Bosh sahifa » Arboblar » Abdullatifxon hayoti va ijodi

Abdullatifxon hayoti va ijodi

by administrator

Abdullatifxon hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar

Abdullatifxon hayoti va ijodiAbdullatifxon (1495—1551) — Buxoro xonligidagi Shayboniylar sulolasining oltinchi o‘zbek xoni. Davlatni 1540-1552 yillar boshqargan.

Kuchkinchixonning o‘g‘li Abdullatifxon 1537-1538 yillar Ubaydulla xonning Xorazmga qilgan yurishida qatnashgan.

1540 yilning mart oyida Abdullaxon I ning o‘limidan so‘ng Samarqand tepasiga u keladi. u o‘zini Buxoro xoni deb e’lon qilgan Abdulazizxonni tan olmaydi. Shunday qilib, Shayboniyxolar davlatida qo‘shhokimiyatchilik yuzaga keladi: Samarqandda Abdullatifxon, Buxoroda esa Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon.

Abdullatifxonning ikki o‘g‘li bo‘ladi: Abdalsulton va Gadoyxon.

Abdullatifxon Movaraunnahr hamda Shayboniylar tarixining bilimdoni hisoblangan. U shoir va olimlarning homiysi bo‘lgan. Abdullatifxonning o‘zi Xush tahallusi ostida she’rlar yozgan.

Abdullatifxon hukmronligi davrida rasmiy hujjatlarda nafaqat fors, balki o‘zbek tili ham ishlatilgan. Abdullatifxon hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar

Abdullatifxon 1552 yil Samarqandda vafot etgan va Samarqanddagi otasining maqbarasi yoniga dafn etilgan. Hokimiyat tepasiga uning qarindoshi, Toshkent yerlarining egasi Navruz Ahmadxon kelib, barcha o‘zbeklarning xoni deb o‘zini e’lon qiladi.


Said Abdullaxon taxtdan voz kechganiga 100 yil bo‘ldi. Uning qismati qanday kechgandi?

Bundan roppa-rosa 100 yil oldin Xivaning so‘nggi xoni Said Abdullaxon sovetlar hukumati bosimi ostida taxtdan rasman voz kechgandi. U va oilasining keyingi qismati fojiali bo‘ldi.

Said Abdullaxon qadimiy Xorazmning poytaxti Xiva shahrida XVIII asrdan boshlab hukmronlik qilgan o‘zbeklarning qo‘ng‘irot qavmiga mansubdir. U 1871 yilda tug‘ilgan. Otasi Muhammad Rahimxon II Feruzxon taxallusi ostida ijod qilgan mashhur shoir, Rossiya generali va davlat arbobi bo‘lgan. Muhammad Rahimxon II 1910 yilda vafot etgach, taxtga to‘ng‘ich o‘g‘il Asfandiyorxon o‘tiradi.

XIX asr oxirida Xorazm davlati Rossiya protektoratiga aylangan va Xiva xonligi deb atala boshlagandi. Rossiya imperiyasi qulaganidan so‘ng, mustaqil Xorazm davlatini tashkil qilishga urinishlar boshlanadi. 1918 yil bahorida xonlikdagi parokandalikdan foydalangan turkman-yovmut qabilasi sardori Junaidxon harbiy to‘ntarish qilib, Asfandiyorxonni o‘ldirdi va taxtga uning ukasi Said Abdullani o‘tqazdi. Lekin amalda bosh vazir sifatida xonlikni Junaidxon boshqardi. Said Abdullaxon esa «qo‘g‘irchoq xon»ga aylanadi. Balki mana shu holat keyinchalik uning hayotini saqlab qolgan bo‘lishi ham mumkin.

Boshqa arboblar

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x