Tibbiyot OTMlarining bitiruvchilari.
Tibbiyot oliygohlarining 200 nafar bitiruvchilari yetakchi xorijiy universitetlarda o‘qitiladi.
“Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-38-son, 22.01.2024-y) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan:
➖tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi;
➖tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;
➖Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
➖tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.
Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi:
🔸“Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish” (Public Health and Healthcare Management);
🔹“Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili” (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
🔸“Jamoat salomatligi: ovqatlanish” (Public Health: Nutrition);
🔹“Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);
🔸“Jismoniy faollik va reabilitatsiya” (Physical Activity and Rehabilitation).
Tavsiya etamiz: Buxoro Tibbiyot instituti kirish ballari, yo’nalishlari va kvotalari