Bosh sahifa » Tabobat » Piyoz haqida.Piyoz va sirka aralashmasi – foydali

Piyoz haqida.Piyoz va sirka aralashmasi – foydali

by nafisa nafisa

Piyoz haqida.Piyoz va sirka aralashmasi - foydali

Piyoz va sirka aralashmasi – foydali

Oyoqda qadoq paydo boʼlganida uni ketkazish uchun 1 dona qizil bosh piyoz olina-da, poʼstini tozalab va uni ikkiga boʼlib, piyolaga solinadi. Va ustiga oshxona sirkasidan qoʼshib, bir kunga iliq joyda qoldiriladi. Keyin piyozni sirkadan olib, uni bir qavatini qadoq ustiga quyib ustidan bint bilan bogʼlab qoʼyiladi. Bunday muolajani kuniga ertalab va kechqurun amalga oshiriladi

Bakteriyani yengadi

Piyozning bakteriyaga hamda infektsiyalarga qarshi xususiyatlari o’ta yuqoridir. Piyoz suvi tarkibida fitontsid – tabiiy bakteriyaga qarshi moddalar bor. Shuni takidlash joizki xom piyoz bakteriyaga qarshi moddalarga boy hatto uni qaynatilgan yoki bug’langani ham foydalidir.

Xolesterol miqdorini kamaytiradi, yurakni mustahkamlaydi va saraton xastaligini oldini oladi

Piyoz xolesterolga qarshi kurashda yordam beradi chunki uni miqdorini sezilarli darajada tushuradi. Unda yana qonning mayinlashiga ta’siri mavjud, shu orqali u qon bosimini tushuradi, qonni qo’yiqlashini oldini olib yurakni himoyalaydi. Piyozli mahsulotlar kunlik iste’moli saraton xastaligiga chalinishni kamayishi bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan.

Ko’z yosh to’ktiradi

Nega piyozni to’g’raganimizda biz yosh to’kamiz? Piyozdagi LFS enzim va tarkibida oltingugurt bo’lgan amino oksidlarni aralashmasi, sulfonik kislota tufayli tomog’ va ko’z yoshi yo’llariga ta’sir qiladi, bu esa ko’z yosh to’kilishiga olib keladi.

 

Piyozlarsiz Misr piramidalari bo’lmas edi… Piyozning tarixi kamida 3000 yil ilgariga, Osiyo va Hindistonga taqaladi. Rimliklar tufayli u Yevropaga yetib kelgan va Kristofor Kolumb uni okean ortigacha yetkazgan. Piyozning rasmlari Misr piramidalarda ham topilgan, u piramidani qurgan qullarning ovqati bo’lgan va ularni kasallik tarqalishidan himoya qilgan. Bugungi kunda piyoz butun dunyo bo’ylab yetishtiriladi va barcha mamlakat taomlarining asosiy tarkibi hisoblanadi.

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x