Bosh sahifa » Tabobat » SOCH OQАRGАNDА…

SOCH OQАRGАNDА…

by nafisa nafisa

soch oqarganda

SOCH OQАRGАNDА…

Kunjut hamda zaytun yogʼi bir xil miqdorda olinib, ogʼzi yopiladigan idishga solinadi va aralashtiriladi. 10 kun davomida bir kunda bir mahal sochlar ildizigacha surtiladi. Sochlar yelim xalta bilan oʼralib, 3-4 soatdan soʼng chayiladi.

Bu moylar aralashmasi sochlarni qoraytiribgina qolmay, balki toʼkilishini ham toʼxtatadi.
Malham sochlarni oʼstirib, mustahkamlaydi va ularga sogʼlom jilo bagʼishlaydi.

— Sochning erta oqarishida qanday davo muolajalari olib boriladi?

— Suhbatning 1-qismida sanab oʻtilgan sabablar tufayli soch oqarayotgan boʻlsa, kasallik tuzalishi bilan soch oqarishi ham toʻxtaydi. Ammo oqargan sochlarni oʻz rangiga qaytarishning imkoni yoʻq.

Davolashda dori–darmon ichish bilan birga mahalliy muolaja usullari ham olib borilishi kerak. Koʻpchilik mutaxassislar soch oqarishini toʻxtatish uchun A, S, Ye vitaminlari, riboflavin va biotin moddasi, foliy kislotasini qabul qilishni tavsiya etadi.

Shuningdek, erta soch oqarishiga qarshi oddiy usullardan ham foydalanish mumkin. Masalan, sariyogʻ, kastor yogʻlaridan. Uning tarkibidagi minerallar ham soch oqarishi jarayonini sekinlashtirib, rang berish xususiyatiga ega. Ularni eritib, soch ildiziga uqalovchi harakatlar bilan surish lozim. Muolajani haftada ikki marta takrorlash tavsiya etiladi.

Qora choy soch oqarishini toʻxtatishda samarali vositalardan biri. Achchiq damlangan qora choyni bir osh qoshiq oʻsimlik yogʻi bilan aralashtirib, soch ildizidan boshlab uchigacha surtiladi. Tezroq va yaxshi natijaga erishish uchun bu muolajani har kuni takrorlash mumkin.

Ammo soch oqarishiga qarshi choralarni qoʻllashdan oldin, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Chunki, soch oqarishiga qarshi choralarni uning sodir boʻlishiga nima sabab boʻlganini anglamasdan bajarib boʻlmaydi. Bunday holatlarda soch oqarishini kuchaytirib yuborishingiz, organizmingizning boshqa qismiga zarar berishingiz ham mumkin.

— Sochning erta oqarishini oldini olish uchun nimalar qilish darkor, oq soch tolasini yulish mumkin emas deyishadi, shu toʻgʻrimi?

— Sochlarning erta oqarishini oldini olish uchun V guruh vitaminlari bilan birgalikda rux va mis minerallariga boy boʻlgan, , vitamin-mineral kompleks vositalarini xamda oziq-ovqatlarni qabul qiling.

Bular sut mahsulotlari, qizil goʻsht, guruch, grechka, sabzi, apelsin, pomidor va jigar, yongʻoqlar, dukkakli oʻsimliklar, karam hisoblanadi.

Agar sochingiz oqarishining sababi chekish boʻlsa, uni tashlash darkor. Chunki bu zararli odat sababli toʻqimalar kislorodga toʻyinolmaydi va melanin ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi.

Baʼzilar paydo boʻlgan ilk oq sochlarni yulib tashlashadi. Aslida bunday qilish mumkin emas. Oq sochlarni yulsa koʻpayadi degan soʻzda jon bor. Sochlaringiz erta oqarishni boshlasa, muammodan qutulishga shoshilmay davo chorlarini koʻrish lozim.

Tavsiya etamiz : SOCH O’STIRISH YO’LLARI

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x