OTMlarning talabalarining bilimi past boʻlgan ta'lim yo'nalishlari yopiladi
Bosh sahifa » Abituriyentlar » OTMlarning talabalarining bilimi past boʻlgan ta’lim yo’nalishlari yopiladi

OTMlarning talabalarining bilimi past boʻlgan ta’lim yo’nalishlari yopiladi

OTM ta’lim yo’nalishlari.

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimi joriy etiladi.

Bunda diagnostika natijasiga koʻra pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni cheklash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Pedagog kadrlar tayyorlashda davlat buyurtmalarini prognoz qilish va shakllantirishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlumotlar almashinuvini avtomatlashtirish va boshqarish boʻyicha yagona dasturiy kompleksi (ERP) maʼlumotlari tahlil qilinadi va tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz: Nodavlat OTM lar ro’yxati. Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar.

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top