Bosh sahifa » Abituriyentlar » Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lganda undagi talabalar nima qiladi?

Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lganda undagi talabalar nima qiladi?

by administrator

Oxirgi vaqtlarda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yoki kirmoqchi bo‘lgan ko‘pchilikni shu savol qiziqtirmoqda. 

❓Savol: Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lishi mumkinmi?

Javob: Ha mumkin. Faoliyatida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xususiy OTMning litsenziyasi vakolatli organning talabi bilan bekor qilinishi mumkin.

Savol: Bunday hollarda shu OTMda o‘qib turgan talabaning taqdiri nima bo‘ladi? 

Abituriyentlar blogi

Javob: Talabalik maqomini yo‘qotmaydi. 

Ilgari qonunchilikda bunga oid aniq qoida mavjud emasdi, boshqacharoq aytganda bu qonunchilikdagi bo’shliq edi. Prezidentning shu yil 3-iyuldagi PQ–200-son qaroriga muvofiq, litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi berildi.

Ya’ni biror nodavlat OTMning litsenziyasi bekor bo’lsa va yopilib ketsa, o’sha yerda tahsil olayotgan talabalar DAVLAT va NODAVLAT ta’lim muassasalariga “perevod” qilishi mumkin. Bu risklarni biroz bo’lsa-da kamaytiradi.

💬 P/S: Albatta, shaxsan men birorta nodavlat OTM yopilmasligi tarafdoriman, chunki endi oyoqqa turayotgan xususiy ta’lim imidji uchun bu katta zarar bo’ladi, xalqimiz xususiy ta’limdan yanada ko’proq xavotirlanishni boshlaydi. Ammo hayotda hamma narsa bo’lishi mumkin va shunaqa kutilmagan holatlar uchun ham qonuniy yechim yaratib qo’yishdi, shunisi yaxshi bo’ldi.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar