O’qituvchi dars soati.
Dars soati kam oʼqituvchiga, kun boʼyi maktabda boʼlasan deb talab qoʼyish to’g’rimi?
Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʼriqish bilan bogʼliq boʼlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʼlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʼpi bilan oʼttiz olti soat qilib belgilanadi.
Shunga koʼra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.
Bunda Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʼyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʼgʼrisidagi Yoʼriqnomaga (roʼyxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy oʼrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
🟢 1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsientga koʼpaytirish orqali, yaʼni:
18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154,8×43 (hafta)=1548 soat;
🟢5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsientga koʼpaytirish orqali, yaʼni:
20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154,8×43 (hafta)=1548 soat.
Taʼkidlash kerakki, yuqoridagi meyor faqat toʼliq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli.
‼️Shunga koʼra o’qituvchi darsi 7 soatni tashkil etsa, o’qituvchi kun boʼyi maktabda boʼlishini talab etilmaydi. Bunda o’qituvchining yuklamasi haftasiga 12.6 soatni tashkil etadi.
✅ Shunday ekan siz bir haftada 12.6 soat maktabda boʼlishingiz kerak.
❌Undan ortiq vaqtda sizdan maktabda boʼlishni talab qilish noqonuniy.
Tavsiya etamiz: O’qituvchi ustama olishi uchun 9 yo’nalishdagi ballar haqida