Bosh sahifa » Tabobat » Stomatit qaysi omillar ta’sirida yuzaga keladi oldini olish uchun tavsiyalar

Stomatit qaysi omillar ta’sirida yuzaga keladi oldini olish uchun tavsiyalar

by nafisa nafisa

Stomatit qaysi omillar ta'sirida yuzaga keladi oldini olish uchun tavsiyalar

Stomatit qaysi omillar ta’sirida yuzaga keladi oldini olish uchun tavsiyalar

• Birlamchi (mustaqil),
• Ikkilamchi(boshqa kasalliklar belgisi) boʼlishi mumkin.

SАBАBLАRI:
• Bakteriya, virus, mikoplazma,
• B guruh vitaminlari, foliy kislotasi, temir, rux moddasi yetishmovchiligi.
• Ogʼiz boʼshligi travmalari (notoʼgʼri protez qoʼyish, qattiq ovqat),
• Shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik,
• Yuvilmagan mahsulotlarni ovqatga ishlatish,
• Natriy sulьfat tarkibli tish pastasidan uzoq muddat foydalanish,
• Diuretiklarni uzoq qabul qilish (soʼlak miqdori kamayadi)

BELGILАRI:
• Kataral stomatit bu shilliq qavat qizarishi, shishi, qonashi, soʼlak oqishi, chaynish paytida ogʼriq, oq pilakcha boʼlishi,
• Yarali stomatit bu butun shilliq qavat zararlanadi, tana harorati koʼtariladi, limfatik tugunlar kattalashadi.
• Аftoz stomatit bu dumaloq shaklda koʼp miqdorda,
• Kulrang pilik bilan qoplangan yaralar Аllergik stomatit.

DАVOLАSH:
• Аnestetikli eritmalar bilan chayish,
• Аntibakterial vositalar,
• Zamburugʼga qarshi, virusga qarshi vositalar,
• Epiteliyni tiklovchi dorilar,
• Fizioterapiya (ulьtratovush, magnitoterapiya, UFO).

Stomatit — bu og’iz bo’shlig’i shilliq epiteliy qavatining yallig’lanishidir. Odatda, stomatit bolalik bilan bog’liq kasallikdir. Biroq, hozirgi vaqtda ushbu kasallik kattalarda ham tobora ko’p kuzatilmoqda.

Yallig’lanish ko’pincha lablarda, yonoqlarda, tanglayning ichki yuzasida uchrashi mumkin. Ba’zida stomatit til ostida ham kuzatiladi. Kasallik rivojlanishi sabablari atrof-muhitning salbiy ta’siri va organizmning immun qobiliyatlarining sustlashishidir.

 Stomatit nima uchun paydo bo‘ladi?

Infektsiyalar. Viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar – bularning barchasi shilliq qavatlarda yashaydi va turli organlar kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin, ularda biryo‘la og‘iz bo‘shlig‘i ham aziyat chekadi. Doimo og‘ziga narsa soluvchi bolalarda ham ko‘pincha stomatit kuzatiladi. 2017 yilning yozida barchani qo‘rqitgan Koksaki virusi ham stomatitni keltirib chiqaradi.
Jarohatlar. Masalan, agar tilingiz yoki yonoqlaringiz ichki tomonini tishlab olsangiz, qandaydir ichimlik bilan og‘zingizni kuydirib olsangiz.
Allergiya va ovqatlarga sezuvchanlik. Bu individual reaksiya. Kimdir nordon mevalarni yeya olmaydi, kimdir esa ko‘p pista chaqib, kasalga yo‘liqishi mumkin.
Milklar kasalliklari. Milklarning sezuvchanligini haddan ziyod oshiruvchi har qanday yallig‘lanishlar.
Autoimmun kasalliklar. Shilliq qavat immun tizimini o‘z hujayralarini vayron qilishga majbur qiluvchi kasalliklar: sil, Kron kasalligida jabrlanadi.
Dori vositalari. Ba’zi dori vositalari ham stomatitni keltirib chiqaradi. Bu antibiotiklar, kimyoviy davolash vositalari, gormonal preparatlar bo‘lishi mumkin.
To‘yib ovqatlanmaslik va stresslar. Rivojlangan mamlakatlarda bunday holatni tasavvur qilish qiyin, biroq agar siz tezpishar lapshalar bilan oziqlansangiz yoki qat’iy parhezga rioya qilsangiz, kam uxlasangiz va ko‘p asabiylashsangiz, paydo bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz : Tish og’rig’i, gingivit va stomatitda qarshi vosita.

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x