Yaxshilik haqida
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Yaxshilik haqida she’rlar to’plami.

Yaxshilik haqida she’rlar to’plami.

Ushbu sahifamizda yaxshilik qilish, savob ishlarni qilish,yomonlik qilma nima qilsang qaytar dunyo haqida juda ta’sirli va ibratli she’rlar to’plami.

Yaxshilik haqida she'rlar to'plami.

Yaxshilik haqida.

Inson yaxshilik qilishni, avvalo, ota-onasi va yaqinlaridan boshlashi kerak.Inson yaxshilik va taqvo yoʻlida bardavom boʻlishi toʻgʻrisida muqaddas manbalarda koʻplab maʼlumotlar keltirilgan. Olloh Qurʼoni karimda deydi: “Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizcha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Olloh uni biluvchidir”.

Yaxshilik qiling.

Bemorlar holidan olingiz xabar.
Ozgina mehir-u muhabbat yetar.
Ulardan qaytmasa hudodan qaytar.
Qo’lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.

Savobga ishlating bo’lsa pulingiz.
Sahovat yo’lida ochib qo’lingiz.
OLLOHIM beradi risq nasibangiz.
Qo’lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.

Yetim bolalarning silang boshini.
Yig’lagan ko’zlarning arting yoshini.
Muhtojga uzatib yordam qo’lini.
Qo’lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.

Dunyoda barchasi o’tkinchi biling.
Nafratni unutib mehrni bering.
Bir kun ortingizdan yaxshi nom qolar.
Qo’lingizdan kelgancha yaxshilik qiling.

Kim yaxshi kim yomon hudo biladi.
Aybi bor bir kuni jazo oladi.
Yaxshiga doimo omad kuladi.

Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar to’plami

Hammasi yaxshilik yaxshilikkadir!

Dard yig‘ilib kelsa, qavatma qavat,
Taqdir zarba bersa, aylamay shafqat,
Tanda kuch qolmasa, qolmasa toqat,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Orqadan do‘stingiz xanjarin sanchsa,
Pishgan xosilingiz tepkilab yanchsa,
Ishongan insonlar, turtkilab qochsa,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Omad gohi kulib, gohi kulmasa,
Yaxshilik qilsangiz, birov bilmasa,
Boshingiz changallab, sochni yulmasdan,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Bahorda bog‘ingiz, gullamay qolsa,
Yozda oftob sizga, nur sochmay qolsa,
Qishda qora bulut, arimay qolsa,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Quvonchu shodlik ham, o‘tkinchi bunda,
Tun o‘rnini quyosh, olar har kunda,
Qiynalib, qiynalib, ketsangiz shunda,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Oyning yarmi yorug‘, yarmi zimiston,
Qurigan bog‘ bir kun, bo‘ladi bo‘ston,
Dardingiz xammaga, qilmay dasturxon,
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim,
Hammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Har neda bir hikmat! Aytgan donolar,
Sabr qilsa oltin, kelar tillolar,
Tangriga yolvorib, qilib duolar
Bir gapni qaytaring, qaytaring do‘stim
Xammasi yaxshilik, yaxshilikkadir!

Manmanlik yomon.

Kamtar bo’l kamtar bo’l kamtar bo’l inson,
Bilib yo’q topmoqdan yoqotmoq oson,
Hech qachon berilma kibr-u havoga,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Do’st bor dasturxonda oshingni yeydi,
Do’stlar bor maydonda boshingni yeydi,
Yiqilsang qo’l cho’zmas battar bo’l deydi,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Uch narsani doim qochgin zarbidan,
Ichkilik, Qarzdorlik, ayol makridan,
Sinib ketish oson shular jabridan,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Doim ota onang yodinga solg’in,
Qarindosh, qondoshdan sen habar olgin,
Kamtarlik darsini mukammal bilgin,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Qora dog’ tushmasin dilingni asra,
Pul topsang kerilma, fe’lingni asra,
O’zingni bosib ol tilingni asra,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Yaxshiyu yomonning shahrini qilgin,
Do’st bilan dushmanning farqini bilgin,
Ahad qayum so’zin quloqqa ilgin,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Kamtar bo’l kamtar bo’l kamtar bo’l inson,
Bilib yo’q topmoqdan yoqotmoq oson,
Hech qachon berilma kibr-u havoga,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.

Yaxshilik qil odamga!

KELDING YORUG OLAMGA,
MALXAM BO`L DART,ALAMGA.
QURBING YETSA BIRODAR,
YAXSHILIK QIL ODAMGA.BO`LSA MOL,DUNYO PULING,
YETSA QAY CHO`ZSANG QO`LING.
OQ BO`LSIN KO`NGIL,DILING,
YAXSHILIK QIL ODAMGA.BO`LSANG BUYUK MANSABDOR!
BO`LSIN SENDA NOMUS, OR!!!
XECH KIMGA BERMA OZOR!
YAXSHILIK QIL ODAMGA.

NOXAQLIKKA JIM TURMA!
OJIZGA YUZING BURMA!
SHARAFSIZ INSON BO`LMA!
YAXSHILIK QIL ODAMGA.

GO`ZAL UMUR, XAYOT BO`L,
QO`LSIZGA QO`L QANOT BO`L.
UMIDSIZGA NAJOD BO`L!
YAXSHILIK QIL ODAMGA.

OQLA AVLODING NOMING,
RAXMAT BO`LSIN XAR ONING.
QARA ATROFING YONING!
YAXSHILIK QIL ODAMGA.

XUSNIDDIN BO`LGIN EXTIYOT!
XIKMATGA TO`LGAN XAYOT.
TARIX BO`LGUIN BUYUK ZOT!!!
YAXSHILIK QIL ODAMGA…!

Yaxshi do’stdan yomonlik ko’rdim.

Orzu yo’lin armonlik ko’rdim,
Inson qadrin arzonlik ko’rdim,
Yomon do’stdan ko’rdim yaxshilik,
Yaxshi do’stdan yomonlik ko’rdim.
Ko’p kunarni ko’rgandik birga,
Qancha niyat tukkandik dilga,
Chiqqan edik biz katta yo’lga,
Yaxshi do’stdan yomonlik ko’rdim.
Kimgadir qo’l bersang eng avval,
Otasini surishtir har gal,
Zoti pastning qadami xatar,
Yaxshi do’stdan yomonlik ko’rdim.
Men yiqilsam, qochib ketganda,
Sirlarimni ochib ketganda,
Xiyonatlar jondan o’tganda,
Yaxshi do’stdan yomonlik ko’rdim.
Yaxshi do’stdan yomonlik ko’rdim,
O’chmas endi dildan jarohat.
Qayda qoldi va’dalar ahdlar,
Qayda qoldi mehru oqibat.
Qalbi og’rib Ahad Qayumni,
O’ylab qoldim, nima ham derdim.
O’yib ketdi kuygan bag’rimni,
Yaxshi do’stdan yomonlik ko’rdim.

Ezgulik.

Quloq soling do’stlar shu safar,
Unutilsin bari dard, azob.
Shukr deylik, turib tong sahar,
Yaxshilikka yozilar savob.

Puli yo’qni nazarga ilmay,
Davramizga qo’shmadikmi yo?
Yana kimni ranjitdik bilmay,
Deydilar-ku bu qaytar Dunyo!

Kimlarnidir g’iybat qilibon,
Gunoh qilib qo’ymadikmikan?
Kechirmasa gar o’sha inson,
Allohim ham kechirmasa ekan?

Ezgulikni barpo etaylik,
Yomonlikni yuqtirmay dilga.
Yaxshi inson bo’lib ketaylik,
Bu dunyodan so’nggi manzilga.

Yaxshilik haqida.

Bu yorug’ dunyoda davrini surib,
Birovga yaxshilik qilmaganlar bor.
Va lekin bir umr yaxshilik ko’rib,
Uning nimaligin bilmaganlar bor.

Og’ir dard chekkandim men ham bir zamon,
Begona ellarda, do’stlardan yiroq.
Madad bergan edi ulug’ bir inson,
Men uning siymosin unutay qandoq.

Yarqirab turibdi ko’ksingda yulduz,
Osmondan tushmagan u ham hoynahoy.
Kimdir sen haqingda aytdi yaxshi so’z,
Shundan ko’kragingda yulduz topgan joy.

Deydilar, dunyoning doim biri kam,
Yaxshilik qilish ham osonmas, biroq.
Mening nazarimda, yaxshilikdan ham
Uning qadrin bilmoq ming bor yaxshiroq.

Opa – singil haqida she’rlar.Onajonlar haqida tabrik she’rlar.

Yaxshilik qilaver.

Navoiy demishlar: qay bir nokaslar
Yomonlik qilmasa – yaxshilik shudir.
Boshingga yomonlik yog’sa tog’ qadar
Yaxshilik qilaver, demish Shohbobur.

Abdulla Orifdan uqdim bir hikmat:
Bor senga tamasiz neklik qilganlar.
Ularni unutma, unutma faqat,
Sening yaxshiliging shuldir, birodar.

O’yladim har bitta bosgan qadamim,
Goh yorishdi, goho zil ketdi bu dil.
O’! Qanday qiyindir bu hayot fani,
Umr – bu sinovdir qanchalar mushkul.

Yaxshilik qil, mayli, daryolarga ot,
Hech kimsa bilmasin, mayli, aytmasin.
Nimayki yaxshilik qilding, faqat, oh!
Bir kuni yomonlik bo’lib qaytmasin.

Yaxshilik haqida she’rlar

Boshqa she’rlar to’plami

manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top