410
Avvalgi yillardan farqi o’laroq, endilikda faqatgina davlat granti bo’yicha qabul kvotalar tasdiqlanmoqda. To’lov-kontrakt kvotalarini oliy ta’lim muassasalari alohida belgilaydi va e’lon qiladi.
Bakalavriat va magistratura qabul kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:
bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
- umumiy qabul parametrlarini;
- qoʻshimcha qabul parametrlarini;
- oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
- maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
- umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlari tasdiqlanishi belgilandi.
Tavsiya etamiz: OTM ga kirish ballari