Bosh sahifa » ilmlar » Ramazon oyi har kunlik taqvim 2023 yil

Ramazon oyi har kunlik taqvim 2023 yil

by administrator

O‘zbekiston shaharlari, jumladan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro va boshqa viloyat va shaharlar uchun 2023 yil (qamariy taqvim bo‘yicha 1444-yil) uchun Ramazon (Ramazon taqvimi) oyi jadvali ushbu sahifada keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Ramazon oyining ro‘zasi 2023 yil 23 mart kuni tongda boshlanadi. Aniqrog‘i, Ramazon oyining o‘zi joriy yilning 22 mart oqshomida boshlanib, shu kuni kechqurun tarovih namozi o‘qiladi.

Respublika hududlaridagi saharlik va iftorlik vaqtlarining Toshkent vaqtiga (minut) nisbatan tafovuti quyidagicha:

Toshkentdan oldin:

Angren –3/3, Andijon –11/12, Xonobod –14/15, Shahrixon –10/12, Xo‘jaobod –12/13, Namangan –9/9, Pop–6/7, Chortoq –9/10, Chust –7/8, Farg‘ona –8/10, Rishton –6/8, Qo‘qon –5/7, Quva –9/12.

Toshkentdan keyin:

Bekobod –2/0, Buxoro –22/19, Gazli –25/23, G‘ijduvon –21/18, Qorako‘l –25/21, Guliston –4/2, Sardoba –5/4, Jizzax –8/6, Zomin –6/3, Forish –10/9, G‘allaorol –9/7, Navoiy –18/16, Zarafshon –22/24, Mingbuloq –25/26, Konimex –20/21, Nurota –17/16, Uchquduq –16/14, Nukus –37/39, Mo‘ynoq –37/42, Taxtako‘pir –34/37, To‘rtko‘l –33/34, Qo‘ng‘irot –39/42, Samarqand –12/9, Ishtixon –14/11, Mirbozor –12/9, Kattaqo‘rg‘on –15/12, Urgut –12/10, Termiz –14/7, Boysun –13/8, Denov –10/5, Sherobod –15/9, Sho‘rchi –11/5, Qarshi –18/13, Dehqonobod –15/10, Koson –19/14, Muborak –20/16, Shahrisabz –14/9, G‘uzor –17/11, Urganch –37/34.

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi

نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْرَ رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ

Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’aalaa Allohu akbar.

Ma’nosiRamazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi

اَللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَ بِكَ آمَنْتُ وَ عَلَيْكَ تَوَكَّلْتُ وَ عَلَى رِزْقِكَ أَفْتَرْتُ، فَغْفِرْلِى مَا قَدَّمْتُ وَ مَا أَخَّرْتُ بِرَحْمَتِكَ يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ

Allohumma laka sumtu va bika aamantu va a’layka tavakkaltu va a’laa rizqika aftartu, fag‘firliy ma qoddamtu va maa axxortu birohmatika yaa arhamar roohimiyn.

Ma’nosiEy Alloh, ushbu Ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil.

manba : kun.uz

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
1 Fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Tolib

Zur

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
1
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x