O’qituvchilarga malaka oshirish.
O’qituvchilarga malaka oshirish 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 867-son qarori qabul qilindi.
Unga koʼra 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — taʼlim tashkiloti) yoʼlga qoʼyilishi;
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʼtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilindi.
Tavsiya etamiz: O’qituvchi maktabda necha soat bo’lishi kerak