291
Hayotiy qoidalar.
Bill Geytsdan maktab o’quvchilari uchun hayotiy qoidalar:
- Hayot ko’rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo’ladi. Siz ham hayotingizni qo’lga oling va uni ishga soling!
- Dunyo sen o’zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o’zingni hurmat qilishingdan oldin, biror ishni qoyillatib qo’yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga loyiq ekaningizni isbotlang.
- Agar bugun o’qituvchining talabchanligidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo’lida ishlaganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko’ring.
- Maktabni tamomlamasdan turib, na o’zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham iloji yo’q. Shuning uchun hozir bilim oling.
- Ehtimol, siz o’zingizni quyi ishga munosib ko’rmassiz, ammo sizning ota-bobolaringiz bu ishni boshqacha: “imkoniyat” deb atagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo’lmang.
- Hayotda nimaninidir xato qilsangiz bunda o’zingizni yoki boshqalarni ayblamang. Aybdorni topishdan foyda yo’q. Xatodan xulosa chiqarishni o’rganing. Xulosalardan foyda.
- Sizning tug’ilishingiz ota-onangiz uchun faqatgina bayram bo’lmagan. Balki katta mas’uliyat ham bo’lgan. Ularni qadrlang. Shunda o’zingiz ham qadr topasiz.
- Maktabni a’lochilar ham, past o’zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o’qiydiganlarga to’g’ri javobni topgunlariga qadar qulay imkoniyat yaratib beriladi. Ammo katta hayotda to’g’ri yo’lni topish uchun sanoqli imkoniyat beriladi. Shuni unutmang.
- Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to’lash kerak bo’ladi. Bu esa vaqt va mashaqqat degani.
“Biz g’alaba qozonamiz” kitobidan
O’quvchilar va talabalar uchun «Shaxmat stipendiyasi» ta’sis etiladi