Fan olimpiadasi
Ushbu sahifada 2022-2023 oʼquv yili uchun asosiy olimpiada oʼtkaziladigan fanlar roʼyxati keltirilgan.Kerakli fanni ustiga bosing va bepul yuklab oling
1. Matematika
2. Fizika
3. Kimyo
4. Biologiya
5. Informatika va axborot texnologiyalari
6. Ona tili va adabiyot
7. Iqtisodiyot bilim asoslari
8. Huquq
9. Rus tili va adabiyoti
10. Ingliz tili
11. Nemis tili
12. Geografiya
13. Tarix
Umumiy qoidalar
Mazkur tavsiyalar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli oʼquvchilar oʼrtasida fan olimpiadalarini oʼtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʼqitish boʼyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʼgʼrisida” 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarorining 1-ilovasidagi Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Ushbu tavsiyalar 2022/2023 oʼquv yili uchuy umumtaʼlim fanlaridan asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini (keyingi oʼrinlarda – Olimpiada) tashkil etish va oʼtkazish jarayonida qoʼllaniladi.
Olimpiadani tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha tavsiyalar
3. Olimpiada davlat va nodavlat umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlarining 9 -1 1-sinf oʼquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 1-2 -bosqich oʼquvchilari oʼrtasida har bir sinf (bosqich) uchun alohida takshil etiladi va oʼtkaziladi.
4. Olimpiadani tashkil etish va oʼtkazishda taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
- olimpiada oʼtkaziladigan joyni belgilash va oʼquvchilar xavfsizligini taʼminlash boʼyicha zarur choralarni koʼrish;
har bir fan boʼyicha hakamlar hayʼati tarkibini tuzish (3-7 nafar), apellyatsiya
komissiyasi aʼzolari roʼyxatini shakllantirish; - nazorat materiallarini tayyorlash va maxfiyligini taʼminlash choralarini
koʼrish; - olimpiada natijalari va hakamlar hayʼati qarori asosida gʼoliblarni
keyingi bosqichda ishtirok etishi boʼyicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy
qoʼmitaga taqdim etish.
Olimpiadaning oʼtkazilishi joyi va muddatlari boʼyicha barcha oʼquvchilar kamida 3 kun oldin (eʼlonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoqlar va telegram guruhlarga eʼlon joylashtirish, fan oʼqituvchilari tomonidan mashgʼulotlar vaqtida, umumiy saflanishda ogʼzaki eʼlon qilish va boshqalar) xabardor qilinishi o’quvchilarni olimpiada oʼtkazilishi haqida xabardor kilishni taʼminlashga taʼlim muassasa direktori shaxsan masʼul hisoblanadi. O’quvchilar olimpiadalarda oʼz xohishlariga koʼra, ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. Аyrim sabablarga koʼra belgilangan muddatda olimpiadada ishtirok etmagan oʼquvchi uchun qayta olimpiada oʼtkazilmaydi, olimpiadada ishtirok etmagan oʼquvchini keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etish mumkin emas.
5. Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha gʼolib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat taʼlim tashkiloti rahbarining) qarori bilan asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
6. Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan oʼquvchilar hamda ularning oʼqituvchilari haqidagi maʼlumotlar olimpiada oʼtkazilgandan soʼng bir kun muddat ichida Xalq taʼlimi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtirilishi shart.
Olimpiadani oʼtkazish bilan bogʼlik masalalar, nazorat materiallarining maxfiyligini, jarayonning adolatli va shaffof oʼtkazilishini taʼminlashga taʼlim muassasasi direktori masʼul hisoblanadi.
7. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimi birinchi bosqich tashkil etilishini
muvofiqlashtiradi hamda adolatli va shaffof oʼtkazilishi boʼyicha nazoratni
amalga oshiradi.
Olimpiada natijalarini baholash boʼyicha tavsiyalar
8. Olimpiada natijalarini baholash fanlar boʼyicha taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. Olimpiada natijalarini baholash olimpiada oʼtkazilgan kuni amalga oshiriladi.
9. Olimpiada fanlar boʼyicha test topshiriqlari, yozma va amaliy ish shaklida
tashkil qilinishi mumkin. Nazorat materiallari oʼkuvchilarning bilim, koʼnikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qoʼllay olish malakalarini
va kompetentsiyalarini baxolashga qaratilgan boʼlishi lozim.
10. Olimpiada ishtirokchilari topshiriqlarni taʼlim olayotgan tiliga mos ravishda oʼzbek yoki rus tillarida bajarishi mumkin. Chet tillar va qardosh tillar fanlari bundan mustasno.
Hakamlar xayʼati va auditoriya rahbarlari boʼyicha tavsiyalar
11. Olimpiadada taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan 3 kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hayʼati tuziladi.
12. Taʼlim muassasasi direktori tomonidan olimpiada oʼtkaziladigan fanlar va auditoriyalarning soniga moe ravishda har bir auditoriyaga bir nafardan auditoriya rahbari va nazoratchisi roʼyxati shakllantiriladi. Аuditoriya rahbari va nazoratchisi olimpiada oʼtkaziladigan fan oʼqituvchisi boʼlishi mukin emas.
Аuditoriya rahbari:
- ishtirokchilarga olimpiadaning tartib-qoidalari toʼgʼrisida qisqacha
tushuntiradi; - olimpiada boshlanishi va tugash vaqtini eʼlon qiladi hamda olimpiada
jarayonini nazorat qiladi; - fan olimpiadasi jarayonida oʼrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan
oʼquvchilarni olimpiadadan dalolatnoma tuzib chetlashtiradi; - ishtirokchilarning bajargan ishlarini shifrlab, tekshirish uchun hakamlar
hayʼatiga topshiradi; - hakamlar hayʼati tomonidan tekshirilgan ishlarni shifr boʼyicha roʼyxatini
tuzadi va pedagogik kengash raisiga takdim etadi.
13. Аuditoriya nazoratchilari olimpiada oʼtkazilayotgan va oʼzlari biriktirilgan auditoriyada tartib saqlanishini taʼminlaydilar va auditoriya rahbariga qoʼyilgan vazifalarni amalga oshirishda koʼmaklashadilar.
14. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarish uchun berilgan vaqt yakunlangandan soʼng auditoriya rahbari tomonidan, ularning ishlari yigib olinadi va shifrlangan holda hakamlar hayʼatiga topshiriladi. Аuditoriya rahbari ishtirokchilarning ishlarini shifrlashdan oldin
skanner qiladi va maxsus telegramm kanal (guruq)ga joylashtiradi.
15. Hakamlar hayʼati olimpiada ishtirokchilari tomonidan bajarilgan
ishlarni xolisona tekshiradi va baholaydi.
16. Oʼquvchilarning ishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholangandan soʼng, topshiriqlar hamda ularning yechimlari eʼlonlar doskasiga osiladi.
17. Hakamlar hayʼati yakuniy ballarni qarorga kiritib, barchaishtirokchilarning natijalarini va qarorni eʼlonlar doskasiga osadi. Baholash jarayoni soat 18:00 dan kechikkanda natijalarni avvaldan maxsus tashkil etilgan telegramm kanal (guruh) da eʼlon qilish mumkin.
18. Hakamlar hayʼati topshiriqlar va ularning yechimi yuzasidan ishtirokchilarning talabiga koʼra tushuntirish berishi lozim. Hakamlar hayʼati qaroridan norozi boʼlgan oʼquvchilar apellyatsiya komissiyasiga shu kunning oʼzida murojaat qilishga haqli.
19. Olimpiada oʼtkaziladigan va hakamlar hayʼati ishlashi uchun ajratilgan auditoriyalar onlayn videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Аuditoriyada telefon va turli aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Kimyo va fizika fanlarida kalkulyatordan hamda matematika fanida sirkul va chizg’ichdan foydalanishga ruxsat etiladi.
- 20. Taʼlim muassasasi direktori olimpiada jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish va texnik qoʼllab quvvatlash boʼyicha masʼul xodim biriktiradi.
Biriktirilgan masʼul xodim: - keyingi bosqichda ishtirok etish uchuy tavsiya etilgan oʼkuvchilar hamda ularning oʼqituvchilari hakidagi maʼlumotlarni Xalq taʼlimi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiradi;
- barcha ishtirokchilar, ularning ustozlari va ota-onalari uchuy ochiq boʼlgan
maxsus telegramm kanal (guruh) tashkil etadi; - maxsus telegramm kanal (guruh)da eʼlonlar, ishtirokchilarning
shifrlanmagan va tekshirilmagan holdagi ishlari, olimpiada yakunlangandan keyin
nazorat materiallari va yechimlar, olimpiada natijalarini joylashtirilishini
muvofiqlashtiradi.
21. Olimpiada jarayonida duch kelingan barcha muammolar 1-bandda qayd
etilgan Nizomda belgilangan talablar asosida hal etiladi
2022-2023 oʼquv yili uchun olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini tashkil etish va oʼtkazish bo’yicha tavsiyalar ( Xalq taʼlimi vazirligining 02-02/5 – 2051) sonli xati) Yuklab olish
Tavsiya etamiz :Fan oyliklarni o’tkazish tartibi va hujjatlari jamlanmasi
Respublika bosqichi qachon tashkil qilinadi?
juda ham zur tuzilgan