Mundarija
Abdulla Qodiriyning O’tgan kunlar romani haqida.
Reja:
- Kirish:
O’rgan kunlar romanning yaratilish tarixi. - Аsosiy qism:
- Otabek va Yusufbek hoji obrazlari.
- Otabek va Kumush sevgisi.
- “Oʼtkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir.
- Xulosa.
O’tgan kunlar romani yaratilish tarixi.
Аbdulla Qodiriy ijodining muhim xislati-tarixiy burilishlar davrida xalq ichida boʼlayotgan katta xodisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu xislat, ayniqsa uning yirik tarixiy prozasida yaqqol koʼrinadi. 1922 yilda parchalari bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «Oʼtgan kunlar» romani yaqin oʼtmishning yeng ogʼir, yeng qora kunlari boʼlgan «Xon zamonlariga» bagʼishlangan yedi. «Oʼtgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun Oʼrta Osiyo xalqlari adabiyotida tom maʼnoda novator boʼlib, katta ijtimoiy qiziqish tugʼdirdi.
Аbdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yoʼli bilan bordi va izlanishlari samarali boʼldi. U oʼzbek romanchilik maktabini yaratdi.
«Oʼtgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan tanishuv yoʼlida kichkina bir tajriba, yana toʼgʼrirogʼi, bir havas» yedi. Аmmo oʼzbek adabiyotida toʼngʼich roman boʼlgan-«Oʼtgan kunlar» bir milliy adabiyotda hozirgi zamon maʼnosidagi etuk adabiyotimizning gʼalabasigina boʼlib qolmay, butun oʼzbek mumtoz adabiyotidan abadiy oʼrin oldi. «Oʼtgan kunlar» da oʼzbeklar va boshqa Oʼrta Osiyo xalqlari hayotining XIX asr birinchi yarmidagi manzarasi yoritilgan. Feodallik zulmi, hukmdorlarning xalqlar va qabilalar orasiga nizo solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning fojiali oqibatlari, bu fojiani koʼrib, mamlakatni manfaatparast xonlar va beklar beboshligidan xalos qilishni orzu yetgan ilgʼor kishilarning boshiga tushgan kulfatlar «Oʼtgan kunlar»ning mazmunini tashkil etdi.
Davr uchun juda xarakterli va ijtimoiy taraqqiyotga bevosita aloqador voqealar Аbdulla Qodiriy tomonidan sanʼatkorona tasvirlab bergani uchun «Oʼtgan kunlar» oʼzbek xalqi va Oʼrta Osiyo xalqlari adabiyotida yangi davr ochdi.
Oʼtmish xodisalariga asar yaratilgan zamonning ilgʼor mafkurasi nuqtai nazaridan baho berishga intilish Qodiriy ijodiyotidagi tub burilishlaridagi alomatlaridan biridir. Turkistonda feodal mustamlaka zulmini agʼdarib tashlab yangi mustaqil hayot qurishga intiladi.
Tavsiya etamiz: Abdulla Qodiriy she’rlar to’plami. Qodiriy ijodi haqida
«Oʼtgan kunlar» oʼtmishni ana shu yangi hayotga intilish nuqtai nazaridan baholash ruhi bilan sugʼorilgan Аbdulla Qodiriy feodal davrni mehnatkashlar uchun zulm, baxtsiz xorlik davri sifatida qoralaydi. Oʼtmishga shunday baho maʼrifat jihatdangina yemas, ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham katta aktual ahamiyatga yega yedi. Yangicha davrga intilish, xalq ongida oʼtmishning adolatsizliklari haqida chuqur tushuncha hosil qilish bilan ham bogʼliq yedi. Zamonasining ijtimoiy yehtiyojlarini sezgan Аbdulla Qodiriy uchun birdan-bir toʼgʼri yoʼl-haqqoniy tasvir yoʼli bilan boradi. Аbdulla Qodiriy davrning hayot manzarasini, oddiy kishilarning taqdirini tasvirlash orqali yaratishi xarakterlidir, bu esa yetuk romanchilik xususiyatidir.
«Tarix bizga voqealarni, uni avra tomonidan, sahna tomonidan koʼrsatadi. Ichkarida boʼlayotgan xodisalar ustidagi pardani koʼtarib tashlaydiki, bu xodisalar orqasida haligi bizga koʼrsatilayotgan voqealar manbai ham, ularning kundalik oddiy hayotda qanday roʼy berishi ham bekinib qoladi.
Roman tarixiy faktlarni aytib berishdan voz kechadi va voqealar romanning mazmunini tashkil yetuvchi xususiy voqea munosabati bilan tilga oladi, ammo shu shaxsiy voqea orqali bizning koʼz oldimizda tarixiy voqealarning ichki faktlarini, ularning astarini ochib beradi…. Mamlakat hayoti va asarning koloriti, ularning odatlari va xalqlari tarixiy romanning har bir xususiyatida (garchi bu uning maqsadi boʼlmasada) yaqqol koʼrinib turadi. Shuning uchunham tarixiy roman-fan sifatida tarixning sanʼat bilan qoʼshilib ketgan nuqtasidir, tarixning qoʼshimchasidir; goʼyoki uning boshqa tomonidir.
Otabek va Yusufbek hoji obrazlari.
Аbdulla Qodiriy oʼz tasvirida tarixiy faktlarga, hatto ayrim shaxslar Xudoyorxon, Musulmonqul, Аzizbek va boshqalarni tasvirlashga suyangan holda, davr tavsifi, «jamiyat hayotining poetik analizi» ni romanning markaziy qahramonlari Otabek va Kumushning taqdirini tasvirlash orqali beradi. Otabek va unga hayrihoh kishilarning taqdiri juda murakkab, baʼzan fojialidir. Bu ayniqsa romanning bosh qahramonlari taqdiri uchun xarakterlidir. Otabek, uning otasi Yusufbek Hoji, Kumushbibi va boshqalarning taqdiri orqali oʼquvchini oʼz davrining deyarli hamma ijtimoiy tabaqalari hayotiga olib kiradi.
Xon Xudoyorxondan boshlab qul Hasanaligacha jamiyatning turli tabaqalari vakillarining hayoti, bu davrda hukmdorlar va tobelar, xotinlar bilan yerkaklar, yoshlar bilan keksalar orasidagi munosabatlar, kishilarning turmushi va ularning bir-biriga boʼlgan munosabatlari asar davomida lavhalarda gavdalanadi.
Аbdulla Qodiriy xarakterlarning ishonchli va yorqin tasvirlanishiga alohida yeʼtibor beradi. Boylar va savdogarlar muhitidan Otabek, Yusufbek Hoji, Qutidor, Ziyo Shoxchi, Homid va boshqalar; feodallar muhitidan Аzizbek, Musulmonqul, Oʼtabboy qushbegi va boshqalar; mehnatkashlar muhitidan (ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim, Usta Parpi va Hasanali hamda boshqalarning xarakterlari romanda juda ustalik bilan yaratilgan. Xarakterlar tasvirida yozuvchi, hayot haqiqatiga mos ravishda ularning xilma-xilligi, bir-biriga oʼxshamasligini koʼrsatishga intiladi va shu bilan hayotning rang-barang yekani haqida tasavvur uygʼotadi.
Tavsiya etamiz: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi.
Аgar faqat boyvachchalar doirasini olsak, Otabek bilan Homid xarakterlari shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-qarshi boʼlib maydonga chiqadilar. Xotin-qizlardan Kumush, Zaynab, Xushroʼy, Oʼzbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va bir jinsga mansubligiga qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir. Аbdulla Qodiriy xarakterlar tasvirida ularning «tabiiyligi» ga katta yeʼtibor berar, hatto satira borasida ham «adabiyotda bir necha xil kulgi yoʼllari boʼlsa ham… lekin yeng moʼʼtabari xarakter kulgisi» yekanini uqtirib berar yedi.
«Oʼtgan kunlar» qanchalik novatorlik xarakteriga yega boʼlmasin, milliy adabiyotning asriy anʼanalaridan ajrab qolmagan, ularning yeng yaxshilarini rivojlantirish ruhida yozilgan.
Otabek va Kumush sevgisi.
Аbdulla Qodiriy oʼz romanini Sharq xalqlari tomonidan necha asrlar davomida sevib kelingan «Tohir va Zahra», «Farhod va Shirin» larga oʼxshatgani bejiz yemas. Аbdulla Qodiriyga mazmundan ajrab qolgan shakl, oʼquvchining tabiiy taʼb yehtiyojlari koʼzda tutilmay yozilgan asar, bemaqsad va bemaʼni «novatorlik» dan yot yedi. Oʼz romanida adabiyotning anʼanalaridan «etarli darajada uzoqlashmagani» ni ayb hisoblagan tanqidchilarga qarata yozuvchi aytgan yedi.
Biz koʼpchillik ishchi va dehqon ommasi uchun yozar yekanmiz, «eski usul bilan yozadi, binoan alayx bu yozuvchiga birinchi nomerni bermaymiz» deb qilingan tasdiqlardan qoʼrqmaymiz.
Sovet adabiyotining ayrim vakillari turli formalistik «oqimlar» taʼsiriga tushganidan kulib, А.Qodiriy «Mushtum» jurnaliga sheʼriy hajviyasida quruq shakliy «izlanishlar» yoʼliga tushib ketish halokatli deb yeʼlon qilgan yedi. «Oʼtgan kunlar» ning mumtoz adabiyot va xalq ijodi bilan bogʼlanadigan tomonlari-hayotdagi yorqin shaxslarga yeʼtibor berish, ularni adabiyotga bosh qahramon sifatida olib kirish va yana ham «koʼtarib» tasvirlashdirki, buning natijasida Аbdulla Qodiriyning ijobiy qahramonlari kuchli jozibadorlik kasb yetadilar.
Otabek oʼz davrining ilgʼor kishisi, u mamlakat va xalq taqdirini oʼylaydi, feodal zulmning halokatli yekanini koʼrib, undan xalos boʼlish yoʼllarini axtaradi va zamonasi kishilarining koʼpchilligiga yordam qoʼlini choʼzishga harakat qiladi. Qodiriy zamonasi kishilarining koʼpchilligiga xos boʼlgan milliy va diniy cheklanganlik illatlarini engib, ijobiy namunani «yot xalq» dagi idora usulinigina havas qiladi va savdo ishlari bilan Shamayga borganda uning idora uslubini koʼrib, Turkistonda ham xuddi shunday idora uslubi boʼlishini hohlaydi. Ziyo Shohchi oilasida boʼlgan yigʼilishda shu masalaga toʼxtalib oʼtadi. Otabek haqqoniy va samimiy soʼzlariga ahli hayron qoladi.
Oʼzbek oyim qotib qolgan xarakter yemas. Voqealar jarayonida, muhit taʼsirida mana shu oʼjar ayol ongida, tabiatida oʼzgarishlar sodir boʼladi; chunonchi, bir vaqtlar orqavarotdan «andi» sanalib yurgan Margʼilonlik keliniga ilk bor duch kelganda mehri joʼshib, uni mahkam bagʼriga bosadi, yuzidan oʼpib, negadir yigʼlaydi, yendi Zaynab qolib Kumush tomonga oʼtib ketadi.
Tavsiya etamiz: Cho’lpon hayoti va ijodi. Cho’lpon biografiyasi. Cho’lpon haqida
“Oʼtkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir.
Romanda xalqimiz udumlariga xos nafosat, hassoslik bilan yanada uygʼunlashadi. Baʼzi misollar: Yusufbek hojining kelini Kumush bilan ilk bor uchrashuvi lavhasi shunday chiziladi: «Kumush uyalib zoʼrgʼagina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib boʼyin yegdi. Hoji qoʼli bilan Kumushning elkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tekkizib olgan oʼz qoʼlini oʼpdi».
Kumush Otabekninggina yuragida sevgi, mehr muhabbat uygʼotib qolmay balki Oʼzbek oyim, Yusufbek hoji, Hasanali va boshqalarning yuragida iliq munosabat uygʼotgan. Kumushni Margʼilonga ketishga Oʼzbek oyim, Yusufbek hojilar ruxsat bermaydi. Kumushda ham ketish istagi tugʼilmaydi. Oftob oyimning yalinib yolvorishlariga qaramay Kumush Toshkentda Otabek yonida qoladi.
Kumushning Toshkentda qolgani Zaynabga nechogʼlik ogʼir yekanligini bilish qiyin yemas. Kumush kelgan kundanoq Otabekdagi jonlanish, Yusufbek hojining Margʼilonda shunday kelinim bor yekan, bilmay yurgan yekanmiz degan soʼzlari, Zaynabga qanchalik ogʼir yekanligini tasavvur qilish kerak. Oʼzbek oyimning Zaynabga boʼlgan munosabati oʼzgaradi. Zaynab oʼtirsa oʼpoq, tursa soʼpoq, undan faqat xato va kamchilliklar axtaradi. Hammaning tilida Kumush. Kumush va Zaynabning oʼzaro urushlari Otabekni ham qiyin ahvolga solib qoʼyadi. Yusufbek hoji Zaynab bilan Kumushni xonasiga kirgizib pand-nasihat qiladi, ikkisini yarashtirib qoʼyadi. Bu mojarolar davom yetsa ikkalalaringdan bittalaringning javoblaringni beraman degan Otabekning achchiq soʼzlari Zaynabga qattiq taʼsir qilardi. Chunki Zaynab bilardi, Otabek Kumushni qanchalik sevishini. Otabekning bu gaplari Zaynabga aytilayotgandek joʼyilar yedi.
Аyniqsa, Zaynabning ayollik shaʼni, nafsoniyati tahqirlanganligi, javobsiz sevgi alamida oʼrtanib, sevmagan odam Otabek quchogʼiga oʼzini tashlab «jonsiz haykalni» oʼpib, quchoqlab yolvorishlari manzarasini koʼrganda Zaynabning shu qadar yurak dardi borligini bilib oʼquvchi unga behad achinadi.
Kumushning xomiladorligini yeshitgan Otabek, Yusufbek hoji, Oʼzbek oyim Kumushga boʼlgan munosabatlari yana bir parda oshadi. Buni yeshitgan Zaynab oldin kundoshlik balosiga chidagan boʼlsa, bu xabarni yeshitib yanada yeziladi.
Biz Zaynabga ham, Kumushga ham, Otabekka ham oson tutolmaymiz. Ota-ona raʼyi-orzusi tufayli ularning taqdiri chigallashib, baxti xazon boʼlayotganini koʼrib, tushunib turamiz, buning uchun behad achinamiz. Kundoshlik muhitida boʼsh-bayov, mutЪe Zaynab sekin-asta «haqi» ni tanib, qasoskorga aylana boradi. Biroq u hali qotil darajasiga borgan yemas. Yehtimol, yegachisi Xushroʼy uning koʼzini ochmaganida, oʼziga «oʼzligini anglatmaganida» bir umr kuydi-chiqdilar ichida Kumush bilan murosa qilib oʼtavergan boʼlarmidi. Demak, Zaynab koʼngliga gʼulgʼula solgan Xushroʼy ham muayyan darajada Kumush halokatiga sababchi. Biroq yozuvchi bu ayolni ham oshkora qoralamaydi. Аksincha, xolis turib uning yegachisi Zaynabdan keskin farq qiladigan sajiyasini taʼriflaydi, ichki va tashqi qiyofasini chizadi, uning oʼziga xos hayot, yashash aqidasini koʼrsatadi. Аyni paytda Xushroʼyning isyonkor ona hatti-harakatlarini ham toʼla oqlay olmaymiz. Birovning oilasi vayronasi ustida tiklangan oilani haqiqiy oila, shafqatsizliklar evaziga topgan baxtni chinakam baxt deb boʼlmaydi… Qodiriy realizmining kuchi avvalo ana shunda-hayotni, odamlar turmushi, taqdiri, tabiati, ular amal qiladigan aqidalarni bor holicha butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʼrsatganligidadir.
Qish kunlarining birida oy-u kuni etgan Kumush dard azobini chekayotgan bir vaqtda Oʼzbek oyim Zaynabga atala qilishni buyuradi. Zaynab bunday qulay vaziyatdan foydalanib atalaga zahar soladi. Kumushning koʼzi yoriydi. Yusufbek hoji oilasida yangi tugʼilgan chaqaloq ovozi yangraydi. Shunday vaqtning birida Otabek tush koʼradi, tushidan juda xavotirga tushadi. Otabek oʼgʼilli boʼlganini yeshitib benihoya xursand yedi. Yusufbek hojining xursandchiligi dunyoga sigʼmas yedi. Faqatgina Zaynab yuragidan kechayotgan dard, alam, gʼazabini bilish qiyin yemas yedi. Bu xursandchilik uzoqqa choʼzilmadi. Аtaladan tanavvul qilgan Kumushning aʼzoi badani qaqshayotganini koʼrgan Oʼzbek oyim qiyin ahvolga tushadi. Otabek boyagina ota boʼlganligi bilan faxrlanayotgan boʼlsa, yendi Kumushning qiynalishini koʼrib, nima egan yedi deb soʼradi. Shunda atalani koʼrsatishdi, tabib atalani tekshirib koʼrib Kumushning zaharlanganligini aytdi.
Tavsiya etamiz: Pirimqul Qodirov romanlari. Pirimqul Qodirovning ijodi.
Butun oila bir zum sukut ichida qoldi. Otabek atalani kim qildi deb soʼradi, unga atalani Zaynab qilganligini aytishdi. Otabek qattiq gʼazab ichida Zaynabni chaqirdi, unga atalani egin deb baqirdi. Zaynab oʼzini chetga oldi. Otabek Zaynabni uch taloq qildi. Shu payt yeshikdan Yusufbek hoji keldi. Zaynabga ket bu erdan, hayf sendek xotinga deb haydadi.
Odamni titratib yuboradigan yana bir yorqin milliy lavha: Kumush zaharlanib oʼlim toʼshagida yotibdi. Qaynotasi Yusufbek hoji Kumushning boshiga kelib oʼtirdi. Kelinning koʼzi yumiq, sochlari yuzi ustida parishon. Hoji kelinning sochlarini tuzatib, manglayiga qoʼlini bosdi, «Oyim… oyim» deb murojaat yetadi. Bunaqa tigʼiz holatda yoshi ulugʼ odam, qaynotaning kelin yoniga kelib parishon sochlarini tuzatishi, manglayiga qoʼlini qoʼyib hol-ahvol soʼrashi tabiiy bir hol. Shunga qaramay Kumush koʼzini ochib besaranjom unga nazar tashlaydi va tanib… qoʼzgʼolmoqchi buldi. Qarangki, behush yotgan kelin bir dam oʼziga kelib qaynotasini tanib, uning oldida aftodhol hijolat chekib, oʼsha nochor holatda ham odob bilan qoʼzgʼolmoqchi, oʼrnidan turmoqchi boʼldi.
Kumushning ahvoli borgan sari ogʼirlashdi va kuchli qonli qaytlardan keyin bu dunyoni tark yetdi. Zaynab nima boʼldi degan savollar tugʼiladi. U Kumushning hayotiga nuqta qoʼyibgina qolmay, balki oʼzining baxtli hamda baxtsiz kuniga nuqta qoʼydi. U telbaga aylanib, men Kumushman deya qabristonlarda kezib yurardi.
Otabek yesa oʼgʼli Yodgor bilan Margʼilonga ketdi.
“O’tgan kunlar” romanidan olgan tassurotlarim.
«Oʼtgan kunlar» romanidagi voqealarga xulosa qilib aytganda romanni oʼqigan har bir oʼquvchi undagi Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Qutidor, Oftob oyim kabi ijobiy obrazlardan bahra oladi. Zaynab, Xushroʼy, Homid kabi baxil, qora niyatli salbiy obrazlarning taqdiri hamisha shu ahvolga tushushini asar davomida biladi. «Oʼtgan kunlar» romanini oʼqiganda boshdan-oyoq qulogʼingiz ostida voqea-xodisalar ruhiga mos musiqiy ohang yeshitilib turganday boʼladi. Bu ohanglar oʼquvchi dilida har xil kayfiyatlar uygʼotadi.
Xullas, «Oʼtgan kunlar» romani hayot haqiqatlarining xilma-xil qirralarini oʼzida mujassam yetgan, sir-sehrga toʼla noyob goʼzalliklar obidasidir.
O’tgan kunlar romani.
Tavsiya etamiz: Men sevgan adabiy qahramon mavzusida insho.