Davomat inson omilisiz.
2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari oʼrnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi
Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududining xavfsizligini taʼminlash, oʼquvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab” tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dastur”da nazarda tutilgan.
Dastlab umumiy oʼrta taʼlim muassasalariga «Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini oʼrnatish bilan bogʼliq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
〰️ 2024 yil 1 yanvarga qadar «Xavfsiz maktab” loyihasi kamida 130 ta umumiy oʼrta taʼlim muassasasida joriy etiladi.
2025 yil 1 sentyabrga qadar «Xavfsiz maktab” loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida joriy etiladi.
Tavsiya etamiz: Maktab o’quvchilari uchun hayotiy qoidalar