazifasini bajaruvchi zaruriy qulayliklarga ega bo‘lgan.

Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy, uning o‘g‘li va yordamchisi Muflih ibn Yusuflar quyosh tutilishini kuzatish jarayonida o‘n ikki daraja va bir darajaning to‘qqizdan birini ko‘rsatib bergan jihozdan foydalanganlar.

Amajurlar quyosh, Oy, turg‘un yulduzlar va sayyoralarni kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan tajribalarini asosan, Bag‘dod va qisman Sheroz shaharlarida olib borganlar (Olimning ismiga qo‘shib aytiladigan «al-Sharaviy», ya’ni «hirotlik» so‘zi u Hirot shahrida ham faoliyat ko‘rsatgan, degan taxminni bildiradi).

U o‘z tajribalari ustida ellik yilga yaqin ishlagan (Ibn Yunusning qoldirgan ma’lumotlariga ko‘ra, 885 – 933 yy.).

Boshqa arboblar

Ular o‘z tajribalarining natijasi sifatida yuqorida nomlari zikr etilgan qator astronomik risolalar va jadvallarni ta’rif etganlar. Bu asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelmaganiga qaramasdan, Amajurlarning ikki qo‘lyozma asari xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida saqlanadi va ular quyidagilardan iborat:

• “Sayyoralarning tutilishi va bog‘lanishi haqida (astrologik) oldindan aytib berishlar majmuasi” (“Javami’ ahkam ad-kusufat va-l-qiran al-kavakib”). Risola Parij va Leydenda saqlanadi.

• “Taylasan ziji” (“Zij at-Taylasan”). Bu qo‘lyozma faqat Parijda saqlanib qolgan. Yuqoridagi «taylasan» so‘zi arab tilida —bo‘yinni quyosh nuridan himoya qilish maqsadida salla ustidan yelkagacha tashlab yuriladigan ro‘molni anglatadi. Shu sababdan ba’zi adabiyotlarda muallifning bu risolasi «Ro‘mol ziji» deb tarjima etilgan. Bu zij hozirga qadar o‘rganilmaganligi sababli unga nima maqsadda bunday nom berilganligi aniqlanmagan.

Manbalarda Abdulloh ibn Amajur at-Turkiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Shuning uchun ham uning yashagan davrini IX-X asrlar deb tahmin qilish mumkin.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x