Abdulla Qodiriy oโzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
U 1894 yil 10 apreldaย Toshkentย shahrida tugโildi. Avval musulmon maktabida (1904-1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908-1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916-1917) taโlim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907-1915). 1917 yil Oktyabr davlat toโntarishidan soโng Eski shahar oziqa qoโmitasining sarkotibi (1918), โOziq ishlariโ gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili โMushtumโ jurnalini taโsis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925-1926) oโqidi. 1919-1925 yillar oraligโida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar eโlon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shugโullandi.
Abdulla Qodiriy sheโrlar toโplami >>
ย 1914-1915 yillarda Abdulla Qodiriyning โAhvolimizโ, โToโyโ, โMillatimgaโ, โFikr aylagilโ kabi sheโrlari, โJuvonbozโ, โUloqdaโ, โJinlar bazmiโ kabi hikoyalari, โBaxtsiz kuyovโ dramasi bosilib chiqdi. Oโzbek adabiyotidagi birinchi roman โOโtgan kunlarโni yaratdi (1919-1920). Asar 1922 yili โInqilobโ jurnalida, 1924-1926 yillarda har bir boโlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani โ โMehrobdan chayonโni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib โObid ketmonโ qissasini yozdi.
Abdulla Qodiriy sheโrlar toโplami >>
Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning โFizikaโ (1928), N.V. Gogolning โUylanishโ (1935), A.R. Chexovning โOlchazorโ (1936) asarlarini oโzbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan โToโla ruscha-oโzbekcha lugโatโni (1934) tuzishda ishtirok etdi.
Qodiriy 20-yillarning oโrtalarida yozgan โKalvak Maxzumning xotira daftaridanโ, โToshpoโlat tajang nima deydir?โ hajviy asarlarida bidโat va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini oโzgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va gโoyalari oโz ifodasini topgan.
Maโrifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol gโoyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.
Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning โOโtgan kunlarโ, โMehrobdan chayonโ, โObid ketmonโ asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uygโur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi boโyicha jiddiy ishlar qilganlar.
1991 yili Oโzbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Oโzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga koโra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib โMustaqillikโ ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti taโsis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogโiga, katta koโchalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda koโplab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
ย Adibning ijodiy faoliyati haqida.
Qodiriy โ jurnalist.
1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi Rossiyaning qonli janglar girdobiga tortilishi tufayli undagi shuningdek uning mustamlaka oโlkasi Turkistondagi vaziyat keskinlashdi. Oโlkada yuz berayotgan iqtisodiy siyosiy tanglik, sabr kosasi toโlgan xalq orasidagi ommaviy noroziliklar hususan 1916 yilgi mardikorv olish, 1917 yilgi fevral inqilobi voqealari Qodiriyning ijtimoiy siyosiy qarashlariga kuchli taโsir etdi.
U endi ijtimoiy-siyosiy ishlarga aralasha boshladi. 1917 yil fevral inqilobidan keyin xalq milisiyasiga koโngilli boโlib yozildi, soโng Toshkentning eski shahar qismida ochilgan oziq komitetiga MIrza boโlib kirdi. โNikolayning taxtdan yiqilib, Huriyat boโlgโoniga xursandligim albatta dunyoga sigโmas edi va sigโmasligi tabiiy edi. Ayniqsa, 1916 yil rabochiy olish masalasidan keyin umuman Turkiston ishlarida Uygโongan istibdodga nafrat menda ham kuchli ediโโ deb yozdi adib.
Qodiriy matbuot, jurnalistika sohasidagi bilimi va malakasini oshirish maqsadida 1924 yil va 1925 yillarda Moskvadagi oily jurnalistika Institutida taโlim oladi. Qodiriy 1919-1925 yillar orasida matbuotda yuzlab maqola hajviyalar bilan qatnashdi. Bu asarlarini u har xil โ Qodiriy, Julqunboy, Kalvak Maxzum, Toshpoโlat, Ovsar, Dumbul, Chigโoy degan imzo-tahalluslar bilan eโlon qilgan.
ย Qodiriy Oโzbek romanchilarining asoschisi. Adibning fojeaviy qismati.
Ayni paytda oโtmishdan olingan yirik asar โOโtgan kunlarโ romani ustida ish olib borardi. Bu asarni muallif 1919 yilda yoza boshlagan. Romandan parchalar 1922 yilda inqilob jurnallarida bosilgan. 1925 yili asarning boโlimlari alohida-alohida, soโng 1926 yili yaxlit holda kitob boโlib chiqqan. Yozuvchi bu romanda holis turib oโtganย XIXย asr oโrtalaridagi Turkiston tarixining, Oโzbek xalqi hayotining haqqoniy manzarasini gavdalantirdi, muhim tarixiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur badiiy tahlil etadi. Davrning etkchi ijtimoiy kuchlari mohiyatini ochadi. Oโsha zamon kishilari ahvol ruhiyati, orzu-intilishlari, quvonch va tashvishlarini zoโr mahorat bilan yorqin obrazlar orqali koโrsatadi.
Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Choโlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.
Abdulla Qodiriy sheโrlar toโplami >>