Sirtqi ta’lim.
2023-2024 oʼquv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika sohasidagi taʼlim yoʼnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʼyicha oʼqishga faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʼlgan shaxslar qabul qilinadi.
Bu haqda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorida belgilangan.
Bunda, pedagogika sohasidagi taʼlim yoʼnalishlarida sirtqi taʼlim shakli boʼyicha oʼqish istagida boʼlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumtaʼlim muassasasi direktorlaridan oliy taʼlim muassasalariga 2023/2024-oʼquv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabuli boshlangunga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik maʼlumotga ega boʼlmagan oʼqituvchilarga tegishli maʼlumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi-erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini soʼraydi.
14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi.