Olimpiada g’oliblarini rag’batlantirish.
Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida (viloyat) g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi (respublika) bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari.
Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi (respublika) bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar Vazirlik tomonidan beriladi va uning alohida elektron reyestri yuritiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori
Tavsiya etamiz: O’qituvchi ustama olishi uchun 9 yo’nalishdagi ballar haqida